Reja: Borliq falsafaning predmeti. Ontologiya tushunchasining tahlili


Makon va vaqt nisbiylik nazariyasi nuqtai nazaridan


Download 218.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/20
Sana18.06.2023
Hajmi218.36 Kb.
#1557020
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
№-2 Маъруза

Makon va vaqt nisbiylik nazariyasi nuqtai nazaridan. Makon va vaqt haqidagi 
hozirgi falsafiy qarashlar tabiiy va aniq fanlar sohasidagi so‘nggi yutuqlar bilan uzviy bog‘liq 
bo‘lib, ularning tabiatiga nisbatan materialistik va relyasion qarashlar asosli ekanligini 
tasdiqlaydi. Xususan, Eynshteynning nisbiylik nazariyasiga muvofiq makon va vaqt o‘z holicha 
ham, bir-biridan ajralgan holda ham mavjud bo‘lmaydi, balki materiya bilan shu darajada uzviy 
bog‘liq bo‘ladiki, pirovardida hech qanday mustaqillikka ega bo‘lmaydi va yagona rang-barang 
yaxlitlikning atributlari sifatida amal qiladi. YAgona makon va vaqt kontinuumini tashkil etar 
ekan, ular moddiy jismlar harakatining tezligiga ham bog‘liq: jism harakatining nisbiy tezligi 
oshganida uning ko‘lam ko‘rsatkichlari qisqaradi, uning vaqti esa o‘z oqimini sekinlashtiradi. 
Eynshteyn nazariyasi Riman, Lobachevskiy, Gauss va Puankarening ilg‘or g‘oyalariga 
qo‘shilgan holda, makon va vaqtning gravitatsiya bilan uzviy aloqasini ham asoslab berdi.
SHunday qilib, nisbiylik nazariyasida makon, vaqt va harakat materiya mavjudligining 
atributlari, asosiy shakllari sifatida qaraladi va u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan holda, materiya 
kabi, mustaqil holda mavjud bo‘la olmaydi. Muttasil harakatda bo‘lgan dunyo esa muqarrar 
tarzda faqat makon va vaqtda mavjud deb qaraladi. 
Makonning ko‘p o‘lchovliligi. Nisbiylik nazariyasini rivojlantiruvchi va kuchli, 
kuchsiz, elektromagnit va gravitatsion o‘zaro ta’sirlarga nisbatan yaxlit yondashuvchi hozirgi 
tabiiy-ilmiy konsepsiyalar makonning uch o‘lchovliligi va vaqtning bir o‘lchovliligi (u 
o‘tmishdan kelajakka qarab oqishi)ni moddiy jismlar borlig‘ining ehtimol tutilgan hollaridan biri 
sifatida talqin qiladi va bizning Metagalaktikamiz bilan bir qatorda o‘zga dunyolar ham 
mavjudligini faraz qilib, makon va vaqtning ko‘p o‘lchovliligi g‘oyasini ilgari suradi. Boshqa 
olamlarda makon va vaqt butunlay o‘zgacha tuzilish, ko‘lamlilik va shakllarga ega bo‘lishi 
mumkinligi taxmin qilinadi.
Makon va vaqt ko‘rsatkichlari nafaqat mikro-, makro- va megadunyo darajasida, balki 
jonli tabiat, ijtimoiy borliq darajasida ham o‘ziga xos xususiyatlarga egadir.


Erda hayot paydo bo‘lishi bilan go‘yo jonsiz tabiat makon va vaqti doirasida joylashgan 
alohida, biologik makon va vaqt o‘lchovi yuzaga keladi. SHu munosabat bilan jonli va jonsiz 
tabiatdagi simmetriklik muammosi hayotni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi olimlar e’tiborini 
o‘ziga tortdi. Jonli organizmlar simmetriyasi va asimmetriyasi hodisalarini L.Paster, I.Kant, 
V.I.Vernadskiy va boshqalar o‘rgandi. Ular jonsiz tabiatga xos bo‘lmagan asimmetriya 
molekulyar darajada atomlar guruhlarida «so‘l» va «chap» qanotlar ko‘rinishida namoyon 
bo‘lishi, organizmlar darajasida esa ularning tuzilishi va dinamikasida aks etishini aniqladilar.
Makon va vaqtning umumiyligi, ular universumning barcha strukturalarini qamrab 
olgan holda, mavjudligini anglatadi. SHu munosabat bilan makon va vaqtning nafaqat makro-, 
mikro- va megadunyoda, balki jonli va ijtimoiy materiyada ham namoyon bo‘lish shakllarini 
qayd etib o‘tish lozim. Biologik vaqt, psixologik vaqt, ijtimoiy makon va vaqt maxsus tahlil 
qilinadi. Makon va vaqtning ob’ektivligi ular o‘zini idrok etish mumkinligi yoki mumkin. 

Download 218.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling