Reja: Borliq falsafaning predmeti. Ontologiya tushunchasining tahlili


va turli-tuman namoyon bo‘lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi


Download 218.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/20
Sana18.06.2023
Hajmi218.36 Kb.
#1557020
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
№-2 Маъруза

va turli-tuman namoyon bo‘lish shakllari bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi. Bunda 
narsalar, predmetlar, hodisalar o‘z xususiyatlari, xossalari bilan jamuljam holda aks etadi. 
Dunyoni va uning tarkibiy qismi bo‘lmish insonni bilish yo‘lidagi bu muhim qadam bilan 
dunyoning tabiati va mohiyati, uning rang-barangligi, turli darajalari, ko‘rsatkichlari, ramz-
alomatlari, shakllari va hokazolar haqidagi mulohazalarning asosiy koordinatalar sistemasi 
belgilanadi. Buning uchun mohiyat, hodisa, substansiya, materiya, ong, makon, vaqt, qonun kabi 
yangi falsafiy kategoriyalar muomalaga kiritiladi.
Inson o‘zi va umuman dunyo haqida o‘ylar ekan, odatda muayyan narsalar va ayrim 
tabiiy hodisalar bilan ish ko‘radi. Ayni vaqtda u o‘zini qurshagan dunyoni sinchiklab o‘rganish 
va uning butun rang-barangligini tushunib etish uchun muayyan tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat 
qiladigan qandaydir asosning shak-shubhasiz mavjudligini qayd etadi. Falsafa tarixidan biz 
bunday asos sifatida, masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon faylasuflarida tabiat 
elementlari, o‘rta asrlar falsafasida Xudo, Dekartda: «Men fikrlayapman, demak, mavjudman», 
degan ongli inson amal qilganini ko‘ramiz.
Ammo inson bilishning bu birinchi bosqichida to‘xtab qolmagan va o‘zini qurshagan 
borliqning ko‘p sonli turli-tuman holatlari orasida qolgan barcha narsalardan sezilarli darajada 
farq qiladigan narsalarni, borliqning ayni shu shakli voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan 
nima bilan farq qilishini aniqlashga harakat qilgan. Bugungi kunda insoniyat borliqning ko‘p 
sonli turli-tuman shakllaridan ularning ayniqsa aniq bo‘lgan bir nechtasini farqlash imkonini 
beradigan tajriba va bilim to‘pladi.
Borliq shakllari. Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga 
qadimdayoq e’tibor bergan, lekin buni ancha keyin tushunib ketgan. O‘z navbatida, jonli narsalar 
dunyosida inson alohida o‘rin egallaydi. U barcha jonli narsalardan butunlay farq qiladi. 
Insonning bu asosiy farqi uning ongida, ideal obrazlar bilan ish ko‘rish, ya’ni abstrakt fikrlash va 
o‘zini fikrlovchi jonzot sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo‘ladi.
SHunday qilib, borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan notirik tabiat o‘rin 
oladigan o‘ziga xos piramida hosil bo‘ladi. YA’ni borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, 
ijtimoiy borliq va inson borlig‘i kabilardir Borliqning bu umumiy shakllari o‘ziga xos 
xususiyatga, o‘zining betakror mohiyatiga egadir.
1) tabiat borlig‘i. U mufassallashtiriladi va o‘z navbatida ,birlamchi tabiat borlig‘i 
(ya’ni inson va uning faoliyatidan qat’i nazar mavjud bo‘lgan narsalar va jarayonlar borlig‘i) va 
ikkilamchi (yoki odamlar tomonidan yaratilgan narsalar va jarayonlar borlig‘i)ga bo‘linadi. 
Birlamchi tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining borlig‘i – bu butun tabiiy va sun’iy 
dunyo, shuningdek tabiatning barcha holatlari va hodisalari (yulduzlar, sayyoralar, er, suv, havo, 
binolar, mashinalar, aks sado, kamalak, ko‘zgudagi aks va sh.k.)dir.
Birlamchi tabiat borlig‘i ikki darajani o‘z ichiga oladi. 
Birinchi daraja jonli ruhsiz jismlardan, ya’ni ko‘payish qobiliyatiga ega bo‘lgan, atrof 
muhit bilan moddalar va energiya almashinuvini amalga oshiradigan, lekin ongga ega bo‘lmagan 
barcha narsalar, ya’ni sayyoramiz hayvonot va o‘simliklar dunyosini o‘z ichiga olgan butun 
biosferadan iborat.
Ikkinchi daraja – bu inson va inson ongining borlig‘i bo‘lib, bu: ikkilamchi tabiat inson 
yaratgan yoki o‘zgartirgan tabiatdir.Tabiat makon va vaqtda cheksiz hamda abadiydir. Ikkinchi 
yoki inson tomonidan yaratilgan tabiat birinchi tabiatga bog‘liq. Bir tomondan, ikkinchi tabiatda 
birinchi tabiat materiali, boshqacha aytganda ob’ektiv, birlamchi borliq mujassamlashgan, 
boshqa tomondan esa – unda insonning mehnati, irodasi va bilimlari, uning qalbi o‘z ifodasini 
topgan. Ikkinchi tabiat – bu mehnat qurollari va sharoitlari, aloqa vositalari, inson ruhining 


ehtiyojlari, ma’rifatli borliq, moddiy va ma’naviy madaniyatni belgilovchi barcha narsalar va 
jarayonlardir;
2) inson borlig‘i. Unda tahlilga qulaylik yaratish uchun insonning tabiatning bir qismi 
sifatida jismoniy mavjudligini va alohida inson borlig‘ini farqlash o‘rinli bo‘ladi.
3) ma’naviy borliq. U sub’ektiv individuallashgan va ob’ektiv (noindividual) ma’naviy 
borliq sifatida mavjud. Individuallashgan ma’naviy borliq - bu insonning ichki dunyosi.
4) ijtimoiy borliq. U ayrim insonning jamiyatdagi borlig‘i va jamiyatning o‘z borlig‘iga 
bo‘linadi. Har bir inson boshqa odamlar bilan muttasil aloqa qiladi, turli ijtimoiy guruhlar: oila, 
ishlab chiqarish jamoasi, millatning a’zosi hisoblanadi. U boshqa individlar bilan yaqin aloqa 
qilib yashaydi. Odamlarning barcha faoliyati mazkur sotsiumga xos bo‘lgan ijtimoiy 
munosabatlar, chunonchi: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, axloqiy va boshqa munosabatlar doirasida 
amalga oshiriladi.

Download 218.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling