Reja: Budjet mablag'larini tasarruf qiluvchilar va davlat budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish


Respublika budjetidan moliyalashtirish bo yicha budjet mablag larini bosh tasarruf qiluvchining buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkalari tuziladi


Download 212 Kb.
bet6/15
Sana17.06.2023
Hajmi212 Kb.
#1521178
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1515124703 69819

Respublika budjetidan moliyalashtirish bo yicha budjet mablag larini bosh tasarruf qiluvchining buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkalari tuziladi:
1) respublika budjetidan budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchini
saqlashga moliyalashtirish olinganida budjet mablag'larini bosh tasarruf
qiluvchining buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi
tuziladi:
Debet 090 - «Respublika budjeti bo'yicha tashkilot xarajatlari uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti;
Kredit 230 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirish» subschyoti.
2) respublika budjetidan tasarrufdagi tashkilotlarga o'tkazib berish
uchun moliyalashtirish amalga oshirilganida budjet mablag'larining
bosh tasarruf qiluvchi buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya
provodkasi tuziladi:
Debet 091 - «Respublika budjeti bo'yicha tasarrufidagi tashkilotlarga o'tkazib berish va boshqa tadbirlarlar uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti;
Kredit 230 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirish» subschyoti.
3) respublika budjetidan kapital qo'yilmalar xarajatlari uchun
moliyalashtirish olinganida budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchining
buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi tuziladi:
Debet 093 - «Respublika budjeti bo'yicha kapital qo'yilmalar uchun talab
qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti; (Credit 231 - «Kapital qo'yilmalami budjetdan moliyalashtirish» subschyoti.
4) respublika budjetidan o'z tasarmfidagi tashkilotlarga moliya-
lashtirish o'tkazib berilganida budjet mablag1larining bosh tasarruf
qiluvchi buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provodkasi
tuziladi:
Debet 140 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 091 - «Respublika budjeti bo'yicha tasarmfidagi tashkilotlarga o'tkazib berish va boshqa tadbirlar uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti.
5) budjet mablag‘larini bosh tasarruf qiluvchi, respublika budjetidan
kapital qo'yilmalar bo'yicha xarajatlarga, tasarrufdagi tashkilotlarga
moliyalashtirish o'tkazib berilganida budjet mablag'larining bosh
tasarruf qiluvchi buxgalteriya xizmatida quyidagi buxgalteriya provod­
kasi tuziladi:
Debct 143 -«Kapital qo'yilmalami budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti;
Kredit 093 - «Respublika budjeti bo'yicha kapital qo'yilmalar uchun talab qilib olgunga qadar depozit hisobvarag'i» subschyoti.

Download 212 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling