Reja: Budjet mablag'larini tasarruf qiluvchilar va davlat budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish


Kassani taftish qilish va kassa intizomiga rioya etilishini nazorat qilish


Download 212 Kb.
bet13/15
Sana17.06.2023
Hajmi212 Kb.
#1521178
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
1515124703 69819

Kassani taftish qilish va kassa intizomiga rioya etilishini nazorat qilish
Budjet tashkilotining rahbari tomonidan belgilangan muddatlarda, ayni paytda har chorakda kamida bir marta har bir budjet tashkilotida kassa to' satdan taftish qilinib, kassadagi barcha pul va boshqa qiymatliklar
birma-bir sanaladi va tekshiriladi. Kassada taftish o'tkazish uchun budjet tashkiloti rahbarining buyrug'i bilan komissiya tayinlanadi va bu komissiya dalolatnoma tuzadi. Taftish natijasida kassadagi kamomad yoki ortiqchalik aniqlansa, kamomad yoki ortiqcha summa miqdori va ular vujudga kelgan vaziyatlar dalolatnomada ko'rsatiladi.
Kassada ortiqchalik aniqlanganda bu summa kassaga kirim qilinadi. Kassani tekshirish jarayonida aniqlangan ortiqchalik kirim qilinganida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi: Debet 120 - «Kassa» subschyoti;
Kredit 140 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitob» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 293-«Tebhirish natijalari bo'yicha aniqlangan matehallar va moddiy qiymatliklarning ortiqchalari bo‘yicha kelib tushgan summalar» subschyoti) yoki Kredit 230 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun moliyalashtirish» subschyoti (G'aznachilikka o'tish sharoitida: 293-«Tekshirish natijalari bo'yicha aniqlangan materiallar va moddiy qiy­matliklarning ortiqchalari bo'yicha kelib tushgan summalar» subschyoti). Kassada kamomad aniqlanganda, bu summa kassiming hisobiga qo'yiladi. Kassada kamomad aniqlanganida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 170 - «Kamomadlarga doir hisob-kitoblar» subschyoti; Kredit 120 - «Kassa» subschyoti.
Yuqori tashkilotlar tasarrufidagi barcha tashkilotlarda hujjatli taftishlar o'tkazayotgan vaqtda majburiy tartibda kassani taftish qiladilar va kassa intizomiga rioya etilishini tekshiradilar. Taftish o'tkazilayotgan vaqtda pul va qiymatliklarning but saqlanishini ta’minlash masalasiga e’tiborberishlozimbo'ladi.
Kassa intizomining buzilishida aybdor bo'lgan shaxslar amaldagi qonunlarda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. Kassa intizomiga rioya etish uchun javobgarlik budjet tashkilotlarining rahbarlari, bosh buxgalterlari, moliya xizmati rahbarlari hamda kassirlar zimmasiga yuklanadi.
Bank muassasalari budjet tashkilotlari tomonidan amaldagi kassa operatsiyalarini yuritish qoidalariga qanday rioya qilinayotganligini
tekshiradilar. Budjet tashkilotlarida kassa operatsiyalarini yuritish qoidalariga rioya etilishini tekshirish tegishli moliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ichki ishlar organlari o'z vakolatlari doirasida kassalar va kassa tarmoqlarining texnik jihatdan mustahkamligini, pul va qiymatliklami but saqlash uchun shart-sharoitlar yaratilganligini tekshiradilar. Ularning o‘g‘rilik sodir etilishiga imkon beruvchi sabablar va sharoitlaming oldini olishga doir ko‘rsatmalari bajarilishi shart.

Download 212 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling