Reja: Borliq falsafaning predmeti. Ontologiya tushunchasining tahlili
Download 218,36 Kb. Pdf ko'rish
|
№-2 Маъруза
Borliq va yo‘qlik dialektikasi. Keltirilgan fikr amalda mavjud narsagina borliqqa ega
bo‘lishi mumkin, degan xulosa chiqarish imkonini beradi. «Yo‘qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo‘lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va boshqacha tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo‘qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (ya’ni amalda mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan narsalar) o‘zligini yo‘qotgan holda «yo‘qlik» atamasi ayni shu ma’noda ishlatiladi va ular haqida ular «yo‘qlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi. Lekin sof falsafiy ma’noda bu fikrni to‘g‘ri deb bo‘lmaydi. Borliq va yo‘qlik o‘rtasida dialektik o‘zaro aloqa mavjud. Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko‘ra, biz yashayotgan Olam bo‘shliqdan bino bo‘lgan. Bo‘shliq materiyaning alohida holati. Bo‘shliq fizik borliqning eng boy tipi, o‘ziga xos potensial borliq sifatida namoyon bo‘ladi, zero unda mumkin bo‘lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hech narsa yo‘q . YAna shuni ham e’tiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau, va boshqalar) nuqtai nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda yagona emas, chunki u rivojlanishning turli sikllarini boshdan kechirayotgan turli Olamlarning cheksiz sonidan tashkil topadi. SHu ma’noda borliq va yo‘qlikning o‘zaro aloqasi ham nisbiy xususiyat kasb etadi. Ikkinchidan, amalda mavjud bo‘lgan narsaning ob’ektiv borlig‘i yo‘qlikka chekinadi, lekin, shunga qaramay u haqda gapirilayotgan, ya’ni u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan bo‘lsa, bu narsa ongda mavjud bo‘ladi va o‘zining «ikkinchi» borlig‘ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki ob’ektning nusxasi, ideal obraz bo‘lib qoladi. SHunday qilib, o‘tgan zamondagi borliq yo‘qlikdir, deb aytish mumkin. Borliq doim hozirgi zamonda mavjud bo‘ladi, u faqat hozirgi zamonda o‘zini namoyon etadi, basharti u dolzarb va amalda namoyon bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lsa, agar u potensial, ya’ni axborot manbalarida mavjud yoki uning paydo bo‘lishi ob’ektiv rivojlanish mantig‘i bilan belgilangan bo‘lsa. Amalda yo‘q bo‘lgan narsa haqida fikrlash mumkin. Boshqacha aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq shakl-shamoyilini berish mumkin. O‘tmishga tatbiqan biz borliq haqida faqat shu ma’noda so‘z yuritishimiz mumkin. Ayni shu ma’noda biz g‘oyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar yoki o‘zimizga yaqin odamlar to‘g‘risida so‘z yuritamiz, bunda ular yo‘qlikka aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi o‘zgacha borliq kasb etganini nazarda tutamiz. SHunday qilib, borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni butun rang-barangligi Download 218,36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling