Reja: Borliq falsafaning predmeti. Ontologiya tushunchasining tahlili
Download 218.36 Kb. Pdf ko'rish
|
№-2 Маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makon va vaqtning metrik xossalari
Makonning uch o‘lchovliligi. Makonning uch o‘lchovliligi hanuzgacha ilmiy-nazariy
jihatdan aniq isbotlanmagan. Makon va vaqtning cheksizligi hamda tuganmasligi, makonning uch o‘lchovliligi, vaqtning bir yo‘nalishliligi, orqaga qaytmasligi makon va vaqtning asosiy xossalari sifatida qaralishi lozim. Biz makroskopik tajribada ko‘radigan ob’ektlar uch o‘lchovli ko‘lamlilikka – uch o‘lchovdagi o‘lchamlilikka ega. Makonning har qanday nuqtasi uch soni yordamida beriladi. Ammo makonning uch o‘lchovliligi faylasuflar uchun amalda jumboq bo‘lib qolamoqda. Ular uchun bu asoslashga urinishlar natija bermayotgan empirik postulat sifatida qabul qilinadi. Makonning uch o‘lchovliligini ta’riflab bergan Aristotel pifagorchilarning g‘oyalari yordamida uni asoslashga harakat qilgan. U uch o‘lchov eng mukammal va tugallangan bo‘lib, aynan 3 soni shunday xususiyatga ega ekanligini qayd etgan. Makon va vaqtning metrik xossalari. Metrik xossalarga makon va vaqtning ko‘lamlilik hamda davomlilik kabi miqdor ko‘rsatkichlari kiradi. Ko‘lamlilik joy va o‘rinning mavjudligini nazarda tutadi. Joy – makon chegarasi va u qamrab oluvchi muayyan hajmning birligi. O‘rin – bir joyning boshqa joylarga nisbatan koordinatsiyasi. Joy va o‘rin makon tuzilishini belgilaydi. SHunday qilib, biz makon tuzilishi haqida so‘z yuritganda uning joy va o‘rnini tavsiflashimiz shart. Davomlilik va lahza vaqtning asosiy metrik ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Lahza – davomlilikning boshqa parchalab bo‘lmaydigan atomi, davomlilik kvanti. Davomlilikning o‘zi bunda muayyan chegaraga solingan lahzalar majmui sifatida tushuniladi. Muayyan ob’ekt mavjudligining dastlabki va pirovard lahzalari ana shunday chegara sifatida amal qiladi. Davomlilik – ob’ekt mavjudligining davomiyligi va, saqlanishidir. Davomlilik voqea- hodisalarning ayni bir vaqtda yuz berishi – sinxroniya yoki ketma-ketlik – diaxroniya munosabatlari bilan tavsiflanishi mumkin. Download 218.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling