Reja: Borliq falsafaning predmeti. Ontologiya tushunchasining tahlili


Olamning chekliligi va cheksizligi


Download 218.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/20
Sana18.06.2023
Hajmi218.36 Kb.
#1557020
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20
Bog'liq
№-2 Маъруза

Olamning chekliligi va cheksizligi. Falsafada olamning chekliligi va cheksizligi bilan 
bog‘liq masalalar muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda har bir konkret narsaning chekli ekanligi, 


umumiy olamning cheksiz va chegarasizligi e’tirof etiladi. CHeksizlikni ifodalash uchun ichki 
(intensiv) va tashqi (ekstensiv) shakllar mavjudligi ko‘plab falsafiy adabiyotlarda qayd etilgan.
Materiyaning ichdan nihoyasizligi intensiv cheksizlik haqidagi tasavvur bilan qamrab 
olinadi. Intensiv cheksizlikning mavjudligi tabiatda ichki tuzilishga ega bo‘lmagan, mutlaqo 
elementar ob’ektlar yo‘qligini ko‘rsatadi. Intensiv cheksizlik mikrozarralarni o‘rganish 
jarayonida materiyaning kichikroq qismlarga cheksiz bo‘linishi sifatida qaralishi mumkin emas. 
Zarralarning bir-biriga aylanuvchanligi ular ancha murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat 
beradi.
Ekstensiv cheksizlik tashqi cheksizlikdir. U mazkur ob’ekt doirasidan tashqarida
«katta» dunyoda kuzatiladi va ob’ektdan tashqaridagi cheksizlikni ifodalaydi. Bu erda ob’ekt 
xossalari va sifatlarining atrofdagi narsalar bilan o‘zaro ta’sirlar tizimiga bog‘liqligi muammosi 
muhimroqdir. Amalda cheksizlik mavjud bo‘lib, u bilish qaratilgan yo‘nalishdan kelib chiqib, 
intensiv yoki ekstensiv deb tushunilishi mumkin. Ekstensiv va intensiv cheksizlik – haqiqiy 
cheksizlikning o‘ziga xos proeksiyalaridir. Ularni geometrik shaklning koordinatalar o‘qidagi 
proeksiyalariga o‘xshatish mumkin.
Kosmologiya cheklilik va cheksizlikning talqiniga juda ko‘p yangiliklar kiritdi. U ilmiy 
fan sifatida olamning tuzilishi va xossalarini o‘rganadi, makon va zamonning cheksizligi 
muammosini o‘rganishga harakat qiladi. Dunyoning makon va zamonda cheksizligi haqidagi 
tasavvurlar asrlar davomida shakllangan. Uning ildizlari antik naturfalsafa va kosmogoniyaga 
borib taqaladi. Nyutoncha fizikaga asoslangan XVIII asr kosmologiyasida cheksizlik g‘oyasining 
ancha asosli nazariy dalillari ta’riflab berildi. Nisbiylik nazariyasining paydo bo‘lishi 
kosmologiya muammolarini butunlay o‘zgartirib yubordi. Umumiy nisbiylik nazariyasi ta’sirida 
yuzaga kelgan va XX asrning ikkinchi o‘n yilligida jadal rivojlangan relyativistik kosmologiya 
doirasida olamning makon va zamonda cheksiz hamda chekli modellarini tuzishga muvaffaq 
bo‘lindi.
Kosmologiya rivojlanishining hozirgi 
bosqichi 

Download 218.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling