Reja: Bronxit nima?


Bolalarda oʻtkir bronxit davosi


Download 26.44 Kb.
bet5/9
Sana01.05.2023
Hajmi26.44 Kb.
#1418728
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Bronxit

Bolalarda oʻtkir bronxit davosi


Bronxitni davolash – uzoq muddat davom etuvchi qiyin jarayondir. Har qanday holatda ham malakali shifokor tavsiyalari kerak boʻladi, chunki kasallikning turli koʻrinishlarida oʻziga xos davo muolajalaridan foydalanishga toʻgʻri keladi. Davo muolajalari ham oʻz navbatida har xil boʻladi: etiotrop – kasallik keltirib chiqaruvchi omilni yoʻqotish (virus yoki bakteriya), simptomatik davo – bola hayotiga xavf soluvchi belgilarni bartaraf etish, obstruktiv bronxit va bronxiolit holatida shifoxonada davolanish taviya etiladi.

Bronxitning etiotrop davosi


Virus sababli kelib chiqqan bronxit odatda – etiotrop davolanmaydi. Ammo, gripp virusi qoʻzgʻatgan bronxit arbidol, relenza yok tamiflyu kabi preparatlardan foydalansa boʻladi. OʻRVI infeksiyasi rinovirus, adenovirus, paragripp virusi) chaqirgan bronxit etiotrop davosi mavjud emas, shu sababli kasallik koʻpincha simptomatik davolanadi. Baʼzi hollarda shifokor tomonidan – immun tizimi ishini kuchaytiruvchi vositalar buyurilishi mumkin. Ammo, bu kabi preparatlar qatʼiy ravishda shifokor tomonidan buyuriladi, chunki bu vositalarning nojoʻya taʼsirlari ham bor.
Bakterial bronxitda odatda antibiotiklar qoʻllaniladi. Antibiotik turi kasallikni keltirib chiqargan qoʻzgʻatuvchi turiga qarab tanlanadi. Antibiotiklarni oʻz boshimchalik bilan mustaqil ravishda qoʻllash mumkin emas, bronxitga sabab virus yoki allergik bronxitda antibiotiklarning hech qanday samarasi boʻlmaydi, aksincha organizmga salbiy taʼsir etishi mumkin. Bronxitni davolashda koʻpincha penitsillin va tetratsiklin guruhi antibiotiklari, makrolidlar, sefalosporinlar (amoksisillin, amoksiklav, eritromitsin) qoʻllanilishi mumkin. Kasallikning yengil koʻrinishlarida antibiotiklarning tabletka shakllari buyuriladi. Ogʻir koʻrinishdagi bronxit, ayniqsa kichik yoshdagi bolalarda kuzatilganda antibiotiklar parenteral yuboriladi.
Antibiotiklarning samarasi bolaning umumiy ahvoli yaxshilanishi, belgilarning kamayishi va tana harorati tushishi bilan namoyon boʻladi. Aksincha holatlarda antibiotik turi oʻzgartiriladi. Oʻtkir bronxitda antibiotik terapiya muddati 1 hafta va surunkali koʻrinishda 2 haftani tashkil etadi.
Allergik bronxitning etiologik davosi – bronxitga sabab boʻlayotgan allergenni organizmga taʼsirini cheklashdan iborat, masalan chang, hayvon yungi, oʻsimliklar, hasharotlar zahri, kimyoviy moddalar va boshqalar.

Download 26.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling