Reja: Borliq falsafaning predmeti. Ontologiya tushunchasining tahlili


Makon va vaqtning topologik xossalari


Download 218.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/20
Sana18.06.2023
Hajmi218.36 Kb.
#1557020
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
№-2 Маъруза

Makon va vaqtning topologik xossalari. Topologik xossalarga sifat ko‘rsatkichlari, 
makon va vaqtning uzluksizligi, bog‘liqligi, vaqt tartibi, yo‘nalishi va o‘lchamliligi kiradi. 
Makonning topologik xossalari – makonning bir xilligi, izotropligi (jarayonlar ayni bir 
sharoitda bir xil kechishi) hamdir. Vaqtning topologik xossalari - bir yo‘nalishlilik, 
muayyan o‘lchovlilik, orqaga qaytmaslik. Bu ko‘rsatkichlarning hammasi hanuzgacha 
faylasuflar shug‘ullanadigan qator muammolarni tashkil etadi va falsafiy jihatdan ilmiy-nazariy 
asoslashga muhtojdir.
Vaqt tartibi va yo‘nalishi. Vaqt shakllanishi yoki o‘tishining ob’ektiv xususiyati 
to‘g‘risidagi masala qadimdan hozirgi kungacha qizg‘in bahsga sabab bo‘layotgan muammodir. 
Vaqt tartibi va yo‘nalishi to‘g‘risida so‘z yuritilganida, odatda, uning o‘tmishdan hozirgi vaqt 
orqali kelajakka o‘tishi nazarda tutiladi. Vaqt bir yo‘nalishli, nosimmetrik va orqaga 
qaytmaydigan jarayon sifatida namoyon bo‘ladi.
Borliq hodisalarini vaqtda tartibga solish uchun «vaqt» tushunchasining ikki 
majmuidan foydalanilgan: «O‘tmish – hozirgi vaqt – kelajak» tushunchasining sifati va 
mazmunini ifodalashda vaqtning psixologik tavsifi ko‘proq mos keladi. Vaqtning miqdoriy tahlil 
uchun : «oldin – ayni bir vaqtda – keyin» tushunchalari qo‘llaniladi. Masalan: 4 minut oldin, 5 
minut keyin va h.k. miqdor tahlilini ifodalaydi. Ammo tilimizning tuzilishiga ko‘ra 4 soat 


«o‘tmish», 5 minut «kelajak» qabilida gap tuzish imkoni yo‘q. Vaqtni tushunishning bu ikki xil 
jihati 1908 yilda J.Mak-Taggart tomonidan aniq tavsiflangan. U «vaqt» tushunchasining ikki 
majmui haqidagi tasavvurni ilmiy muomalaga kiritdi. 
Tushunchaning ikki majmuini ajratish ayrim muammolar ta’rifini aniqlash imkonini 
beradi. Bir tomondan, vaqt harakatchan yoki muvaqqat yo‘l, oqim va tranzitivlikning ifodasi 
sifatida tushuniladi. O‘tmish, hozir va kelajakda mavjud voqealar vaqtning mazkur holatiga 
nisbatan uzluksiz o‘zgaradi. O‘tmishdagi voqealar yanada o‘tmishga chekinadi, bo‘lajak 
voqealar esa yaqinlashadi. Vaqt shakllanishining mazkur jarayoni ko‘pincha «vaqt daryosi», 
«vaqt oqimi» kabi ibora va o‘xshatishlar orqali ifodalanadi. Ayni vaqtda, uzluksiz o‘zgaruvchi 
voqealar o‘zgarmas tartibda yuz beradi.

Download 218.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling