Reja: Borliq falsafaning predmeti. Ontologiya tushunchasining tahlili


mohiyatlar sifatida emas, balki real dunyo ob’ektlari va jarayonlari o‘rtasidagi alohida


Download 218.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/20
Sana18.06.2023
Hajmi218.36 Kb.
#1557020
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
№-2 Маъруза

mohiyatlar sifatida emas, balki real dunyo ob’ektlari va jarayonlari o‘rtasidagi alohida 
munosabatlar sifatida tushunish bilan bog‘lanadi. «Vaqt nima?», degan savolga javob berar 
ekan, Aristotel shunday mulohaza yuritadi: harakatda ham, vaqtda ham doim muayyan «oldin» 
va undan farq qiluvchi «keyin» mavjud. Aynan harakat tufayli biz har xil, o‘zaro mos 
kelmaydigan «hozir»ni farqlaymiz. Vaqt shu «hozir»ning ketma-ketligi, ularning almashuvi, 
sanog‘i, hisobi, «oldingi va keyingiga bog‘langan harakatlar soni»dir. Aristotelda makon 
harakatsiz yulduzlar sohasi bilan cheklangan, ularning ortida – makon va vaqtdan tashqarida 
yotuvchi va hamma narsani harakatga keltiruvchi boqiy, harakatsiz, ilohiy osmon joylashgan.
Mazkur nuqtai nazardan ko‘rsatilgan munosabatlar doirasidan tashqarida makon va 
vaqt mavjud bo‘lmaydi. Bu yo‘nalishning atoqli namoyandasi G.Leybnits (1646-1716) 
hisoblanadi.
Makon va vaqt talqinidagi bu ikki tendensiya, ya’ni makon va vaqt borliqning mustaqil, 
ob’ektiv hamda moddiy mazmunga bog‘liq bo‘lmagan asoslari sifatida yoki harakatlanuvchi 
materiyaning ajralmas qismi sifatida talqin qilish keyinchalik o‘z rivojini topdi. Birinchi 
substansional konsepsiya ayrim o‘zgarishlar bilan yigirma asrdan ko‘proq davr amal qildi. 
Nyutonning materiya joylashadigan harakatsiz, uzluksiz va bir xil uch o‘lchovli joy sifatidagi 
makon to‘g‘risidagi fikri o‘z mohiyatiga ko‘ra, Demokritning makon haqidagi g‘oyalari bilan bir 
edi. Nyuton konsepsiyasiga ko‘ra, makon absolyut bo‘lib, cheksiz ko‘lamga ega. SHuning uchun 
u o‘zida barcha materiyani sig‘dira oladi va turli jarayonlarga bog‘liq emas. Ushbu konsepsiyaga 
ko‘ra, vaqt ham absolyut bo‘lib, turli o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘lmagan holda kechadigan teng 
davriylikdir. Unda barcha narsalar paydo va yo‘q bo‘lib turadi. Muxtasar qilib aytganda, Nyuton 
makon va vaqt bir-biridan ajralgan va materiya bilan harakatga bog‘liq bo‘lmagan mustaqil 
narsa, deb tushungan.
Falsafa tarixida aksariyat faylasuflar u yoki bu tarzda to‘qnash keladigan yana bir 
muhim masala shunday yangraydi: makon va vaqt borliq ko‘rsatkichlarimi, ya’ni ular ob’ektiv 
xususiyat kasb etadimi yoki bizning ongimiz xususiyatlaridan kelib chiqadimi va o‘z tabiatiga 
ko‘ra sub’ektivmi? SHu munosabat bilan mazkur kategoriyalarning materialistik va idealistik 
mazmunlari haqida so‘z yuritish mumkin. 
Makon va vaqt muammosini ob’ektiv idealizm nuqtai nazaridan yondashuvni o‘rta 
asrlar falsafasida ham kuzatish mumkin. Bu erda faqat Xudo makon va vaqtdan tashqarida deb 
fikrlanadi. Mazkur nuqtai nazarning shakllanishiga Avliyo Avgustin (354-430) salmoqli hissa 
qo‘shgan. Idealistik qarashlar makon va vaqtning ob’ektivligini rad etish va ular ongning turli 
shakllariga qaramligini tan olish bilan bog‘liq. Masalan, sub’ektiv idealizm vakillari (Berkli, 
YUm, Max va boshqalar) makon va vaqtga individual ong shakllari sifatida yondashadi. 


Xususan, D.YUm (1711-1776) uchun ular faqat idrokda mavjuddir. I.Kant (1724-1804) ham 
makon va vaqtga sub’ektiv deb qaraydi, ammo ularni aprior, ya’ni insonga tajribaga qadar 
berilgan hissiy mushohada shakllari sifatida tushunadi. I.Kant makon va vaqtni inson hissiyoti 
shakli – kuzatish shakli sifatida talqin qiladi. Unga ko‘ra, aynan dunyoni bilishga harakat 
qilayotgan sub’ekt o‘ziga berilgan dunyoning muayyan makon va vaqtdagi shakl-shamoyilini 
yaratadi. 
Materialistik yondashuv o‘zining aniq ifodalangan shaklida shu bilan tavsiflanadiki, u 
makon va vaqtni ongdan tashqarida va undan qat’iy nazar mavjud deb hisoblaydi, ya’ni ular 
mavjudligining ob’ektiv xususiyatini qayd etadi. Mazkur yondashuv asosan tabiatshunoslikning 
I.Nyuton (1643-1727) va A.Eynshteyn (1879-1955) kabi atoqli namoyandalari ilgari surgan 
g‘oyalarga tayanadi.
Makon va vaqt tabiati haqidagi metafizik yondashuvlarni rad etuvchi tabiiy ilmiy 
dalillar XIX asr oxirida fizikada elektromagnit nazariyasi yuzaga kelishi bilan shakllana 
boshladi. Uning rivojlanishi faylasuflarni bo‘shliq haqidagi tasavvurlardan voz kechishga majbur 
qildi. Dastlab u “efir” to‘g‘risidagi g‘oya bilan almashtirildi. Efir hamma joyda to‘liq, lekin 
mutlaq va hech narsaga bog‘liq bo‘lmagan makonning shakli vazifasini bajardi. Keyinchalik bu 
tasavvurlardan ham voz kechildi.
Ammo substansional va relyasion konsepsiyalar, Gegelning ob’ektiv idealizmi 
doirasidagi makon va vaqt haqidagi tasavvurlar singari, makon va zamonning ob’ektiv 
mavjudligiga shubha qilmas edi. Falsafadagi butun sub’ektiv-idealistik yo‘nalish uchun makon 
va vaqt – tasavvurlarning joylashuv usuli, binobarin, ular o‘z kelib chiqishining psixologik 
manbaiga ega. Berklidan Maxga qadar makon va vaqt - sezgilarning tartibga solingan qatorlari 
shakllaridir, degan yondashuvni asoslovchi dalillar majmui amal qildi. Ingliz faylasufi Pirson 
fikriga ko‘ra, makon va vaqt amalda mavjud emas, ular narsalarni idrok etishning sub’ektiv 
usuli, xolos. Makon – narsalarni idrok etish tartibi yoki kategoriyasi bo‘lsa, vaqt voqealarni idrok 
etish kategoriyasidir. A.A.Bogdanov makon va zamonni tashkil etuvchi va uyg‘unlashtiruvchi 
inson tafakkuri mahsuli deb hisoblaydi. 

Download 218.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling