Reja: bob psixologik xizmat haqida Nizomning qabul qilinishi


V. Psixologik xizmat xonasida yuritiladigan va saqlanadigan hujjatlar


Download 77.13 Kb.
bet13/16
Sana23.03.2023
Hajmi77.13 Kb.
#1287913
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
14 mavzu

V. Psixologik xizmat xonasida yuritiladigan va saqlanadigan hujjatlar
Psixologik xizmat xonasida quyidagi ish hujjatlari bo’lishi va o’rnatilgan tartibda yuritilishi lozim.
Psixologik xizmat xonasining pasporti
O’quv yili ______________________________________________
Xonaga javobgar shaxs ____________________________________
Sentyabr oyi holatiga mavjud jihozlar __________________________
Yanvar oyi holatiga mavjud jihozlar ____________________________
_________________________________________________________
_________________________________________________________
Iyun oyi holatiga mavjud jihozlar _____________________________
_________________________________________________________
________________________________________________________


    1. Psixologik xizmat ko’rsatish xonasidagi rasmiy,
      me’yoriy va ish hujjatlari

Amaliyotchi psixologlar maktabda psixologik xizmatning 6 ta (psixologik ma’rifat, psixologik-pedagogik tashxis, psixologik profilaktika, psixologik Korreksiya va rivojlantirish, psixologik maslahat, kasb-hunarga yo’naltirish) yo’nalishi bo’yicha faoliyat olib boradi va ulardan mazkur yo’nalishlar doirasidagi ish hujjatlarining yuritilishi talab etiladi.
Mazkur yo’nalishlar doirasida psixolog tomonidan yuritilgan har bir hujjat birinchidan, psixologning o’zi uchun o’quvchi shaxsining barcha jihatlari, uning oilaviy muhiti, atrofdagilarning ta’siri, xatti-harakati hamda xulq-atvoridagi o’zgarishlar, buzilishlar va boshqalar xususida to’plangan ma’lumotlar tizimining yaratilishiga, ushbu ma’lumotlarni birini ikkinchisi bilan taqqoslashdan olingan xulosalarning to’planib borishiga imkoniyat yaratadi.
Ikkinchidan, ish hujjatlarining mavjudligi psixolog faoliyatining bosqichma-bosqich, tizimli ravishda borishini va yuqori natijalar olishga erishilishini ta’minlaydi.
Rasmiy va me’yoriy hujjatlar
1. O’zbekiston Respublikasining ta’limga, voyaga yetmaganlar huquqlarini muhofaza qilishga oid qonun hujjatlari, Respublika Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, farmon va farmoyishlari.
2. O’zbekiston Respublikasi xalq ta’limi muassasalarida psixologik xizmat to’g’risida Nizom.
3. O’zbekiston Respublikasida o’quvchi yoshlarni kasb-hunarga yo’naltirish tizimini rivojlantirish Kontsepsiyasi.
4. Me’yoriy hujjatlar to’plami (buyruqlar, qarorlar, farmoyishlar, bayonnomalar).
5. «Maktab va hayot» jurnalining to’plamlari.
6. Hisobotlar.
Shuningdek, yuqori tashkilotlardan kelgan hujjatlar ijrosini nazorat qilish daftari yuritiladi.
Tarqatma (didaktik) materiallar
1. Testlar
2. So’rov varaqalari
3. Javob varaqalari
4. Trening dasturlariga doir turli tarqatma materiallar
5. Korreksion-rivojlantiruvchi mashg’ulotlarga doir tarqatma materiallar
6. Psixologik tashxis qilishga doir tarqatma materiallar

Download 77.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling