Reja: Bosh miya yarim sharlarining oliy faoliyati. Neyropsixik tekshirish usullari. Faoliyat buzilishlari va uning patologiyasi. Faoliyatni tekshirish usullari. Nerv sistemasi kasalliklarining turlari va asoratlari
Infeksion ensefalit (meningo-ensefalit, ensefalomiyelit)
Download 382.07 Kb.
|
Bosh miya yiring kasalliklariga bemorlarnitekshirish va parvarish qilish mininggit va ensefalit
Infeksion ensefalit (meningo-ensefalit, ensefalomiyelit).
Klinikada infeksion ensefalit atamasi ostida bolaning turli infeksion kasalliklarni boshdan kechirishi oqibatida vujudga keluvchi yallig‘lanish, aksariyat hollarda toksik jarayonlar yig‘indisi tushuniladi. Bu hollarda kasallik jarayoni faqatgina bosh miyaning turli sohalarini (taqalgan etiologiya) emas, ko‘pincha orqa miyani ham qamrab oladi. Shu sababli, bu kasalliklar ko‘pincha meningo-ensefalit va ensefalomiyelit kabi ko‘rinishga ega bo‘ladi. Infeksion ensefalit umumiy va o‘choq simptomlari bilan xarakterlanib, ba’zi o‘choqli simptomlar (parez, talvasa afaziyalarining rivojlanishi) kasalliknig o‘tkir davrida ham namoyon bo‘ladi. Boshqalari kechroq aniqlanishi mumkin. Ikkilamchi ensefalitning rezidual davri patologik belgilar xilmaxilligi bilan xarakterlanadi. Bunda harakat buzilishlari (falaj, parezlar, giperkinezlar) hamda sensor va motor afaziya va dizartriya (psevdobulbar) ko‘rinishidagi nutq nuqsonlari kuzatiladi. E pidemik ensefalitdan farqli ravishda infeksion ensefalitda intellekt, psixik faoliyat katta zararlanishga uchraydi. Ikkilamchi ensefalitdan keyin paydo bo‘luvchi asoratlarga yosh xususiyatlari katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, ilk bolalikda boshdan kechirilgan ensefalit oqibatida oligofreniya turidagi intellektning kechkin pasayishi kuzatiladi. Mazkur etiologiyali oligofrenlarga ba’zi lokal buzilishlar xos bo‘ladi. Bu bolalarning xissiy-irodaviy sohasi va xarakteri ham og‘ir buzilishlarga uchraydi. Mazkur buzilishlarning fiziologik mexanizmi neyrodinamikaning keskin buzilishi, ichki po‘stloq tormozlanishining zaiflashuvi natijasidagi po‘stloqosti ta’sirning kuchayishidan iborat. Postetsefalitik bolalardagi affektiv portlashlarga moyilliklari, qayfiyati o‘zgaruvchanligi, quyi organik qiziqishlarni ortishi kabi xulq-atvor xususiyatlari tarbiya ishlarini qiyinlashtiradi. Epidemik ensefalit asoratlari infeksion ensefalitdan keyingi asoratlar orasida ayrim tafovutlar mavjud. Masalan, epidemik ensefalit rezedual bosqichida paydo bo‘luvchi xissiy-irodaviy soha hamda xarakterning og‘ir buzilishlari infeksion ensefalitdan keyin kam kuzatiladi. Infeksion ensefalit asoratlari sifatida turli darajada ifodalangan intellektual, nutqiy va harakat buzilishlar ko‘p uchraydi. Maxsus (yordamchi) maktab o‘quvchilarini o‘rganish, postensefalitik o‘quvchilar bir qator tibbiy va pedagogik xususiyatlar bilan ajralib turishini ko‘rsatdi. Masalan, kasallik jarayonining lokalizatsiya xususiyatlari sababli intellektning disgarmonik, notekis pasayishi kuzatiladi, bunda ba’zi qobiliyatlar zararlangan, ba’zilari esa turli darajada saqlanib qolganligi qayd qilindi. Bu, bolalar uchun, ayniqsa, fonematik tahlilning pasayishi sababli, turli yozish va o‘qish nuqsonlarini keltirib chuqaruvchi o‘ziga xos parafazik buzilishlar sindromi xos. Yuqoridagi buzilishlar faqat o‘choqli zararlanish sababli paydo bo‘lmay, ko‘pchiligi miyaning analitik-sintetik faoliyatini regulyatsiyasida asosiy rol o‘ynovchi ichki tormozlanishning zaiflashuvi bilan bog‘liq holda neyrodinamik buzilishlar, turg‘un tormozlanish, differensirovkalarning pasayishi asosida yuzaga kelgan. Meningit va ensefalitda qo‘lliniladigan davo choralari turlichadir. Odatda, antibiotiklar, urotropin, sulfamid preparatlar, zardoblar ko‘llaniladi. Rezidual bosqichda fizioterapiya, davolovchi gimnastika, logoterapiya o‘tkaziladi. Download 382.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling