Reja: Bronxit nima?


Download 26.44 Kb.
bet7/9
Sana01.05.2023
Hajmi26.44 Kb.
#1418728
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bronxit

Nomedikamentoz davo


Bolalarda bronxitni faqatgina dori preparatlari yordamida davolash mumkin deb oʻylasangiz adashasiz. Kasallikni butunlay asoratlarsiz davolash uchun bir qator chora tadbirlarga rioya etish zarur.
Bolalarda obstruktiv bronxitda hansirash yuzaga chiqqan vaqtda oʻpkalar orqali suyuqlik ajralib chiqishi ortadi, bunday holatda ham regidratatsiya chora tadbirlaridan foydalanish kerak.
Suyuqlik iliq boʻlishi lozim, issiq yoki qaynoq emas. Kisel, mors, sharbatlar, choy, iliq sut va naʼmatak damlamasi foydali hisoblanadi.
Bolalarda bronxit kuzatilayotgan boʻlsa – ular yotoq tartibiga rioya etishlari zarur, ammo qatʼiy tartibda emas. Chunki bir holatda uzoq muddat boʻlish oʻpkada balgʻam turib qolishi va dimlanishiga sabab boʻladi. Bolakaylar vaqti-vaqti bilan harakatda boʻlishlari tavsiya etiladi. Agar bolakay koʻkrak yoshida boʻlsa, uning holatini oʻzgartirib turish kifoya. Bemor umumiy ahvoli yaxshilansa toza havoda biroz sayr qilish ham ancha foydali.
Yana bir muhim jihat, bola joylashgan xona harorati – juda past yoki juda yuqori boʻlmasligi kerak. Optimal diapozon – +18 oC va +22 oC hisoblanadi. Juda yuqori harorati havoni quritib yuboradi va namlik kamayadi, bu esa bronxlarda yalligʻlanish jarayonini kuchaytiradi. Xonaning optimal namligi 50-70 % hisoblanadi, shu sababli xonani tez-tez shamollatib turish maqsadga muvofiq boʻladi.
Barchaga mashhur boʻlgan banka va gorchichnik (xantal qogʻoz)lardan foydalanish mumkinmi?
Hozirgi kunda shifokorlar bolalarda bronxit davosida ushbu muolajalardan foydalanish samarasi va zararsizligiga shubha bilan qarashmoqda. 5 yoshgacha boʻlgan bolalarda ularni qoʻllash tavsiya etilmaydi. Ayniqsa, banka va gorchichniklar (xantal qogʻoz) dan foydalanish bronxitning yiringli koʻrinishlarida umuman mumkin emas. Koʻkrak sohasini qizdirish yiringli jarayonning qoʻshni bronxlarga ham tarqalishiga olib keladi. Aynan mana shu sababli bronxit vaqtida issiq vanna va dush qabul qilishdan qaytariladi. Bronxit vaqtida oyoqlarni issiq vannalarda qizdirish, hamda nebulayzer ingalyatorlaridan foydalanish samaralidir.

Download 26.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling