- Nonning sifat ko‘rsatkichlari
- Kundalik turmushimizni nonsiz tasavvur etish mushkul. Zero, non biz uchun farovonlik, tinchlik va fayzu baraka timsolidir. Shu sababli ham xalqimiz azal-azaldan nonni e’zozlab, non bilan bog‘liq qadimiy udum, an’ana va odatlarimizni hanuzgacha davom ettirib kelmoqda. Darhaqiqat, arxeologlar ma’lumotiga ko‘ra, eramizdan XX asr muqaddam topilgan bug‘doy donlari eng avvalo o‘rta Osiyo hududiga to‘g‘ri keladi. O‘rta Osiyo xalqlarining turli xilda yopilgan nonlari, chureklari va bo‘g‘irsoqlari juda ommalashib ketgan.
- Bugungi kunda yurtimizda xilma-xil assortimentda non turlari ishlab chiqarilib iste’molchilarga tortiq qilinmoqda. Bu esa nonning kimyoviy tarkibi, foydaliligi, parhezlik xususiyatlari, energiya berish qobiliyati biologik qiymati xilma-xilligidan dalolatdir. Ko‘pchilik holatlarda ninning iste’mol xususiyatlari ishlatiladigan xom ashyolar turi va non tayyorlash texnologiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
- Shu sababli tabarruk ne’mat hisoblangan nonning sifatini baholash ham boshqa oziq-ovqat tovarlarining sifatini baholash singari iste’molchi talabidan kelib chiqadi.
- Nonlar sifati bo‘yicha tegishli standartlar va me’yoriy-texnik xujjatlar talablariga javob berishi kerak.
- Non zavodlaridan savdo tarmoqlariga yuborilgan nonlar son va sifati bo‘yicha qabul qilinadi. Son bo‘yicha qabul qilinganda donabay sotiladigan nonlar donalab sanaladi, tarozida tortib sotiladigan nonlarning esa massasi o‘lchanadi. Shundan so‘ng son jihatidan qabul qilingan nonlarning organoleptik ko‘rsatkichlari aniqlanadi. Ba’zi hollarda esa fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari ham aniqlanishi mumkin. Nonlarning sifatini organoleptik ko‘rsatkichlarisiz tasavvur qilish qiyin. Shu sababli nonlarning sifatini aniqlashda shu ko‘rsatkichlarga alohida e’tibor beriladi.
- Nonlarning organoleptik ko‘rsatkichlari. Organoleptik ko‘rsatkichlarga nonlarni ko‘z bilan ko‘rib va ularni degustatsiya qilib aniqlanadigan ko‘rsatkichlar kiradi. Shulardan biri nonning tashqi ko‘rinishi hisoblanadi.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |