Reja: Byudjet tashkilotlarida xodimlar bilan hisoblashuvlar hisobi
Download 265.79 Kb.
|
Byudjet tashkilotlarida xodimlar va stipendiya oluvchilar bilan hisoblashuvlar hisobi.
Asosiy ish haqiga xodimlarni ishlagan vaqti, bajargan ishining miqdori va sifatiga asosan hisoblangan ish haqi, tarif stavkalari, okladlar, mukofotlar, asosiy ish vaqtidan tashqari ishlagan ish vaqtiga hisoblangan qo‘shimcha ish haqi, ishchi aybiga bog‘liq bo‘lmagan holda turib qolishlarga hisoblangan ish haqi va shu kabi boshqalar kiradi. Qo‘shimcha ish haqi, bu mehnat qonunchiligida ko‘zda tutilgan ishchining ishlamagan ish vaqti uchun hisoblangan ish haqidir. Bunga ishchining mehnat ta’tili uchun hisoblangan ish haqi, voyaga yetmaganlar, o‘smir yoshlar, ayollar va boshqalar uchun imtiyozli ish vaqti uchun hisoblangan ish haqi, ishdan bo‘shashi munosabati bilan hisoblangan nafaqa va boshqalar kiradi Mehnatga haq to‘lashning ikkita shakllari mavjud: ishbay va vaqtbay. Mehnat haqini hisoblashning ishbay shaklida ish haqi - ishlab chiqarilgan mahsulotning hajmi, sifati, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar hajmiga ko‘ra hisoblanadi. Mehnat haqini hisoblashning vaqtbay shaklida mehnat haqi ishlangan ishsoatlariga muvofiq, shtatlar jadvalidagi tarif stavkalariga asoslangan holda hisoblanadi. Tarif setkasi - bu razryadlar va ularga tegishli bo'lgan tarif koeffitsientlari ko‘rsatiladigan hujjatlardir. Bunda razryad ortgan sari tarif koeffitsienti ham ortib boradi. Tarif stavkasi-ishchining razryadga muvofiq unga ma’lum vaqt birligi (soat, kun) uchun to‘lanadigan haq miqdorini aniqlaydi. Odatda tarif stavkasi birinchi razryad uchun belgilanadi, qolgan razryadlar uchun esa birinchi razryad tarif stavkasini qolgan razryadlar tarif koeffitsientiga yo'naltirish yo‘li bilan aniqlanadi. Xodimning mehnat haqini topish uchun razryad bo'yicha tarif koeffitsientini eng kam ish haqi miqdoriga ko'paytirish orqali aniqlanadi. Mehnatga haq to'lashning yagona tarif setkasi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Budjet tashkilotlarida asosan vaqtbay asosida ish haqi to'lanadi. Bunda har qaysi budjet tashkiloti namunaviy shtatlar jadvaliga asoslanib shtat birliklarini shakllantiradi va belgilangan tartibda razryadlarini qo'yib oylik ish haqini (okladlarini) hisoblaydi va shtatlar jadvalini shakllantiradi. Hozirda budjet tashkilotlarida shtatlar jadvaliga kiritilgan ba’zi lavozimlar bo'yicha qonunchilikka asosan belgilangan oylik ish haqlari tayinlanadi. Budjet tashkilotlarida “Budjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag'batlantirish maxsus jamg'armasi to'g'risida yo'riqnoma” (O'z.R AV. tomonidan 1995-yil 20-sentabrda № 177-son bilan ro'yxatdan o'tgan) asosan oylik ish haqiga nisbatan 15 foiz miqdorida xodimlarini moddiy rag'batlantirish maxsus jamg'armasi tashkil etiladi va ushbu nizom talablari bo'yicha mukofot, moddiy rag'batlantirish ko'rinishida sarflanadi. Budjet tashkilotlarida vaqtbay asosida ish haqi hisoblanishida tasdiqlangan ish vaqtini hisobga olish tabeliga asoslanadi. Ish haqi hisoblash uchun shtatlar jadvalida belgilangan oylik ish haqini haqiqatda ishlagan ish kunlariga bo'lish yo'li bilan aniqlanadi. Budjet tashkilotlarida ishlovchi xodimlar ish haqiga qo'shimcha to'lovlar (moddiy rag'batlantirish va boshqalar) xodimlarini moddiy rag'batlantirish maxsus jamg'armasi hisobidan yokiDownload 265.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling