Reja: bob psixologik xizmat haqida Nizomning qabul qilinishi


II. Psixologik xizmat xonasining asosiy vazifalari


Download 77.13 Kb.
bet10/16
Sana23.03.2023
Hajmi77.13 Kb.
#1287913
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
14 mavzu

II. Psixologik xizmat xonasining asosiy vazifalari
O’quvchilar, o’qituvchilar va ota-onalarga psixologik maslahat berish, psixologik tashxis, psixologik Korreksiyaga oid tadbirlarni o’tkazish, tarbiya va axloq masalalarida o’qituvchilar va murabbiylar bilan hamkorlikda kechalar, davra suhbatlari, ko’rik - tanlovlar, korreksion-rivojlantiruvchi mashg’ulotlar, psixologik treninglar va o’quvchilar orasida tushuntirish ishlarini tashkil etish, shaxs va jamoaga faol ruhiy ta’sir o’tkazishga oid ruhiy muvozanatlashtirish treninglarini olib borish, o’quvchilarning layoqati, qiziqishi va qobiliyatlarini tashxis qilish hamda ularning qobiliyatlariga mos kasb-hunarlarni ongli tanlashlariga ko’maklashish uchun qulay sharoit yaratish.
III. Psixologik xizmat xonasiga qo’yiladigan talablar
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida psixologik xizmat xonasining tashkil etilishi, o’quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini o’rganish bilan shaxsning har tomonlama kamol topishi, ma’naviy hamda aqliy rivojlanishi, o’zligini anglashi va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun tegishli sharoitlar yaratishga imkon beradi.
Psixologik xizmat xonasining faoliyatiga quyidagi yo’nalishlar doirasida talablar qo’yiladi.
1. Pedagogik talablar.
2. Psixologik-fiziologik talablar.
3. Texnika xavfsizligi va gigienik talablar.
4. Estetik talablar.
Pedagogik talablar. Psixologik xizmat xonasida korreksion-rivojlantiruvchi mashg’ulotlar, psixologik tashxis, psixotreninglar, individual suhbat, psixologik maslahatlar bilan bir qatorda turli psixologik o’quvlar o’tkaziladi, psixologik va kasb-hunarga yo’naltiruvchi bilimlar beriladi.
Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqib, psixologik xizmat xonasining jihozlanishida pedagogik muhit yaratish, shaxsning ruhiyatiga xonaning ijobiy pedagogik ta’sir o’tkazishi inobatga olinib, u barcha pedagogik mezonlar va me’yorlarga mos kelishi kerak.
Psixologik-fiziologik talablar. Psixologik xizmat xonasini jihozlashda xonaning ta’mirlanishi, jihozlari va materiallarining barchasi psixologik-fiziologik qonuniyatlarga amal qilingan, qo’llashda qulay bo’lishi, ulardan foydalanganda o’qituvchi va o’quvchilarda qanoatlanish hissiyotlarini uyg’otishi nazarda tutiladi.

Download 77.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling