Poliomiyelit. Poliomiyelit markaziy nerv sistemasi, asosan orqa miya, gohida bosh miya zararlanishi bilan xarakterlanadigan o‘tkir infeksion kasallikdir. Har xil kataral hodisalar bilan birga qisqa muddat davom etadigan isitma davridan keyin qo‘l-oyoqlar, gavdada, ba’zi hollarda yuzda tarqoq falajlar boshlangani qayd qilinadi.
Etiologiyasi. Poliomiyelit qo‘zg‘atuvchisi Landshteyner va Popper tomonidan kashf etilgan filtrlanuvchi virusdir. Bu virus Koksaki va Yesno viruslarini ham o‘z ichiga oladigan enterviruslar (ichak viruslari) avlodiga kiradi. Atrof-muhitda bu virus juda chidamli bo‘ladi; sovuq, quritish ta’siriga yaxshi bardosh beradi, xazm shiralari ta’sirida yemirilmaydi, antibiotiklar ta’siriga sezgir emas. Virusning 3 ta immunologik xili ma’lum.
Epidemiologiyasi. Infeksiya manbalari, poliomiyelitning oshkora shakllari bor kasallardan tashqari, uni atipik, bilinmaydigan, abortiv shakllarda boshdan kechirgan kishilar hamdir. Kasallikning atipik shakllari bilan og‘rigan bemorlar, ba’zi olimlarning fikriga qaraganda, oshkora shakllari bilan og‘riganlarga nisbatan ancha ko‘p bo‘ladi. Kasal kishi dardining o‘tkir davrida hammadan ko‘ra yuqumliroq bo‘ladi. Kasallik bilan og‘rib o‘tilgandan keyin ko‘pchilik hollarda Yana 15-20 kun davomida, ba’zan 3040 kun va hatto 4-5 oy davomida kasallik quzatuvchisi hali topilib turadi. Sog‘lom virus tashuvchilar ham kasallik yuqtiradigan manba bo‘lishlari mumkin. Sog‘lom kishilarning tashuvchilik hodisasi polimielitdagi infeksion jarayonning asosan, eng ko‘p uchraydigan shaklsidir. Odamning polimielitga beriluvchanligi katta emas.
Poliomiyelit yuqqanlar orasidan faqat kichik bir qismi (0,2-1 %) bu kasallik bilan og‘riydi. Kasallanishning ko‘pchilik qismi (60-80 %) 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarga to‘g‘ri keladi. Gipovinozlar vaqtida, odam ortiq zo‘riqqan paytlarida poliomiyelitga beriluvchanligi ortadi. Bu kasallik aksari bola organizmi rezistentligini, aftidan, pasaytirib qo‘yadigan qanday bo‘lmasin biror infeksiyadan keyin (qizamiq, ko‘kyo‘tal, angina va boshqalardan keyin) avj oladi. Poliomiyelit bilan og‘rib o‘tilgandan keyin turg‘un immunitet qoladi. Kasallikning yana takrorlanishi juda kamdan kam uchraydigan hodisadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |