Reja: Bo`linish alomatlari


Download 219 Kb.
bet15/15
Sana05.12.2020
Hajmi219 Kb.
#160643
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Bolinish-alomatlari


Taqribiy sonlar
Hisoblashlarda kamdan-kam hollardan tashqari hamma vaqt aniq sonlar bilan emas, balki taqribiy ma`lumotlar, ya`ni qiymati to`la, aniq bo`lmagan miqdorlarni ifodalaydigan sonlar bilan ish ko`rishga to`g`ri keladi. Taqribiy sonlarning hosil bo`lishi juda xilma-xildir. Ba`zilarini keltiramiz.

1. Taqribiy sonlar hammadan oldin o`lchash natijasidir. Bir xil ob`ektni bir necha marta o`lchab, turli son qiymatlarni hosil qilish mumkin. Buning sababi:

a) o`lchov asboblarining aniqmasligi;

b) o`lchash bajarilayotganda sharoitning o`zgarishi;

c) sezgi a`zolarimizning aniqsizligi.

2. Taqribiy sonlar paydo bo`lishining ikkinchi muhim manbai sonlarni yaxlitlashdir. Masalan, biror shahar aholisini ro`yxatga olishda unda 3 456 887 kishi yashashi aniqlandi. Aholini ro`yxatga olish natijasini ishlab chiqish tugashidan oldin aholi sonida o`zgarishlar (tug`ilish, vafot etish, yangi fuqarolarning ko`chib kelishi va hokazo) sodir bo`ladi. Shu sababli topilgan natijani, masalan, 3 457 000 yoki 3 460 000 soni bilan almashtirib yaxlitlash tabiiydir.



3. Ba`zi sonlarni (masalan, , …) hisoblash natijasida taqribiy son hosil bo`ladi. Bularni aniq hisoblash mumkin emas.

Ta`rif: Sonning aniq qiymati bilan uning taqribiy qiymati orasidagi ayirmaning moduliga absalyut xato deyiladi. , bunda a – sonning aniq qiymati, A – sonning taqribiy qiymati, - absalyut xato.

Ta`rif: Absalyut xatoning sonning taqribiy qiymatiga bo`lgan nisbatiga nisbiy xato deyiladi. , bunda - absalyut xato, A – sonning taqribiy qiymati, - nisbiy xato.

Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. L.P.Stoylova, A.M.Pishkalo Boshlang`ich matematika kursi asoslari. "O`qituvchi", 1991.

  2. N.Ya.Vilenkin. Matematika M., 1977.

  3. O.Xudoyberganov. Matematika T., 1980.

  4. N.N.Lavrova, L.P.Stoylova. Zadachnik-praktikum po matematiki M., 1985.

  5. R.Ibrohimov. Matematikadan masalalar to`plami. T., 1995.

  6. www.Ziyonet.uz

Download 219 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling