Reja: Budjet ashktlotlarining xarajatlar xisobi to’g’risida umumiy tushuncha


Download 124 Kb.
bet2/6
Sana08.01.2022
Hajmi124 Kb.
#253652
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
buxgal mustaqil 7 2

Mao rif sohasida:

  • kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar, bolalar uylari;

  • umumtaihn maktablari, gimnaziyalar, litseylar, maktablararo o`quv-ishlab chiqarish kombinatlari - o`quvchilar kontingenti 400 kishidan kam boimasa;

  • intematlar - o`quvchilar kontingenti 200 kishidan kam boimasa;

  • maktabgacha tarbiya muassasalari - bolalar kontingenti 350 kishidan kam bo`lmasa;

  • viloyat va tuman (shahar) ahamiyatiga molik maktabdan tashqari muassasalar;

Sog 'liqni saqlash sohasida:

bolalar uylari, bolalar sanatoriylari, kattalar uchun sil

kasalliklari sanatoriylari;



  • tajriba tariqasida ochilgan qishloq vrachlik punktlari.

Izoh: O`zbekistoRespublikasi Prezidentining 2007-yil, 26fevral "Xalq talimi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish to`g`risida"gi Farmoni ijrosini ta'minlash doirasida barcha turdagi ta lim muassasalariga ularning kontingentidan (o'quvchilar, bolalar, tarbiyalanuvchilar sonidan) qat`i nazar yuridik shaxs maqomi berildi.

Budjet tashkilotlari bo'ysunuviga ko`ra respublika budjeti va mahalliy (viloyat, tuman, shahar) budjetlardan mablag' bilan ta'minlanadi, ularning joriy faoliyati budjet tashkilotlarini mablag` bilan ta'minlashning o`rnatilgan tartibiga asosan moliyalashtiriladi, bunda yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan tashkilotlar mustaqil ravishda o`z moliyaviy rejalarini xarajatlar smetasi shaklida qonunchilik bilan belgilangan tartibda ishlab chiqadi.



Xarajatlar smetasi - budjet tashkilotining unga ajratilgan budjet mablag`larining hajmi, maqsadli yo`nalishi va yil choraklari (har bir chorakning oylari) bo`yicha taqsimlanishini belgilab beruvchi asosiy moliyaviy hujjati.

O`zbekistoRespublikasi Moliya vazirining 2010-yil, 29-

oktabrdagi 92-son buyrugi bilan tasdiqlanib, O`zbekistoRespublikasi Adliya vazirligida 2010-yil, 19-

noyabrda 2157-son bilan ro`yhatga olingan "O`zbekistoRespublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko`rib chiqish, tasdiqlash va ro`yxatdan o`tkazish tartibi to’g’risida Nizom”ga muvofiq, budjet tashkilotlarida smetalarning quyidagi turlari amalda qo`llaniladi (5.2-rasm):

- yakka (individual) smetalar; ~ jamlanma smetalar;

budjetdan tashqari mablag`lar bo`yicha smetalar; - markazlashgan tadbirlar uchun smetalar.



Yakka smetalar yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan alohida olingan muassasa bo`yicha tuziladi. Masalan, muayyan hududda (tuman yoki shaharda) joylashgan yuridik shaxs maqomida faoliyat yurituvchi davlat sogiiqni saqlash muassasasi (kasalxona, qishloq vrichlik punkti, ixtisoslashgan dispanser va sh.k.) mustaqil ravishda budjetdan to`lanishi ko`zda tutilgan o`z xarajatlarini yakka smeta asosida rejalashtiradi.

Jamlanma smetalar yuridik shaxs maqomiga ega boimagan va tegishli davlat boshqamv organlari huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalan tomonidan xizmat ko`rsatilayotgan tashkilotlar bo`yicha tuziladi (masalan, tuman madaniyat bo`limiga qarashli markaziy kutubxonalar tizimi bo`yicha).

O`zbekistoRespublikasi Budjet Kodeksida keltirilishicha, "jamlanma xarajatlar smetasi - budjet mablag`larini taqsimlovchi tomonidan uning tasarrufidagi budjet tashkilotlarining va budjet mablaglari oluvchilarning xarajatlar smetalari asosida tuziladigan xarajatlar smetasi" hisoblanadi.

"Yuridik shaxs maqomiga ega boimagan va tegishli davlat boshqa-ruv organlari (bosh bo`linma sifatidagi budjet tashkiloti) huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko`rsatilayotgan tashkilotlar bo`yicha quyidagi alohida hollarda jamlanma xarajatlar smetasi tuzilishi mumkin:


  • bir turdagi kichik tashkilotlar bo`yicha - veterinar uchastkalar va punktlar hamda boshqa tashkilotlar bo`yicha;

  • bir turdagi yirik tashkilotlar bo`yicha, qachonki ularga xo`jalikxizmatlarini ko`rsatish xo`jalik xizmatlarni ko`rsatuvchi maxsus guruhlar orqali markazlashtirilgan holda amalga oshirilsa;

  • fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari bo`yicha; ozodlikdan mahrum etilgan joylardan qaytgan shaxslarga ijtimoiy moslashuv markazlari hamda voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko`rsatish markazlari bo`yicha."


Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling