Reja: Bronxit nima?


Download 26.44 Kb.
bet8/9
Sana01.05.2023
Hajmi26.44 Kb.
#1418728
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bronxit

Shifoxonda davolanish


Bronxitning bolalardagi eng xavfli asorati – bronxlar obstruksiyasi hisoblanadi. Bu kabi holatlarda bolalar albatta shifoxona sharoitida davolanadi. Ayniqsa, yurak yetishmovchiligi bor bolalar xavf guruhiga kiradi. Shifoxona sharoitida obstruktiv bronxit davosi oksigenoterapiya, nafas yoʻllaridagi shilliqni elektrootsos yordamida soʻrib olish, vena ichiga bronxlarni kengaytiruvchi preparatlar va adrenomimetiklar yuborish bilan olib boriladi.

Bronxit kasalligida diyeta


Bronxit vaqtida diyetaga rioya etish ham tavsiya etiladi. Ammo, ovqat mahsulotlari oqsil va vitaminlarga boy boʻlishi kerak, hamda ular bola tomonidan yengil oʻzlashtirilishi maqsadga muvofiq. Sut mahsulotlari va sabzavotlar ayniqsa foydali.

Bronxitda massaj


Bolalarda bronxitni davolash vaqtida ota-onalar mustaqil ravishda bolakaylarining koʻkrak qafasida massaj muolajalarini oʻtkazsalar boʻladi. Ammo, massaj faqatgina bolaning umumiy ahvoli yaxshilangandan keyin bajarilishi kerak. Massaj qilishdan maqsad bolakayda balgʻam koʻchishini ragʻbatlantirishdir va bu muolaja har qanday yoshdagilar uchun foydali hisoblanadi.
Muolajaning davomiyligi 3-5 daqiqa, bir kunda 3 marotaba bajarish tavsiya etiladi. Bolakayni gorizontal holatda orqa sohasini yengil qoʻllar harakati yordamida, yuqoridan pastga yoʻnaltirib massaj qilish lozim. Barmoqlar uchi bilan umurtqa pogʻonasi ham yengil massaj qilinadi.

Xalq tabobati


Xalq tabobati yordamida bronxitni davolash qadimdan maʼlum. Ammo, dorivor oʻsimliklardan foydalanishda shifokor tavsiyalariga rioya qiling! Chunki ayrim oʻsimliklar bolalarda allergik jarayonlarni qoʻzgʻatib yuborishi mumkin.
Xalq tabobati dorivor oʻsimliklardan foydalangan holda ularning damlamalaridan ichish, hamda ingalyatsiya uchun foydalanishni oʻz ichiga oladi. Bronxitda sutga asal qoʻshib ichish, sholgʻom sokiga asal qoʻshib ichish (quruq yoʻtalda), kalendula kabi oʻsimliklardan foydalanish ancha samaralidir.
Bronxtida balgʻam koʻchiruvchi oʻsimliklar damlamasi:

Download 26.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling