MAKON VA VAQT
Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari. Bizni qurshagan dunyo mazmuni,
borliqning umumiy xossasi bo‘lgan borliq haqida so‘z yuritar ekanmiz, makon va vaqt
tushunchalarini chetlab o‘tishimiz mumkin emas. Zero, har qanday jism, narsa, hodisa doim
borliqning boshqa predmetlari va hodisalari bilan yonma-yon keladi, ko‘lamlilik xususiyatiga
ega bo‘ladi. SHuningdek ular o‘z ichki va tashqi holatlarini bir-biriga nisbatan o‘zgartiradi va bu
turli hollarda har xil tezlik, marom, sur’at va davomlilik bilan yuz beradi. Alohida holda ayrim
yagona deb qaraladigan bu ko‘rsatkichlar majmui bizga vaqt haqida tasavvur beradi. Makon va
zamon o‘z rang-barangligida cheksiz borliqning shakllari sifatida amal qiladi.
Makon va vaqt falsafa tarixida. Makon va vaqt mohiyati haqida odamlar o‘z
rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va o‘tmishning aksariyat
mutafakkirlari ularning tabiatini aniqlashga harakat qilganlar. Bu avvalo inson amaliyoti va
bilishining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Zero ular kengayib va takomillashib, mazkur
kategoriyalarni yanada aniqroq va teranroq tushunishni talab qilgan. Xususan, antik davrdayoq
falsafadan ko‘lamli shakllar va ularni o‘lchash usullari haqidagi fan sifatida ajralib chiqqan
geometriya ilk aniq fanlardan biriga aylandi. Vaqtga astronomik kuzatishlar hamda koinotning
boqiyligi va inson hayotining tezoqarligi haqidagi mulohazalar nuqtai nazaridan ham alohida
e’tibor qaratilgan. Keyinchalik «makon» va «zamon» kategoriyalariga qiziqish hech qachon
susaymagan. Ular bilan bog‘liq ko‘p sonli masalalar yuzaga kelgan. Ularning eng muhimlaridan
biri quyidagicha yangraydi: makon va vaqt mustaqil mohiyatlarmi yoki ular faqat nimagadir
bog‘liq holda keladimi? SHu munosabat bilan falsafa tarixida shakllangan ikki muhim va bir-
biridan butunlay farq qiladigan yo‘nalish – substansial va relyasion yo‘nalishlarni farqlash
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |