Marganes. Marganes cho’yanlardagi ferrit va sementit fazalarida erib, qattiq eritma hosil qilish bilan birga uglerodning grafit tarzida ajralib chiqishiga qarshilik ko’rsatadi. Sementit hosil bo’lishiga yordam beradi. Marganes cho’yanning sifatini pasaytiruvchi oltingugurtning zararli ta’sirini kamaytiradi. Cho’yanlarda marganesning miqdori, odatda, 0,5 – 0,8% oralig’ida bo’ladi.
Fosfor. Fosfor cho’yanlarning mexanikaviy xossalarini yomonlashtiradigan elementdir. Agar cho’yanlarda fosfor miqdori 0,5% gacha bo’lsa, uning anchagina qismi likvatsiya tufayli fosforli evtektika hosil qiladi. Bu evtektika cho’yanning mo’rtligini oshiradi. Shu sababli katta puxtalik talab qilinmaydigan murakkab shaklli buyumlar (bezak buyumlari) tayyorlashda fosfor foydali qo’shimcha hisoblanadi. Muhim quyma detallarda fosfor miqdori 0,2 – 0,3% dan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |