Reja: Byudjet munosabatlarining qonuniy-huquqiy asoslari, byudjet
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, mazmuni va ahamiyati
Download 96.85 Kb.
|
25 m
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy qi sm Maxsus qism
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi, mazmuni va ahamiyatiMa‘lumki, byudjet qonunchiligini yanada rivojlantirish va takomillashtirish asosida byudjet faoliyatini rivojlantirish davlat moliyasini boshqarish tizimini isloh qilishning asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. 2000 yil 14 dekabrda ―Byudjet tizimi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinganidan beri o’tgan davr mobaynida byudjet tizimi amaliyotida bir qator o’zgarishlar sodir bo’ldi, ular: davlat byudjeti ijrosi g’aznachilik tizimining joriy etilishi; bir qator davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa nobyudjet fondlarining tuzilishi va amal qilishi; byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari qo’shimcha mablag’larni jalb qilish manbalarining kengayishi va ular ustidan nazoratni yaxshilash zarurligi; byudjet tasnifi, byudjet hisobi va hisoboti tizimining takomillashuvi; yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining qabul qilinishi va amalga kiritilishi va boshqa holatlar bilan bog’liq bo’lib, byudjet qonunchiligini yanada takomillashtirish zarurligini taqozo etdi. Natijada amaldagi ―Byudjet tizimi to’g’risidagi hamda ―Davlat byudjetining g’azna ijrosi to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasi Qonunlarida belgilangan normalar mukammal tarzda qayta ishlangan holda Byudjet Kodeksida o’z aksini topdi. Byudjet tizimidagi islohotlar doirasida 2014 yildan boshlab amalga kiritilgan yangi Byudjet Kodeksi davlat moliyasini boshqarishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash, byudjet siyosatining ustuvorliklarini belgilab olish, byudjet mablag’laridan foydalanish samaradorligini oshirish va davlat xizmatlarini taqdim etish sifatini oshirishga qaratilgan. BYUDJET KODEKSI Umumiy qism Maxsus qismByudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida qo‘llaniladigan yangi tushunchalar belgilangan 1-bob O‘rta muddatli byudjetlashtirishni joriy etish uchun asos yaratilgan va byudjetdan mablag‘ ajratishning natijalar bilan bog‘liqligini ta‘minlaydigan dasturiy byudjetdashtirish vositalari joriy etilgan 16-bob Byudjet tizimining yangi prinsiplari kiritilgan 2-bob Favqulodda byudjet tushunchasi joriy etilgan va uni shakllantirish shartlari belgilangan 17-bob Yangi byudjet tasnifi tushunchasi, tarkibi va asosiy prinsiplari belgilangan 3-bob Byudjet jarayoni ishtirokchilarining vakolatlari konsolidatsiyalashtirilgan va belgilangan 4-bob Byudjet tashkilotlarining xarajatlari smetalari va byudjet mablag‘larini taqsimlovchilar xarajatlarining yig‘ma smetalarini tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazishning yangi tartibi joriy etilgan 18-bob ―Byudjet tizimi to‘g‘risida va ―Davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risida‖gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari bilan tartibga solingan byudjetlarni ijro etish normalari va tartiblari konsolidatsiya- lashtirilgan va kelishilgan. Quyi byudjetlar daromadlari prognozining ortiqcha bajarilgan summasini yuqori turuvchi byudjetga markazlashtirishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risidagi norma joriy etilgan 19-bob Davlat maqsadli jamg‘armalarini shakllantirish va ulardan foydalanishning byudjet jarayoni bilan umumiy kelishilgan normalari belgilangan 6-bob Konsolidatsiyalashtirilgan byudjetning maqsadlari va tarkibi belgilangan 7-bob Byudjet to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish hollari tasniflangan 28-BOB Davlat moliyaviy nazoratini amalga oshirishning davriyligi va muddatlari belgilangan 27-bob Davlat byudjeti va DMJlar ijrosi Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangandan keyin, bu bo‘yicha axborotni Moliya vazirligining rasimy saytida joylashtirish haqida norma kiritilgan 25-bob Byudjet hisobi standartlarini joiy etishga asos yaratildi 24-bob O‘zgartirishlar kiritish tartiblari soddalashtirilgan va ularning miqdorlari aniqlangan 21-bob Byudjet transfertlarining barcha turlari, shu jumladan, o‘zaro hisob-kitoblar aks ettirilgan 20-bob Turli darajalardagi byudjetlarning xarajatlari idoraviy bo‘ysunish mezoni asosida chegaralangan 13- bob Download 96.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling