Reja chiziqli tenglamalar sistemasi haqida umumiy tushunchalar
Kroneker-Kapelli teoremasi.Ushbu
Download 260.39 Kb.
|
Документ Microsoft Word (2)
3 .Kroneker-Kapelli teoremasi.Ushbu
(1) umumiy ko’rinishdagi, yag’ni ta nomag’lumli ta chiziqli tenglamalar sistemasi berilgan bo’lsin. Berilgan sistema noma’lumlari koeffitsientlaridan A matritsani hamda bu matritsaga ozod hadlardan tuzilgan ustunni birlashtirib, ikkinchi V matritsani tuzamiz, yahni bular ushbu ko’rinishshda bo’ladi. va matritsaga (1) sistemaning matritsasi, matritsaga sistemaning kengaytirilgan matritsasi deyiladi. Quyidagi teorema o’rinli. 1- teorema. (Kroneker-Kapelli teoremasi). CHiziqli tenglamalar sistemasining birgalikda bo’lishi uchun sistema matritsasi ning rangi sistema kengaytirilgan matritsasining rangiga teng bo’lishi zarur va yetarlidir. Isbot. Zarurligi. (1) sistema birgalikda bo’lsin. uning yechimlaridan biri bo’lsin. Bu sonlarni sistemadagi noma’lumlar o’rniga qo’yib, ta ayniyat hosil qilamiz. Bu ayniyatlar matritsaning oxirgi ustuni qolgan barcha ustunlarining mos ravishda koeffitsietlar bilan ko’paytmasidan olingan yig’indisi ekanligini ko’rsatadi. matritsaning har qanday boshqa ustuni matritsaga ham kiradi va shuning uchun u matritsaning barcha ustunlari orqali chiziqli ifodalanadi. Aksincha, matritsaning har qanday ustuni matritsani ham ustuni bo’ladi, yahni bu matritsaning ustunlari orqali chiziqli ifodalanadi. Bundan va matritsalarning ustunlari sistemasi o’zaro ekvivalent ekanligi kelib chiqadi, shuning uchun bu matritsalarning rangi bir xil bo’ladi, yahni kelib chiqadi. Etarliligi. va matritsalar bir xil rangga ega bo’lsin. Bundan matritsa ustunlarining istalgan maksimal chiziqli erkli sistemasi matritsada ham maksimal chiziqli erkli sistema bo’lib qolishligi kelib chiqadi. SHunda qilib matritsa ustunlari sistemasi orqali matritsaning oxirgi ustuni chiziqli ifodalanadi. Demak, shunday sonlar majmui mavjud bo’ladiki, matritsaning bu sonlar bilan ko’paytirishdan olingan ustunlari yig’indisi ozod hadlardan iborat ustunga teng, yahni sonlar (1) sistemaning yechimi bo’ladi, shunday qilib, va matritsalar ranglarining bir xilda bo’lishidan (1) sistemaning birgalikda bo’lishi kelib chiqadi. Teorema to’liq isbotlandi. Kroneker-Kapelli teoremasi yechim mavjud ekanligini tasdiqlaydi, lekin bu sistemaning barcha yechimlarini amalda topish uchun usulni bermaydi. Endi, ixtiyoriy chiziqli tenglamalar sistemasini yechishning quyidagi qoidasini keltiramiz. matritsaning rangi matritsaning rangiga teng bo’lib, bo’lsin. Bunda son matritsaning chiziqli erkli satrlarining maksimal soniga teng bo’lib, noma’lumlar soniga teng bo’lsa, u holda sistema tenglamalari soni noma’lumlari soniga teng va uning determinanti noldan farqli bo’ladi, bunday sistemaning yechimi yagona bo’lib uni Kramer qoidasi bo’yicha topish mumkin bo’ladi. Endi matritsalarning rangi noma’lumlar sonidan kichik, yahni bo’lsin. Bu holda - tartibli minor noldan farqli bo’ladi. Sistema tenglamalarining har qaysisida noma’lumli hadlarini tenglamalarning o’ng tomoniga o’tkazamiz va bu noma’lumlar uchun biror qiymatlari majmuini tanlab olib noma’lumli ta tenglamalar sistemasini hosil qilamiz. Hosil bo’lgan sistemaga Kramer qoidasini qo’llash mumkin va yagona yechim majmui mavjud bo’ladi. Sistema tenglamalarining o’ng tomoniga o’tkazilgan noma’lumlarni ozod noma’lumlar deb ataymiz. CHap tomondagi nomag’lumlar bosh(bazis) o’zgaruvchilar, Ozod noma’lumlar uchun sonlarni ixtiyoriy tanlab olishig’iz mumkin bo’lganligi uchun hosil bo’lgan sistemaning cheksiz ko’p turlicha yechimlari shu yo’l bilan hosil qilinadi. SHunday qilib, bu holda cheksiz ko’p yechimlar to’plamiga ega bo’lamiz. noma’lumlarning ozod noma’lumlar qatnashgan yechimiga umumiy yechim deb ataladi, chunki boshqa cheksiz ko’p yechimlar ozod noma’lumlarga ixtiyoriy qiymatlar majmuini berish bilan olinadi. Tenglamalar sistemasini yechishga bir necha misollar qaraymiz. 1-misol. Ushbu tenglamalar sistemasini yeching. Echish. Sistema koeffitsientlaridan matritsa tuzamiz. Bu matritsaning rangi 2 ga teng, chunki bo’lib, bo’ladi. Kengaytirilgan matritsa ning rangi 3 ga teng, chunki bo’lib, bo’ladi, demak isbotlangan teoremaga asosan sistema birgalikda emas. 2-misol. Ushbu tenglamalar sistemasini yeching. Echish. Sistema koeffitsientlaridan tuzilgan matritsa bo’lib, , chunki , lekin 3-tartibli minori yo’q. Kengaytirilgan matritsaning rangi ham 2 ga teng, chunki . Birinchi ikkita tenglamaning chap qismlari chiziqli erkli, bu ikkita tenglamalar sistemasini yechib, noma’lumlar uchun ushbu qiymatlarni hosil qilamiz: Bu yechim 3-tenglamani ham qanoatlantiradi. 3-misol. Ushbu tenglamalar sistemasini yeching. Echish. Sistema matritsasining rangi , chunki bo’lganligini, yahni kengaytirilgan matritsaning barcha 3-tartibli minorlari 0 ga teng bo’lganligi uchun, uning ham rangi . SHunday qilib, sistema birgalikda va noma’lumlar sonidan kichik, bu holda birinchi va uchinchi tenglamalar sistemasini olaylik, chunki bundan bo’lib, tenglamalar sistemasini asosiy noma’lumlarga nisbatan yechsak: bo’ladi. Ozod noma’lumlarni deb umumiy yechimni olamiz. va larga xar xil qiymatlar berib, masalan, bo’lganda yahni yechimni, bo’lganda yahni va hokazo cheksiz ko’p yechimlarni olish mumkin. Download 260.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling