Reja: Budjet ashktlotlarining xarajatlar xisobi to’g’risida umumiy tushuncha


Download 124 Kb.
bet5/6
Sana08.01.2022
Hajmi124 Kb.
#253652
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
buxgal mustaqil 7 2

/ guruh - Ish haqi va unga tenglashtirilgan to 'lovlarga quyidagi xarajat turlari kiradi:

  • "Ishhaqi";

  • "Ta`lim muassasalarining o`rnak ko`rsatgan xodimlarini rag`batlantirish Direktor fondi mablag`lari" (umumta`lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda); - Stipendiyalar.

Umuman olganda, budjet taslikilotlari xodimlari ish haqini hisoblashda ular mehnatiga haq to`lashning Yagona Tarif Setkasi (YaTS) qo`llaniladi. YaTS Oczbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan o`rnatiladi. U 22 ta razraddan va har bir razrad uchun o`rnatilgan tegishli tarif koeffitsiyentlaridan iborat. Yagona Tarif Setkasi qonunan o`rnatilgan eng kam ish haqi miqdoriga asoslanadi va budjet tashkilotlari xodimlari lavozim okladlarini aniqlash uchun qoilaniladi. Ayrim tarmoqlar uchun esa mehnatga haq to`lashning tarmoq setkasi qoilaniladi. Masalan, oliy taiim muassasalari, xalq ta`limi muassasalari, sogiiqni saqlash davlat tashkilotlari uchun ular xodimlari mehnatining xususiyatidan kelib chiqqan holda haq to`lashning tarmoq setkalari ishlab chiqilgan.

// guruh ~ "Ish haqiga ustamalar" (Ish beruvchilarning ajratmalari):

Bu guruhda mehnat haqi fondiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan yagona ijtimoiy to`lov summasi aks ettiriladi. Xarajatlar hisoblab chiqilgan mehnat haqi fondi summasiga nisbatan o`rnatilgan foizlarda hisoblanadi. 2014-yil uchun yagona ijtimoiy to`lov miqdori mehnat haqi fondiga nisbatan 25 foiz qilib belgilangan1.



III guruh - "Kapital qo`yilmalar" guruhi bo`yicha xarajatlar Davlat investitsiya dasturida nazarda tutilgan aniq ro`yhatlarga muvofiq alohida tarzda rejalashtiriladi. Bu xarajatlar alohida budjet tashkilotining smetasida rejalashtirilmaydi.

IVguruh - "Boshqa xarajatlar" tarkibiga quyidagi xarajat turlari va ularga mos xarajat kodlari kiradi:

  • "Xizmat safar xarajatlari"

  • "Kommunal xizmatiarni to`lash xarajatlari"

  • "Telefon, telekommunikatsion va axborot xizmatlari xarajatlari"

  • "Joriy ta'mirlash xarajatlari"

  • "Saqlash, ekspluatatsion xarajatlar va boshqa xizmatlarni to`lash xarajatlari"

  • "Texnika, uskunalar, joriy maqsadlardagi boshqa buyumlami va oziq-ovqat mahsulotlarmi sotib olish xarajatlari" - "Boshqajoriy xarajatlar".

IV guruh moddalari bo`yicha xarajatlarni rejalashtirish va hisob-kitob qilishning eng umumiy boigan o`ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • amaldagi narxlar va tariflar asosida hisoblab chiqariladi;

  • natural shaklda ajratilgan limitlar asosida aniqlanadi;

  • hisoblagichlarning ko`rsatkichlan bo`yicha o`tgan yildagi haqiqiy xarajatlar inobatga olinadi;

  • har bir birlik uchun o`rnatilgan xarajat me`yorlariga rioya etiladi;

  • energoyoqilgi va boshqa resurslami iqtisod qilish rejimiga rioya etiladi.

Xulosa qilib aytganda, keyingi yillarda budjet amaliyotidagi o^zgarishlar, "Davlat budjetining g’azna ijrosi to`g;risida"gi Qonun-ning qabul qilinishi va budjet tashkilotlari xarajatlarini moliyalashtirish mexanizmining o`zgarishi munosabati bilan amaldagi 414-son Qarorga 2007-yil, 19-iyul 148-son Vazirlar Mahkamasining Qarori bilan qator o`zgartirishlar kiritilishi, 2007-son "Davlat budjetining g’azna ijrosi Qoidalari"ning qabul qilinishi, 2157-son "O`zbekistoRespublikasi Davlat budjetida turuvchi tashkilotlarning xarajatlar smetasi va shtatlar jadvalini tuzish, ko`rib chiqish, tasdiqlash va ro`yhatdan o`tkazish tartibi to’g’risida Nizom"ning kuchga kirishi, 2013-yilda O`zbekistoRespublikasi Budjet Kodeksining qabul qilinishi bilan budjet tashkilotlari xarajatlarini rejalashtirish va to`lovlarini amalga oshirish tartiblari tubdan o`zgardi. Ushbu hujjatlarga muvofiq, g’azna ijrosiga o`tgan budjet tashkilotlarining xarajatlari Moliya vazirligining g`aznachiligiva uning hududiy bo`linmalari tomonidan yagona g’azna hisob raqamidan, shuningdek, smetada ko`rsatilgan xarajatlar guruhiarining har bir moddasi bo`yicha g’aznachilik hisob raqamidan amalga oshiriladi. Bu tadbirlar budjet tashkilotlari xarajatlarini to`lovlari va oqilona rejalashtirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish, mablag`larni iqtisod qilish, budjetdan tashqari mablag`larni jalb qilishga yangicha talablarni qo'ymoqdaki, ushbu talablar budjetdan moliyalashtirish, budjet tashkilotlarida moliyaviy rejalashtirish va xarajatlar smetasini tuzish hamda ijro etish jarayonlarini chuqurroq o4rganishni talab etadi.


Download 124 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling