Reja: Bo`linish alomatlari


Download 219 Kb.
bet14/15
Sana05.12.2020
Hajmi219 Kb.
#160643
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Bolinish-alomatlari

Kompleks sonlar.
Ba`zan tenglamalarni yechish jarayonida haqiqiy sonlar to`plami yetarli bo`lmay qoladi. Masalan, x2+1=0 tenglamani yechmoqchi bo`lsak: . Bu haqiqiy son emas. Shu sababli haqiqiy sonlar to`plamini kengaytirishga to`g`ri keladi. Bu yangi sonlar haqiqiy sonlar bilan birgalikda kompleks sonlar to`plami deb ataladigan to`plamni tashkil qiladi.

Ta`rif: Kompleks son deb, a+bi ko`rinishdagi ifodaga aytiladi, bunda a va b lar haqiqiy sonlar, i – shunday kompleks sonki, i2= –1.

a son a+bi kompleks sonning haqiqiy qismi, b son esa uning mavhum qismi deyiladi.

Ta`rif: Agar ikkita a+bi va c+di kompleks sonlarning haqiqiy va mavhum qismlari teng bo`lsa, ya`ni a=c va b=d bo`lsa, u holda ular teng deyiladi.

Ta`rif: a+bi va c+di kompleks sonlarning yig`indisi deb (a+c)+(b+d)i ko`rinishdagi kompleks songa aytiladi.

Ta`rif: a+bi va c+di kompleks sonlarning ayirmasi deb (a-c)+(b-d)i ko`rinishdagi kompleks songa aytiladi.



Ta`rif: a+bi va c+di kompleks sonlarning ko`paytmasi deb (ac-bd)+(ad+bc)i ko`rinishdagi kompleks songa aytiladi.

Ta`rif: a+bi va c+di kompleks sonlarning bo`limasi deb ko`rinishdagi kompleks songa aytiladi.

Kompleks sonlar bo`linmasi ta`rifi quyidagicha hosil qilinadi:



.
Download 219 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling