mezonlar bo‘yicha guruhlarga bo‘ladi. Ichkarida segmentlashda segmentlash jarayoni keng iste’molchi guruhlari bilan boshlanib, keyin tovar yoki xizmatlarni oxirgi iste’molchilari klassifikatsiyasiga bog‘liqligiga qarab bosqichma-bosqich chuqurlashadi. - Chuqurda segmentlash tor iste’molchi guruhlari (segmentlari) bilan boshlanib, keyin tovarni ishlatish va qo‘llanish sohasidan bog‘liqligiga qarab kengaytirishni nazarda to‘tadi.
- Avvaldan segmentlash maksimal bozor segmentini o‘rganishga mo‘ljallangan marketing tadqiqotining boshlangich bosqichidir.
- Yakuniy segmentlash – bozor muhiti sharoitlari va firmaning o‘z imkoniyatlarini tartibga solib o‘tkazishdagi bozor tahlilini yakunlovchi bosqichidir.
Geografik me’zonlar Geografik me’zonlar o‘zi ma’muriy chegaralanishini, yerni holatiga qarab bo‘linishini, iklimiy bo‘linishlarni o‘z ichiga kiritadi. Masalan, xaridor qaysi ma’muriy territorial chegarada ko‘proq joylashgan. Respublikamizda 13 ta territorial bo‘linmalar bor. Bu bo‘linmalar bir-biridan aholini zichligi, soni va ijtimoiy-iqtisodiy darajasi bo‘yicha farq qiladi. Aholining ham sotib olish imkoniyatlari har xil. Shuningdek, bu territorial bo‘linmalar yerning holatiga qarab ham bir necha guruhlarga bo‘linishi mumkin. Masalan, serhosil, sersuv vodiylar, yangi o‘zlashtirilgan yerlar, dasht, chul, yarim chul zonalari. Xaridorlarni segmentlarga bo‘lishda Respublikamizda hisobga olinishi zarur bo‘lgan belgilardan yana biri, aholini urbanizatsiya darajasidir. Yana hozirgi vaqtda respublika aholisining faqat 35-40 % igina shaharlarda yashaydi, qolgan 60-65 % aholi esa qishloqlarda yashaydi. Bu esa aholining tovarlarga bo‘lgan ehtiyojlarining xususiyatini aniqlashga ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |