Reja: Cheklovchi omillar haqida tushuncha


Download 75 Kb.
bet2/2
Sana13.11.2023
Hajmi75 Kb.
#1771766
1   2
Bog'liq
O\'simliklar genetik muhandisligi imkoniyatlar va cheklovchi omillar

Gidatofitlar — bu guruhga hayoti doimo suvda o`tuvchi o`simliklar, ya`ni suv o`tlari kiradi.
Gidrofitlar — bu guruhga tanasining bir qismi suvdan tashqarida bo`lib, qolgan qismi suv qavatida bo`ladigan o`simliklar kiradi. Bularga suv ayiqtovoni, suv nilufari, gichchak, o`q barg va boshqalar misol bo`la oladi. Gidrofitlarning mexanik to`qimasi sust rivojlangan, suzuvchi barglarining ustki tomonida ko`p sonli og`izchalarning mavjudligi, ildiz sistemasining kuchsiz rivojlanganligi, hamda vegetativ ko`payishning ustun turishi kabi moslanish xususiyati bor.
Gigrofitlar — bular quruqlik muhitida o`sadigan o`simliklar bo`lib, havo namligi yetarli bo`lgan nam tuproq muhitida yaxshi o`sadi. Gigrofitlar sernam o`rmonlarda, nam yerlarda, botqoqliklarda yaxshi o`sadi. Qamish (Phzagmites communis Frin), savagich (Arundo donax L), qiyoq (Scholnopleitus mucronatus L), qo`g`a (Typha latifolia L.), sholi (Oryza sativa L), ba`zi bir hiloldoshlarning vakillari misol bo`la oladi.
Mezofitlar — suvga bo`lgan talabiga ko`ra kserofit bilan gigrofitlar orasidagi o`simliklar bo`lib, o`rtacha namlik sharoitida o`sadi. Bu ekologik gruppaga kiruvchi turlarning barg tuzilishida gigromorf va kseromorf tuzilish xususiyati birlashgan bo`ladi. Bularga bizning sharoitimizda o`sadigan bargli daraxtlar, o`tloq va o`rmon o`tlari, madaniy o`simliklardan g`o`za (Gossypium herbaceum L), beda (Medicago sativa L), makkajuxori (Zea mays L), qovun (Melo orientalus (S. Kudr)), tarvuz, yovvoyi holda o`sadiganiga cebapra (Trifolium pratense L), bug`doyiq (Agropyron repens L), marvaridgul (Convalaria), oqso`xta (Dactilus glomerata L.) kiradi. Mezofitlarning ildiz sistemasi juda yaxshi rivojlangan bo`ladi. Barglari, nisbatan yirik, silliq, yumshoq, etsiz bo`lib to`qimalari unchalik yaxshi rivojlanmagan bo`ladi.
Kserofitlar — bu ekologik gruppaga kiruvchi o`simliklarning xossalari gigrofitlarnikiga qarama-qarshi bo`ladi. Bular anchagina qurg`oqchil sharoitda — cho`lda, chala cho`l mintaqalarida o`sadi. Kserofitlar kuchli isiydigan yon bag`irlarda, ya`ni mezofit va gigrofitlarga noqulay joylarda o`sadi. Kserofitlarning noqulay issiq sharoitda o`sishiga chidamliligi ularning anatomik va morfologik belgilarini o`zgartirgan. Kserofitlar ikki gruppaga bo`linadi:
1. Sukkulentlar — tanasi sersuv, bargida suv zapasi ko`p bo`lgan, seret, ko`p yillik o`simliklardir. Sukkulentlar, o`z navbatida, ildiz sukkulentlari, poya sukkulentlari va barg sukkulentlariga bo`linadi. O`zbekiston florasida sukkulentlarning turi juda kam, ayniqsa ildizli sukkulentlar deyarli yo`q. Bargli sukkulentlarning poyalari yaxshi rivojlanmagan, barglari etli, sersuv bo`ladi. Bularga semizak, agava, aloe o`simliklari misol bo`la oladi. Poyasida suv to`playdi. Poyali sukkulentlarning poyasi tikonlar bilan qoplangan yoki tangacha bilan o`ralgan bo`lib, bargning vazifasini yaxshi rivojlangan, yashil etdor poyalar bajaradi. Bularga ba`zi bir sutlamalar, qorasho`ra, kaktus kiradi. Bularning ba`zi turlarida juda ko`p mikdorda zapas suvlar saqlanadi. Mak Dugoll bo`yi 10 metr bo`lgan kaktusning suv zahirasini o`rganib, unda uch ming litr suv borligini aniqlagan.
Shuni ta`kidlash lozimki, sukkulentlarning iddiz sistemasi kichik va yuza joylashgan bo`ladi. Qurg`oqchil cho`l sharoitidagi turlarda nam tugashi bilan ildizning o`suvchi qismi qurib qoladi. O`zi esa tanasidagi zapas suv bilan yerga nam tushgunga qadar yashaydi. Sukkulentlar asosan o`simliklar qoplami siyrak ba`zan umuman florasi bo`lmagan dag`al tuproqli yerlarda o`sadi.
2. Sklerofitlar — qurg`oqchilikka chidamli ko`p yillik, poyasi dag`al, ko`pincha barglari kuchli reduktsiyalangan yoki tikonlarga, tangachalarga aylangan, mexanik to`qimasi yaxshi rivojlangan sukkulentlarga qarama-qarshi xususiyatga ega bo`lgan gruppalardir. Sklerofitlar suvsizlikka juda chidamli, tanasidagi 25% suvni yo`qotganda ham o`zgarish bo`lmaydi.
ADABIYOTLAR:

    1. Zokirov Q. Z., Nabiev M. M., Pratov O`. P., Jamolxonov X. L. Ruscha-o`zbekcha botanika terminlarining qisqacha izohli lug`ati. Toshkent, 1963.

    2. Nabiev M. M. Botanika atlas-lug`ati. Toshkent, 1963.

    3. Xoliqov S., Pratov O`. O`simliklar aniqlagichi. Toshkent, “O`qituvchi”, 1970.

    4. Hamidov A., Nabiev M., Odilov T. O`zbekiston o`simliklari. Toshkent, “O`qituvchi”, 1987.

    5. Haydarov K. H., Hojimatov Q. H. O`zbekiston o`simliklari. Toshkent, “O`qituvchi”, 1992.

Download 75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling