Dunyo okeani. Kosmik, Iqlimiy, biologik va rekratsion resurslar


Download 35.5 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi35.5 Kb.
#183683
Bog'liq
9 sinf Dunyo okeani


Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy

universiteti geografiya va tabiy resurslar

fakulteti geografiya yunalishi 3 kurs talabasi

Primov Nodirbekning 9 sinf uchun geografiya

fanidan Dunyo okeani.Iqlimy, komik, biologik va

regratsiyon resurslar mavzusida tayyorlagan bir

soatlik dars ishlanmasi
MAVZU: Dunyo okeani. Kosmik, Iqlimiy, biologik va rekratsion resurslar.

I. Darsning maqsadi:


  1. Ta`limiy maqsad:

O`quvchilarga Dunyo okeani.Kosmik,iqlimiy,biologik va rekratsion resurslarning ahamiyati,ularning turlari xalq xo’jaligidagi o’rnini ochib berish.Davlatlar misolida bu resurslarning tarqalishini o’rgatish.

  1. Ta`rbiyaviy maqsad:

O`quvchilarni darslikdan tashqari adabiyotlarni va internet ma’lumotlarini o`rganishga da`vat etish; o`z maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash; jamoa bo`lib ishlash, o`zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda mas’uliyatni his qilish kabi ko`nikmalarni tarkib toptirish.

  1. Rivojlantiruvchi maqsad:

O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, nutq ma’daniyatini o`stirirish, o`z-o`zini boshqarishga yo`naltirish,hozirjavoblik, topqirlik hususiyatlarini rivojlantirish.

II. Darsning jihozi:

Dunyoning siyosiy xaritasi ,davlatlarining tabiiy ,iqtisodiy, foydali qazilmalar xaritalari, davlatlar rasmlari, davlatlar haqidagi film va globuschalar maketlari.



Dars tipi: Aralash.

Dars turi: Noan’anaviy.

Dars o`tish metodi: “Aqliy hujum”, Juftlikda ishlash, “Guruhlar bilan ishlash”, “Insert”, “Rost-yolg`on” o`yini.

Dars rejasi:

1. O`qituvchining kirish so`zi (2 daqiqa);

2. Gurihlarga bo`lish (2 daqiqa);

3. Biz bilgan bilimlar (xotirani sinash , 3daqiqa);

4. “Amerikaga sayohat” filmini tomosha qilish (5 daqiqa);

5. Juftlikda ishlash uchun topshiriq (2 daqiqa);

6. Mavzuga ijodiy yondoshish (10 daqiqa);

7. Atlas va yozuvsiz xarita bilan ishlash (7 daqiqa);

8. ”Rost-yolg`on” o`yini (5 daqiqa);

9. Mavzuni mustahkamlash (5 daqiqa);

10. Uyga vazifa (2 daqiqa).

Darsning borishi:

1. Darsning tashkil etilishi:


  1. Salomlashish,davomatni aniqlash;

  2. O`quvchilarni darsga hozirlab,jonli muhit yaratish.

Mavzuni o`rganish uchun o`quvchilar maqsadlariga ko`ra 4 guruhga bo`linib oladilar.

I -guruh. Okeonogroflar.

II- guruh. Kosmonavtlar.

III- guruh. Biologlar.

IV- guruh. Sayyohlar.

O’quvchilar bilan birgalikda guruhlarda ishlash uchun amal qilinishi lozim bo`lgan qoidalar ishlab chiqiladi:



II. Oltin qoidalar:

  1. Faollik.

  2. Vaqtga rioya qilish.

  3. Fikrni takrorlamaslik.

  4. O`zaro hurmat.

  5. To`g`ri javob uchun rag`bat.

  6. O`ng qo`l qoidasi.

  7. Bir yoqadan bosh chiqarish.

  8. Intizom.

Guruhlarga o’tilgan mavzular bo’yicha xotirani sinash uchun savollar beriladi.

  1. Dunyonong eng yirik sakkizlik mamlakatlari qaysilar nima uchun?

  2. Rivojlanayotgan mamlakatlar ichida eng kucnlilari qaysilar ,nima uchun?

3.Davlatlar boshqaruviga ko’ra qanday turlarga bo’linadi, ularda davlat boshqaruvi qanday amalga oshiriladi?

4.Tabiiy resurslar qanday turlarga bo’linadi,ularga misollar keltaring.

Har bir to`g`ri javob uchun guruh a’zolari davlatlarning bayrog`chalari maketi bilan rag`batlantirib boriladi.

Videoikkilik orqali dunyo okeani,quyosh nuri tirik organizmlar,koinot ,sayyohlar tasvirlangan vidio lavha namoyish etiladi.Har bir guruh a`zolari kasblariga muvofiq holda filmni tahlil qiladilar. Tahlil mazmuniga va samarasiga ko`ra g`olib guruhlar taqdirlanib boriladi.

O`qituvchi yangi mavzu yuzasidan o`quvchilarning bilimlarini bilish uchun juftliklarga topshiriq beradi.Ular “Bilaman.Bilishni istayman.Bilib oldim” jadvalining 1- va 2- qismlarini to`ldirishadi. (1-ilova)

So’ngra o’qituvchi o’quvchilarning fikrlarini to’ldirib yangi mavzu haqida tushuncha beradi.

Har bir guruhga ijodiy yondoshish uchun mavzular beriladi, ular darslik va xarita asosida topshiriqni bajaradilar.



1-guruh.Dunyo okeanida qanday boyliklar bor.Ulardan qanday maqsadlarda foyalanilmoqda.

2-guruh.Iqlimiy resurslar nima .Ulardan nima maqsadlarda foydalaniladi.

3-guruh.Biologik resurslar nima Bunday resurslar bilan qaysi davlatlar yahshi ta’minlangan.

4-guruh.Rekratsison resurslarga qanday resurslar kiradi,ularning qanday turlari bor.

O`qituvchi javboblarni umumlashtirib to’ldiradi.

E’tiborni jamlash maqsadida “Rost-Yolg`on” o`yini o`tkaziladi. Bu o`yinga ko`ra juft (II-IV) va toq (I-III) guruhlar o`zaro fikrlarini rost yoki yolg`onligini aytadilar.

Dars boshida tarqatilgan jadvalning “Bilib oldim” bo`lagi o`quvchilar tomonidan juftlikda to`ldiriladi.



Dars yakunida guruhlar to`plagan davlatlarning bayroqlari sanaladi, g`olib guruh aniqlanadi va rag`batlantiriladi. Guruhlarga darsdagi ishtirokiga qarab “Eng bilimdon guruh”, “Eng faol guruh “, “Eng hamjihat guruh” unvonlari o`z egalariga topshiriladi.

Uyga vazifa:

Mavzuni “Insert” belgilaridan foydalanib o`qish. Noananaviy resurslarning konseptual xaritasini tuzish.
Download 35.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling