Reja: Borliq falsafaning predmeti. Ontologiya tushunchasining tahlili
Insonning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi
Download 218.36 Kb. Pdf ko'rish
|
№-2 Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Ikkilamchi tabiat».
Insonning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi. Inson faol asos sifatida o‘z shakllanish
jarayonining ilk bosqichlaridanoq o‘zini qurshagan muhitga o‘zgartiruvchi ta’sir ko‘rsata boshladi. Arxeologik qazishlarning natijalari va antropologik tadqiqotlar «omilkor odam» mehnat qurollari yasab, nafaqat tabiat va uning predmetlaridan foydalangan, balki uni o‘z manfaatlari yo‘lida o‘zgartirishga harakat qilganligi 2-4 million yil muqaddam yuz berganini ko‘rsatadi. Inson o‘zini qurshagan dunyoga bungacha tabiatda mavjud bo‘lmagan predmetlarni olib kira boshladi. Avvaliga bu mehnat, ro‘zg‘or va turar joy predmetlari edi. So‘ngra ariqlar, to‘g‘onlar, binolar, inshootlar va inson faoliyatining shunga o‘xshash natijalari paydo bo‘ldi. Endilikda, uchinchi ming yillikda inson butun sayyora bo‘ylab joylashib, o‘zining o‘zgartiruvchi imkoniyatlarini ko‘p karra ko‘paytirib, tabiatda ilgari hech qachon mavjud bo‘lmagan yangi narsalar va hodisalarning katta bir dunyosini yaratdi. U izchil ish ko‘rib, shaharlar va aholi yashaydigan joylar, sanoat korxonalari va texnik qurilmalar, yo‘llar, mashinalar, aerodromlar va shu kabilardan iborat infratuzilma tarmog‘ini yaratib, Erning tabiiy shakl-shamoyilini tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgartirdi. Bularning barchasi ham jonsiz tabiatdir, ammo inson tomonidan yaratilgani bois, u tabiiy emas, balki sun’iy xususiyat kasb etadi. SHu bois u tadrijiy rivojlanadigan, insonning xohish-istagi va aralashuvidan qat’iy nazar mavjud bo‘lgan «birinchi» tabiatdan farqli o‘laroq, «ikkinchi tabiat» sifatida talqin qilinadi. «Ikkilamchi tabiat». Inson yaratgan narsalar borlig‘i ko‘p jihatdan insonning o‘z borlig‘i bilan bog‘lanadi, zero u bunyod etgan «ikkilamchi tabiat» avvalo uning turli-tuman ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. SHu sababli «ikkilamchi tabiat»ning aksariyat predmetlari borlig‘i odamzot borlig‘i kabi o‘tkinchidir. Umuminsoniy ahamiyat kasb etadigan muhim asarlar, odamlarning ko‘plab avlodlari uchun qimmatli bo‘lgan moddiy madaniyat mahsullarigina o‘z borlig‘ini ma’lum darajada uzaytirish imkoniyatiga egadir. Download 218.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling