Reja: Bozor iqtisodiyotining mazmuni va uning asosiy belgilari
Nima ishlab chiqarish zarur, degan savolga
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
Ochiq dars materiali
Nima ishlab chiqarish zarur, degan savolga javob berishda korxona zarar
ko’rmaslik va foyda olish uchun intilish qoidasiga amal qilishni hisobga olib xulosa chiqarishimiz zarur. Shu bilan birga tovar va xizmatlarning qanday to’’lami jamiyatning talablarini to’la qondirilishi e’tiborga olinishi kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida faqat talabi mavjud bo’lgan, binobarin foyda keltirishi mumkin bo’lgan tovarlar ishlab chiqariladi va xizmatlar ko’rsatiladi, zarar keltiradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilmaydi. Bunda foyda olish yoki olmaslikni korxona o’z tovarini sotishdan oladigan umumiy ‘ul daromadi va uning ishlab chiqarishga qilingan umumiy xarajati o’rtasidagi nisbat aniqlaydi. Bozor tizimi puldor iste’molchining xoxishini, korxonalar talabini hisobga oladi, ular uchun ishlab chiqaradi va bu qarorni resurslarni etkazib beruvchilarga uzatadi hamda ulardan tegishli javob olishga erishadi. Tovarlar qanday ishlab chiqariladi yoki ishlab chiqarish qanday tashkil qilinadi, degan savolga ham bozor iqtisodiyoti sharoitida o’ziga hos javob bo’ladi. Bunda uchta uzviy bog’liq masalaga e’tibor beriladi: - alohida tarmoqlar o’rtasida resurslar qanday taqsimlanishiga ; - ishlab chiqarishni qanday korxonalar amalga oshira olishiga; - har bir korxona resurslarning qanday uyg’unlashuvini va qanday texnologiyani tanlashiga. Bozor tizimi, resurslarni, avvalo mahsulotlariga iste’molchi ancha yuqori talab bildiradigan va bu mahsulotlarni ishlab chiqarish foyda keltiradigan tarmoqlarga yo’naltiradi. Foyda bermaydigan tarmoqlar resurslardan mahrum bo’ladi. Bozor iqtisodiyotida ishlab chiqarishni qanday korxonalar amalga oshira oladi? Qaysi korxona ishlab chiqarishga iqtisodiy jihatdan eng zamonaviy texnologiyani qo’llashga intilsa va shunga layoqatli bo’lsa. Zamonaviy texnologiya iqtisodiy samaradorlik bilan tavsiflanadi. Iqtisodiy samaradorlik quyidagilarga bog’liq: mavjud texnologiyaga, ya’ni mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi resurslarning muqobil uyg’unlashuviga yoki ishlab chiqarish omillariga , resurslarning narxlariga. Boshqacha aytganda, iqtisodiy samaradorlik mahsulotning mavjud hajmini resurslardan eng kam harajat qilib olishni bildiradi. Bozor iqtisodiyoti so’zsiz texnika taraqqiyoti uchun rag’bat yaratadi. Ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishga olib keluvchi texnologiyani birinchi qo’llash, korxonaning o’z raqobatchilari oldidagi vaqtinchalik ustunligini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish harajatlarining ‘asayishi korxonaning iqtisodiy foyda olishini bildiradi. Bundan tashqari, bozor tizimi yangi texnologiyaning tez tarqalishi uchun sharoit ham yaratadi. Shunday qilib, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir korxona yuqori foyda berishi mumkin bo’lgan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqarishni amalga oshiradilar. Qisqacha xulosa qilib aytadigan bo’lsak bozor iqtisodiyoti sharoitida: a) foyda beradigan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqariladi. b) ‘uli bor, yuqori foyda olish imkonini beradigan haridorlar uchun ishlab chiqariladi. v) yuqori foyda olishni ta’minlaydigan, tejash imkonini beradigan texnika va texnologiya yordamida ishlab chiqariladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling