Reja: Bosh miya yarim sharlarining oliy faoliyati. Neyropsixik tekshirish usullari. Faoliyat buzilishlari va uning patologiyasi. Faoliyatni tekshirish usullari. Nerv sistemasi kasalliklarining turlari va asoratlari
Download 382.07 Kb.
|
Bosh miya yiring kasalliklariga bemorlarnitekshirish va parvarish qilish mininggit va ensefalit
Meningit – miya qobiqlarining yallig‘lanishidir. Kasallikni turlibakterial shakllar, ko‘pincha kokklar guruhi (meningokokklar, streptokokklar, pnevmokokklar) qo‘zg‘atadi.
М yeningitning ko‘p uchraydigan shakllaridan biri meningokokklarning alohida guruhi bilan qo‘zg‘atiladigan serebrospinal (bosh va orqa miya) meningitidir. Bu kasallik ko‘pincha qish va bahorda epidemiya sifatida tarqaladi. Meniningokokk infeksiyasining manbai kasallangan odam hisoblanadi. Tashqi muhitda quyosh nurlari va harorat ta’sirida meningokokk tez nobud bo‘ladi. Мazkur qo‘zg‘atuvchi sog‘lom bola burun shilliq qavatida uzoq muddat davomida saqlanishi mumkin (batsilla tashib yuruvchi). Z ararlanish batsilla tashib yuruvchi burun shillig‘ining u bilan aloqada bo‘lgan bolalar teri va shilliq qavatiga tushishi (o‘yin vaqtida, ko‘rishganda, umumiy sochiq, ro‘molcha kabi batsilla tashib yuruvchi foydalangan boshqa predmetlar orqali) yuzaga keladi. Harorat bilan boshlanib, qayt qilish, teriga toshmalar toshishi, kuchli bosh og‘rig‘i hurujlari, bazan ongsizlik holatlari bilan davom etadi. Kasallikning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri: ensa mushaklarining patologik kuchlanishi (ensa rigidligi) natijasida bosh orqaga tashlangan, oyoqlar tizza bo‘g‘imida yarim buqilgan holda qorin tomongaga egilgan (Kerning simptomi), teri sezgisining oshganligi (giperesteziya), yorug‘likdan qurqish kabi holatlardir. O‘tkir davrning davomiyligi (yashinsimon va uzoq davom etuvchi kasallik shakllari farqli) odatda, 1-2 hafta bo‘lib, undan so‘ng bemor sog‘ayishi yoki halok bo‘lishi mumkin. O‘tmishda meningitdan halok bo‘lish 25-50% ni tashkil etar edi, biroq hozirda davolashda antibiotiklar (penitsillin va b.q.), sulfamid preperatlarini qo‘llash kasallikning kechish vaqtini qisqartirish, o‘limlar soning kamaytirish hamda rezidual (qoldiq) holatlar (asoratlar) ko‘rinishini yengillashtirish imkonini berdi. Meningit uchun kasallikning o‘tkir davrida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli asoratlar rivojlanishi xarakterlidir. Ko‘p uchraydigan asoratlardan biri eshituv nervida rivojlangan yallig‘lanish jarayoni natijasida eshitish qobiliyatining zararlanishidir. Odatda, meningitlardan keyinchalik eshitishning buzilishi ikki tomonlama zaif eshituvchilik yoki karlikda namoyon bo‘ladi. Ilk bolalik davridagi meningitda eshitishning yo‘qolishi nutqni rivojlanmasligi va kar-soqovlikka olib kelishi mumkin. Ko‘rish nervlarining zararlanishi nisbatan kam hollarda uchratilib, u ham ko‘rishning qisman yoki to‘liq yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Boshdan o‘tkazilgan meningitning belgilaridan biri sifatida ko‘pincha tutqanoq shaklidagi hurujlar kuzatiladi. Serebrospinal meningitdan so‘ng paydo bo‘luvchi aqli zaiflik oxirgi yillarda kam kuzatilib, ko‘pincha xissiy-irodaviy sohaning va xarakterning zararlanishlari asorati sifatida namoyon bo‘ladi. Natijada bolalarda qo‘zg‘aluvchanlikning yuqoriligi, impulsivlik (affektlarga moyillik), psixpatsimon xulq-atvor kuzatiladi. Mazkur xulq-atvor xususiyatlari erta meningitning eng og‘ir asoratlaridan biri-gidrotsefaliyaning rivojlanishida ayniqsa, kuchli namoyon bo‘ladi. Nisbatan kech yoshdarda boshdan kechirilgan meningitdan so‘ng paydo bo‘luvchi oliy asab faoliyati buzilishlari ham bir qator patologik xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Biroq, bu hollarda asoratlar yaqqol namoyon bo‘lmay, asosan, o‘ziga xos asteniya ko‘rinishidan iborat bo‘ladi. Meningit boshqa etiologiyaga ham ega bo‘lishi mumkin. Masalan, otogen meningit quloqdagi yiringli jarayonlar natijasida paydo bo‘ladi. Tuberkulezli va sifilisli meningitlar ham uchraydi. Bir qator holatlarda meningitdagi yallig‘lanish jarayoni miya qobig‘i bilan chegaralanmay, miya moddalariga tarqalib, ularni ham zararlaydi(meningo-ensefalit). Eshitish va ko‘rishning zararlanishi shaklidagi meningit asoratlariga ega bolalarning ko‘pchiligi maxsus maktablarda talim oladilar (zaif eshituvchi va karlar, zaif ko‘ruvchi va ko‘rlar), kamroq qismi maxsus (yordamchi) maktablarga yo‘naltiriladi va nihoyat bir guruh bolalar maxsus tadbirlar o‘tkazish natijasida ommaviy maktabda o‘qishga muvaffaq bo‘ladilar. Ensefalitlar guruhiga bosh miyani zararlash lokalizatsiyasi turlicha bo‘lgan yallig‘lanish jarayonlari kiradi. Ensefalit ham umumiy miya simptomlari, ham o‘choqli simptomlari bilan birga kechadi. Umumiy miya belgilariga o‘zidan ketish, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qayt qilish, nafas olish va pulsning o‘zgarishi kabilar kiradi. O‘choqli simptomlar yallig‘lanish jarayonining miyaning turli qismlarida joylashish o‘rniga bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Zamonaviy klinikada ensefalitlar birlamchi yoki epidemik hamda infeksion turlarga bo‘linadi(ba’zi infeksion shakllar allergikga ham kiritilgan). Infeksion ensalitlar qizamiq, qizilcha, skarlatina, ko‘kyo‘tal kabi bolalar infeksiyalarining asab tizimini asoratlashi bilan bog‘liq. Т arqalishi epidemik xarakterga ega birlamchi ensefalitlarga quyidagilar kiritilgan. Ensefalitik bolalar oliy asab faoliyatini eksperimental tekshirish natijasida po‘stloq neyrodinamikasidagi og‘ir buzilishlarni aniqladi. Masalan, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari orasidagi muvozanatning keskin buzilishi, miya po‘stlog‘i reaktivligining pasayishi natijasida induksion munosabatlarning zaiflashuvi kasallikning o‘tkir davri uchun xosdir. E nsefalit bilan kasallanish bola organizmi himoya xususiyatlarining zaiflashuvi bilan bog‘liq bir qator sabablar asosida vujudga keladi. Asab tizimining tug‘ma kamchiliklari, umumiy somatik holsizlanish, raxit, turmush sharoitining zararli ta’sirlari, organizm immuno-biologik xususiyatlarining zaifligi mazkur sabablar qatoriga kiritilgan. Ensefalitning ba’zi shakllarini ko‘rib o‘tamiz. Download 382.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling