Reja: Budjet mablag'larini tasarruf qiluvchilar va davlat budjetidan xarajatlarni moliyalashtirish
Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarida moliyalashtirish hisobi
Download 212 Kb.
|
1515124703 69819
- Bu sahifa navigatsiya:
- Alohida tadbirlarga budjet bo ‘yicha tasdiqlangan xarajatlar summalari budjet mablag‘lari yoki ajratmalari deb ataladi.
2. Respublika budjetida turuvchi budjet tashkilotlarida moliyalashtirish hisobi
Budjet tashkilotlari bevosita respublika budjetidan yoki mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladi. Budjetdan moliyalashtirish tasdiqlangan smetalarga muvofiq xarajat qilish uchun tashkilotlarga davlat mablag'i berilishini anglatadi. Budjetdan xo'jalik yurituvchi subyektlarga va budjet tashkilotlariga faqat budjet bo'yicha tasdiqlangan summalar doirasidagina mablag' beriladi. Alohida tadbirlarga budjet bo‘yicha tasdiqlangan xarajatlar summalari budjet mablag‘lari yoki ajratmalari deb ataladi. Tashkilotlami budjetdan moliyalashtirish bank muassasalari orqali amalga oshiriladi. Budjetdan moliyalashtirish deganda budjet mablag'larini tasarruf qiluvchilarga budjet bo'yicha tasdiqlangan xarajatlarga budjetdan mablag1 berilishi tushuniladi. Respublika budjetida turuvchi budjet mablag'larini ikkinchi darajadagi tasarruf qiluvchilar budjet mablag'larini uchinchi darajadagi tasarruf qiluvchilarga budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilar amalga oshirgan tartibda o'tkazishni amalga oshiradi. Budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilar moliyalashtirishni hisobga olish uchun birinchi tartibli (sintetik) 23-«Moliyalashtirish» schyotini qo'llaydi. Bu birinchi tartibli (sintetik) schyot quyidagi ikkinchi tartibli schyotlarga (subschyotlarga) bo'linadi: 230 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirish» subschyoti; - «Kapital qo'yilmalami budjetdan moliyalashtirish» subschyoti; - «Boshqa budjetlar hisobidan moliyalashtirish» subschyoti; 236 - «Bolalar tashkilotini saqlashga ota-onalaming mablag'lari» subschyoti; 238 - «Tashkilotni saqlashga boshqa mablag'lar» subschyoti. Budjet mablag'larini ikkinchi va uchinchi darajadagi tasarruf qiluvchilar moliyalashtirish hisobi uchun birinchi tartibli 14-«Moliya-lashtirishga doir idoralar ichidagi hisob-kitoblar» schyotini qo'llaydi. Bu birinchi tartibli schyot quyidagi ikkinchi tartibli schyotlarga (subschyotlarga) bo'linadi: 140 - «Tashkilot xarajatlari va boshqa tadbirlar uchun budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti; 142 - «Boshqa budjetlar hisobidan moliyalashtirishga doir hisob- kitoblar» subschyoti; 143 - «Kapital qo'yilmalami budjetdan moliyalashtirishga doir hisob-kitoblar» subschyoti. Yuqorida keltirilgan moliyalashtirish hisobi bo'yicha barcha subschyotlar passiv subschyotlardir. Bundan tashqari, 140-subschyotda budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluvchilar va budjet mablag'larini ikkinchi daraja tasarruf qiluvchilar tasarrufidagi tashkilotlami moliya-lashtirish bo'yicha hisob-kitoblami olib boradi. Bu holda 140-subschyot aktiv subschyot funksiyasini bajaradi. Demak, 140-subschyot budjet mablag'larini bosh tasarruf qiluv-chilarda aktiv subschyot sifatida, budjet mablag'larini ikkinchi daraja tasarruf qiluvchilarda esa bu subschyot budjet mablag'larini yuqori tasarruf qiluvchidan olingan moliyalashtirish qayd qilinganda passiv subschyot sifatida va tasarrufidagi tashkilotlami moliyalashtirish qayd qilinganda esa aktiv subschyot sifatida qo'llaniladi. Budjet mablag'larini uchinchi daraja tasarruf qiluvchilarda 140-subschyot faqat passiv subschyot sifatida qo'llaniladi. Download 212 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling