Reja: Borliq falsafaning predmeti. Ontologiya tushunchasining tahlili


uzunligi – hayot sikllari bosqichlarining ketma-ketligi sifatida, kengligi – faoliyat


Download 218.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/20
Sana18.06.2023
Hajmi218.36 Kb.
#1557020
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
№-2 Маъруза

uzunligi – hayot sikllari bosqichlarining ketma-ketligi sifatida, kengligi – faoliyat 
turlarining miqdoriy rang-barangligi sifatida, chuqurligi – individning o‘zi ishtirok 
etayotgan faoliyat turlaridagi faollik darajasi sifatida ko‘rsatilishi bilan bog‘liq fikrlarga 
ham duch kelish mumkin. Makon va vaqt aloqasi hamma joyda har xil bo‘lgan «mahalliy vaqt» 
tushunchasida yorqin namoyon bo‘ladi.
Bularning hammasi makon, vaqt va materiya jarayonlari o‘zaro bog‘liq ekanligini yana 
bir karra tasdiqlaydi. Nazariy jihatdan esa, makon va vaqt munosabatlarining relyasion va 
dinamik konsepsiyalari rivojlanishining ahamiyatini yanada oshiradi, bu borada tadqiqotlar olib 
borish zaruratini namoyon qiladi.
Ijtimoiy makon. Makon va vaqt munosabatlarining yanada murakkabroq manzarasi 
ijtimoiy tuzilmalarda kuzatiladi. Bu insonning dunyoga munosabati bilan belgilangan, inson 
faoliyati va amaliyotining o‘ziga xos xususiyatlariga tarixiy bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy makon 
to‘g‘risida so‘z yuritish o‘rinli bo‘ladi. U alohida insoniy ma’no kasb etadi va biosfera, sayyora 
va koinot darajasidan bir vaqtda o‘rin oladi, shu bilan birga inson yaratgan infratuzilma, 
o‘zlashtirilgan hududlar, foydalanilayotgan suv va fazo okeanlari, jamuljam holda inson 
yashaydigan makonga aylangan koinot kengliklari ko‘rinishida ulardan ajralib turadi. Bunda 
ko‘lamli strukturalar o‘z holicha, xaotik tarzda vujudga kelmaydi, balki jamiyat evolyusiyasi 
ob’ektiv jarayonlarining mahsuli hisoblanadi va muayyan xalqlarning turmushi va madaniyatini, 
ularning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, ma’lum vaqt ruhini o‘zida aks ettiradi. 
Bularning barchasi pirovardida «ikkilamchi tabiat»ni tashkil etadigan tegishli arxitektura, 
o‘zgartirilgan landshaft va shu kabilarda o‘z aksini topadi.
Ijtimoiy vaqt ham o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, u, biologik va planetar-kosmik 
vaqtdan farqli o‘laroq, notekis oqadi. Insoniyat shakllanish jarayonining dastlabki bosqichida 
boshlangan ijtimoiy vaqt keyingi davrlarda deyarli o‘zgarishsiz kechdi va fan-texnika 
taraqqiyotining ilk alomatlari paydo bo‘lishi bilan, XVII-XVIII asrlardan e’tiboran jadalroq 
sur’at kasb eta boshladi. XX asrda yuz bergan fan-texnika inqilobi ijtimoiy makonni keng 
qamrab oldi va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishiga alohida tus berib, vaqt harakatini 
misli ko‘rilmagan darajada jadallashtirdi. Er kurrasi «kichrayib», insoniyat uchun tor bo‘lib 
qoldi, uning bir chetidan narigi chetiga o‘tish endilikda soatlar bilan (Oy, Mars, Venera va 
boshqa kosmik jismlarga uchish tezligi va vaqtini hisobga olmaganda) o‘lchanmoqdaki, XX 
asrda buni hatto tasavvur qilish ham mumkin emas edi.
Ijtimoiy vaqtda muayyan odamlar, ijtimoiy jamoalar, ayrim hamjamiyatlar, millatlar, 
davlatlar va pirovard natijada butun insoniyat borlig‘ining vaqt ko‘rsatkichlarini farqlab, ijtimoiy 
vaqt strukturasining murakkabligi to‘g‘risida ham so‘z yuritish mumkin. Ulardan har birining 
yashash vaqti va sur’ati har xil bo‘lib, o‘z xususiyatiga ega. Aslini olganda, turli mamlakatlar va 
xalqlar jamuljam holda butun insoniyatni ifoda etsa-da, amalda turli tarixiy davrlarda: kimdir 


o‘tmishda, kimdir hozirgi davrda, kimdir esa kelajakda yashaydi. Bunga, xususan, amerikalik 
taniqli futurolog E.Toffler e’tiborni qaratadi. Uning fikricha, «Er aholisining 70% o‘tmishda 
(turli o‘tmishda), 25% - hozirgi davrda, 3% - kelajakda yashaydi, qolganlar esa marginallar 
bo‘lib, ular har qanday vaqtdan tashqaridadir»
.

Download 218.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling