Reja: Borliq falsafaning predmeti. Ontologiya tushunchasining tahlili


Tirik tabiat yoki hayotning paydo bo‘lishi


Download 218.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/20
Sana18.06.2023
Hajmi218.36 Kb.
#1557020
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
№-2 Маъруза

Tirik tabiat yoki hayotning paydo bo‘lishi. Tirik tabiat borlig‘i hayot bilan bevosita 
aloqada qaralishi lozim. Jonli mavjudot uchun bo‘lish – yashash, bo‘lmaslik – hayotdan mahrum 
bo‘lish, o‘lish, ya’ni jonli organizm sifatida boshqa mavjud bo‘lmaslik demakdir. Erda hayotning 
paydo bo‘lishi muammosi doimo insonning diqqat markazida bo‘lgan va odamzot uchun ulkan 
jumboqlardan biri bo‘lib qolgan. U mazkur jumboqning tagiga etish uchun barcha zamonlarda 
o‘z aqli va tasavvuri kuchidan to‘la foydalangan. Ammo insonning tadqiqotchilik imkoniyatlari 
behad oshgan, biologiya fanlari esa o‘z rivojlanishida ancha olg‘a siljigan bugungi kunda ham bu 
muammo o‘zining to‘la echimini topgan deb aytish mushkul. Ayni shu sababli jonli modda 
jonsiz moddadan evolyusiya yo‘li bilan paydo bo‘lgani haqidagi ilmiy tasavvurlar bilan bir 
qatorda hayot kelib chiqishining o‘z ildizlari bilan tarixga, xususan falsafa tarixiga 
bog‘lanadigan turli nazariyalar ham amal qilishda davom etmoqda.
Ibtidoiy jamoa davridayoq odamlar hayotni har xil ruhlar, jonlarning mavjudligi bilan 
tushuntirishga harakat qilganlar. Ularning fikricha, bunday ruhlar va jonlarga nafaqat odamlar, 
balki hayvonlar, shuningdek atrof borliqning barcha narsalari va hodisalari ham ega bo‘lgan. 
Tegishli e’tiqodlar animizm degan nom olgan (bu haqda birinchi mavzuda to‘liq ma’lumot 
berilgan).
Hayotning paydo bo‘lishi haqidagi falsafiy optimizm. Hayotning paydo bo‘lishi 
muammosiga o‘xshash o‘ta og‘ir vazifalar ustida bosh qotirar ekan, inson ortiqcha optimizm 
namoyish etishi va o‘zining haqiqatning tagiga etish qobiliyatiga haddan ortiq ishonishi ham, 
muammoning murakkabligi qarshisida o‘z ojizligini tan olishi ham mumkin. Bunday sharoitda 
XX asr boshida Amerika pragmatizmining taniqli namoyandasi Uilyam Jems (1842-1910) 
ta’riflagan yondashuv o‘rinli bo‘lsa kerak. Uning ta’biri bilan aytganda, «biz qor bosgan, 
quyunlar charx urayotgan tog‘lar orasida turibmiz. qarshimizda ba’zan tuman pardasi osha 
so‘qmoqlar namoyon bo‘ladi. Ular ishonchsiz bo‘lishi mumkin. Lekin biz bu erda harakatsiz 
turadigan bo‘lsak, muzlab qolishimiz ham hech gap emas; bordiyu soxta yo‘lni tanlasak, yiqilib 
o‘lishimiz mumkin; biz hatto chin yo‘l bor-yo‘qligini ham bilmaymiz. Xo‘sh, biz nima 
qilishimiz kerak? Tushkunlikka tushmasligimiz kerak! Hammasi yaxshi bo‘lishiga umid qilib
dadil harakat qilishimiz kerak!»
Agar biz cheksizlik hamda hal qilinayotgan vazifaning o‘ta murakkabligi qarshisida 
hafsalasizlik va harakatsizlikdan yuqorida zikr etilgan tamoyilni, mistika va ko‘r-ko‘rona 
ishonchdan aql dalillari va bilishning ilmiy yo‘lini ustun qo‘ysak, hayot hodisasini falsafiy 
anglab etish yo‘lidagi birinchi ishimiz, jonli deb nomlash mumkin bo‘lgan barcha narsalarning 
jonsiz narsalardan tubdan farqini aniqlash bo‘lishi lozim.

Download 218.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling