Reja: bob psixologik xizmat haqida Nizomning qabul qilinishi


BOB Psixologik xizmat haqida Nizomning qabul qilinishi


Download 77.13 Kb.
bet2/16
Sana23.03.2023
Hajmi77.13 Kb.
#1287913
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
14 mavzu

BOB Psixologik xizmat haqida Nizomning qabul qilinishi.

  1. Nizomga kiritilgan o’zgartirishlar.



O’zbekiston Respublikasi xalq talimi muassasalarida psixologik xizmat to’g’risidagi
N I Z O M
Mazkur Nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 7 iyundagi 109-sonli “Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o’qitish bilan qamrab olishni ta’minlash bo’yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to’g’risida”gi qarori (O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2010 y., 23-son, 184-modda) ga muvofiq, O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimidagi muassasalarda Psixologik xizmat (keyingi o’rinlarda Psixologik xizmat deb ataladi)ning maqsadi, vazifalari hamda faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Psixologik xizmat O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis Markazi (keyingi o’rinlarda Respublika tashxis Markazi deb yuritiladi) ning tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi.
2. Psixologik xizmat “psixologiya” ixtisosligi bo’yicha oliy ma’lumotga ega bo’lgan psixolog yoki qayta tayyorlashdan o’tib, “amaliyotchi psixolog” malakasiga ega bo’lgan oliy ma’lumotli pedagoglar tomonidan amalga oshiriladi.
II. Psixologik xizmatning maqsad va vazifalari
3. Psixologik xizmatning maqsadi - shaxsning har tomonlama shakllanishi, rivojlanishi, samarali ijtimoiylashuvi va moslashuvi, bolalar rivojlanishining barcha yosh davrlarida psixologik salomatligini muhofaza qilish uchun psixologik-pedagogik shart-sharoit yaratishdan iborat.
4. Psixologik xizmatning vazifalari:
har bir bolaning individual xususiyatlari, qiziqishlari, layoqat va qobiliyatlariga muvofiq rivojlanishida uning psixologik imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish;

  • o’quvchining intellektual, shaxsiy, ijtimoiy rivojlanishidagi og’ishlarni o’z vaqtida aniqlash, tuzatish va oldini olish;

  • umumta’lim maktablarining o’quvchilari va bitiruvchilariga kasbiy va hayotiy o’zligini anglashida ularning shaxsiy qiziqishlari, moyilliklari, qobiliyatlari, salomatligini inobatga olgan holda psixologik yordam ko’rsatish;

  • ta’lim jarayoni barcha sub’ektlarining psixologik salomatligini muhofaza qilish, o’quvchilar jamoasi va pedagogik jamoada sog’lom psixologik iqlimni saqlash, kelib chiqishi mumkin bo’lgan nizolarning eng maqbul yechimlarini topish;

  • muassasada o’quvchilarning ta’lim va tarbiyasi, o’smirlar va yoshlar xulqidagi og’ishlar, shaxsning oilada va jamiyatda moslashuvi va ijtimoiylashuvi muammolari bo’yicha psixologlar, pedagoglar, ota-onalar yoki qonuniy vakillarning samarali hamkorligini ta’minlash;

  • “xavfli guruh”ga kiruvchi o’smirlarni psixologik qo’llab-quvvatlash, ular uchun tegishlicha psixologik tavsifnomalarni rasmiylashtirish va zarur bo’lganda voyaga yetmaganlar ishlari bo’yicha komissiyalarga taqdim etish, tarbiyasi og’ir o’smirlarni (huquqbuzarlarni) ijtimoiy reabilitatsiya qilish bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

  • iqtidorli bolalar va o’smirlarning ijodiy rivojlanishiga imkon berish maqsadida psixologik kuzatish va qo’llab-quvvatlash.


Download 77.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling