Reja: Borliq falsafaning predmeti. Ontologiya tushunchasining tahlili


Download 218.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/20
Sana18.06.2023
Hajmi218.36 Kb.
#1557020
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
№-2 Маъруза

relyativistik kosmologiyaning 
ustuvorligi bilan tavsiflanadi. Relyativistik kosmologiya butun dunyoni mukammal tavsiflashga 
da’vo qilmaydi, lekin cheklilik va cheksizlikni biz yashayotgan olamga tatbiqan, uning fizikaviy-
makon tuzilishi tomonidan o‘rganadi. Relyativistik kosmologiya asoschilari A.Eynshteyn va 
A.Fridman hisoblanadi.
A.Eynshteyn 1917 yilda nisbiylikning umumiy nazariyasini yaratgach, oradan bir yil 
o‘tib olamning birinchi relyativistik modelini tuzdi. U bunda quyidagi taxminlardan kelib 
chiqdi.
1. Modda va nurlanish olamda bir tekis tarqalgan. Bundan olam maydoni bir xil va 
izotrop tuzilishga ega, degan xulosa kelib chiqadi. Garchi og‘ir ob’ektlar yaqinida makon-vaqt 
geometriyasi o‘zgarsa-da, bu o‘zgarish olamning o‘zgarmas egrilikka ega bo‘lgan bir xil izotrop 
maydonidan chetga ahamiyatsiz og‘ishdir, xolos. 
2. Olam turg‘un, vaqtda o‘zgarmasdir. SHu bois maydon geometriyasi evolyusiyaga ega 
bo‘lishi mumkin emas. A.Eynshteyn dunyosi, odatda, «silindrsimon dunyo» deb ataladi, chunki 
uni cheksiz ko‘lamli to‘rt o‘lchovli silindr ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin. Silindrning 
yasovchisi bo‘ylab vaqt o‘qi o‘tadi, u o‘tmishga ham, kelajakka ham cheksiz qaratilgan. Silindr 
kesimi maydonni beradi. Mazkur modelda bu o‘zgarmas musbat egrilikka ega uch o‘lchovli 
doirasimon maydon bor. U chekli hajmga ega. Buning ortida hech narsa mavjud bo‘lmagan 
dunyoning qandaydir chekkasi bor, deb tushunmaslik kerak. Ayni holda maydon «o‘z-o‘zida 
tutashadi» va bu unda hech qachon to‘siqqa uchramasdan cheksiz aylanish imkonini beradi.
Biroq A.Eynshteynning «silindrsimon dunyo»si o‘tmishda qolgan. Uning olamning 
turg‘un modelini yaratishga urinishlari, hozirgi davrda olamning abadiyatda o‘zgarmas holda 
mavjudligi haqidagi an’anaviy tasavvurlarga hurmat sifatida qaraladi. Olamning turg‘un 
modelini A.Eynshteyn maxsus taxmin asosida yaratganini ham e’tiborga olish kerak.
Mazkur muammoning yangi echimini A.Fridman taklif qilgan va uni belgiyalik kosmolog 
M.Lemetri rivojlantirgan. A.Fridman dunyoning turg‘unligi haqidagi taxmindan voz kechdi, 


lekin uning bir xilligi va izotropligi haqidagi postulatni saqlab qoldi. Bu muammoning uch xil 
echimini taklif qilish imkonini berdi: 
1. Agar olamda modda va nurlanishning zichligi ayrim kritik kattalikka teng bo‘lsa, 
maydon evklid maydoni bo‘ladi, ya’ni egriligi nolga teng bo‘ladi va dunyo cheksiz bo‘ladi.
2. Agar zichlik kritik kattalikdan kichkina bo‘lsa, olam maydoni Lobachevskiy 
geometriyasi bilan tavsiflanadi, u manfiy egrilik va cheksiz hajmga ega, ochiq va bel 
ko‘rinishida bo‘ladi. 
3. Agar olamda moddaning zichligi kritik darajadan katta bo‘lsa, maydon musbat 
egrilikka ega, lekin hajmi cheklangan bo‘ladi. Dunyo berk va chekli bo‘lib, Riman geometriyasi 
bilan tavsiflanadi. 
Kosmologiya muammosining taklif qilingan echimlariga nisbatan munosabat bir xil 
emas. Ayrim olimlar cheksiz kengayuvchi Olam gipotezasini qabul qilganlar va «Katta 
portlash» konsepsiyasiga ko‘ra, taxminan 17-20 milliard yil oldin olam juda kichkina hajmda 
o‘ta zich singulyar holatda bo‘lgan, deb hisoblaydilar. YUz bergan «katta portlash» olamning 
kengayish jarayonini boshlab bergan. Bu kengayish jarayonida moddaning zichligi o‘zgargan, 
maydonning egriligi to‘g‘rilanib borgan. Ayrim olimlar fikriga ko‘ra, kengayish o‘rnini yana 
torayish egallaydi va butun jarayon takrorlanadi. SHu asosda harakatlanuvchi Olam gipotezasi 
ilgari surilgan bo‘lib, unga ko‘ra taxminan har 100 milliard yilda yangi sikl «katta portlash»dan 
boshlanadi. Aqlga sig‘maydigan gipotezalarning birida «dastlabki portlash» natijasida 
gravitatsion maydonda singulyar holatdan faqat bizning metagalaktikamiz emas, balki ko‘plab 
metagalaktikalar vujudga kelgani, ularning har biri barcha fizik ko‘rsatkichlarning turli 
ifodalariga, chunonchi, alohida topologiyali (o‘lchovlar miqdori har xil bo‘lgan mahalliy ochiq 
yoki mahalliy yopiq) makoni va o‘z kosmologik vaqtiga ega bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinadi.
Hozirgi «ko‘p sonli dunyolar» konsepsiyalarida olamning ajabtovur manzarasi chiziladi. 
Bu fundamental falsafani moddiy dunyoning makon va vaqtdagi cheksizligini metrik cheksizlik 
ma’nosida emas, balki materiyaning makon va vaqt strukturalarining benihoya rang-barangligi 
sifatida tushunish lozim, degan asosiy qoidasi bilan hamohangdir.

Download 218.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling