Budjet tashkilotlarida moliyalashtirish,
pul mablag‘lari va xarajatlar hisobi
Reja:
1. Budjet mablag'larini tasarruf qiluvchilar va davlat budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish
2. Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarida moliyalashtirish hisobi
3. Qoraqalpog'iston respublikasi davlat budjetida va mahalliy budjetlarda turuvchi budjet tashkilotlarida moliyalashtirish hisobi
4. Budjet tashkilotlarida pul mablag'lari hisobi
5. Budjet tashkilotlarida kassa operatsiyalari hisobi
6. Budjet tashkilotlarida xarajatlarhisobi
1. Budjet mablag'larini tasarruf qiluvchilar va davlat budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish
0‘zining ixtiyoriga maqsadli tayinlanishi bo'yicha sarflash uchun budjetdan mablag‘lar olgan tashkilotlarning rahbarlari budjet mablag'larini tasarruf qiluvchilar, deb hisoblanadi. Budjet mablag'-larini tasarmf qiluvchilar, ularga berilgan huquqlar, mas’uliyatlar va majburiyatlarning hajmiga qarab, Respublika budjeti bo'yicha uch (bosh, ikkinchi, uchinchi) darajaga, mahalliy budjetlar (Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar budjetlari) bo'yicha esa ikki (bosh, uchinchi) darajaga bo'linadi.
Respublika budjeti, shuningdek Qoraqalpog'iston Respublikasi budjeti bo'yicha vazirlar va boshqa markaziy muassasalaming rahbarlari budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilar, deb hisoblanadi. Mahalliy budjetlar bo'yicha hokimiyatlar bo'limlarining rahbarlari budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilar deb hisoblanadi.
O'z tasarrufida muassasalar va tashkilotlar bo'lgan muassasalar va tashkilotlar (bosh muassasalar, boshqarmalar, idoralar va boshqalar) ning rahbarlari budjet mablag'larini ikkinchi daraja tasarruf qiluvchilari jumlasiga kiradi. Ular budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilarga to'g'ridan-to'g'ri bo'ysunadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |