Reja: Cho’yanlar
Download 232.19 Kb.
|
1b-17 EE Xalilov J
Oltingugurt. Oltingugurt zararli qo’shimchalardan bo’lib, u cho’yanning qolipga quyilish xossalarini yomanlashtiradi. Oltingugurtning temir bilan birikmasi FeS kristallanish davrida Fe bilan qo’shilib, past haroratda (9850S da) suyuqlanadigan evtektika hosil qiladi va bu evtektika donalararo kristallanib, cho’yanni yuqori haroratda sinuvchan qiladi. Shu sababli, cho’yan tarkibida oltingugurt miqdori 0,08 – 0,12% dan oshmasligi kerak.
22 - rasmda uglerod bilan kremniyning cho’yan strukturasiga birgalikdagi ta’siri diagramma tarzida keltirilgan. Bu diagrammada absissa o’qi bo’ylab Si ning, ordinata o’qi bo’ylab C ning % larda ifodalangan miqdori ko’rsatilgan. Cho’yanlar xiliga ularning kimyoviy tarkibigina emas, balki quymaning sovish tezligi ham ta’sir qiladi. Quymaning sovish tezligi oshirilsa, cho’yandagi sementitning miqdori ortadi va aksincha, sovish tezligi susaytirilsa, sementitning miqdori kamayadi. 23 - rasmda qotishmaning sovish tezligi uning strukturasiga qanday ta’sir etishi grafik tarzida ko’rsatilgan. 22 – rasm. Uglerod bilan kremniyning cho’yan strukturasiga birgalikdagi ta’siri diagrammasi. 23 – rasm. Qotishmaning sovish tezligining strukturasiga ta’siri grafigi. CHо‘yanlarni turlari, tarkibi, tuzilishi Oq cho’yanlar Oq cho’yanlar tarkibida uglerod kimyoviy birikma karbid holatida bo’ladi. Oq cho’yan sementit va perlitdan tuzilgan. Cho’yanning bu turi sindirilsa, uning singan joyi xira oq tusda ko’rinadi, shuning uvhun u oq cho’yan deb ataladi. Oq cho’yan juda qattiq (HB = 400…500) va mo’rtdir, unga kesuvchi asboblar bilan kesib ishlov berib bo’lmaydi. Sanoatga bunday cho’yanlardan, asosan, po’lat olinadi, shu sababli uni qayta ishlanuvchan cho’yan ham deb ataladi. Oq cho’yanning bir qismi bolg’alanuvchan cho’yan olishga sarflanadi. Kulrang cho’yanning tarkibida uglerodning juda ko’p qismi grafit tarzida bo’ladi. Bu cho’yanning qolipga quyilish xossasi yuqori bo’lganligi uchun u quymakorlik cho’yani deb ham ataladi. Quymakorlik cho’yanida grafitning miqdori, shakli va o’lchami keng chegarada o’zgarishi mumkin. Bu cho’yanning asosiy tarkibi Fe-C-Si bo’lsa ham, undagi qo’shimchalar - Mn, P va S uning xossalariga katta ta’sir ko’rsatadi. Grafitning shakli ko’pincha buralgan yaproq shaklida bo’ladi. Kulrang cho’yanlarning o’rtacha kimyoviy tarkibi quyidagicha bo’ladi: C = 2,4 – 3,88%; Si = 1,0 - 5,0%; Mn=0,5-0,8%; P=0,2-0,4%; S0,12%. Bunday cho’yandan tayyorlangan quymaning strukturasi cho’yanning kimyoviy tarkibi hamda termik ishlash usuliga bog’liq. Kulrang cho’yanlar metall asosining tuzilishiga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi: Perlitli kulrang cho’yan. Cho’yanning bu turi ferrit bilan grafitdan iborat bo’ladi; Ferritli kulrang cho’yan. Cho’yanning bu turi ferrit bilan grafikdan iborat; Ferrit-perlitli (yoki perlit-ferritli) kulrang cho’yan. Cho’yanning bu turi ferrit, perlit va grafitdan tarkib topgan bo’ladi. GOST 4832-86 ga muvofiq kulrang cho’yan quymalarning quyidagi markalari belgilangan: CЧ00, СЧ120, СЧ150, СЧ180, СЧ210, СЧ240, СЧ280, СЧ320, СЧ360, СЧ400 va boshqalar. СЧ harflari kul rang cyo’yan (серый чугун) ekanligini, harfdan keyingi raqamlar cyo’yanning mustahkamlik chegarasini (MPa) bildiradi. СЧ00 cho’yani sinab ko’rilmaydi, chunki u muhim bo’lmagan detallarni tayyorlashda ishlatiladi. СЧ120 – СЧ210 markali cho’yanlar guruhining mustahkamligi uncha yuqori emas. Ular truba, fitinglar, halqalar tayyorlashda ishlatiladi, ularning qattiqligi 143 – 231 HB ga teng. СЧ240 – СЧ440 markali cho’yanlar mustahkamligi yuqori cho’yanlarga kiradi, ularning qattiqligi 170–260HB bo’lib, staninalar, shtamplar, maxoviklar tayyorlashda ishlatiladi. O’ta qattiq va mustahkam cho’yanlarga СЧ550–СЧ650 markali cho’yanlar kiradi; ulardan juda muhim buyumlar, chunonchi shesterniya, rama va hokazolar tayyorlashda foydalaniladi. Bolg’alanuvchan cho’yanlar Oq cho’yanni 950-9700S gacha 20-25 soat davomida sekin qizdirib, shu haroratda 10 … 15 soat davomida tutib turish yo’li bilan bolg’alanuvchan cho’yan olinadi. Bunda cho’yan tarkibidagi sementit bodroqnusxa grafit hosil qilib parchalanadi. Yumshatish jarayonini tezlashtirish maqsadida suyuq cho’yanga ba’zida vismut yoki alyuminiy qo’shilib, quyish oldidan harorat oshiriladi. Bolg’alanuvchan cho’yanlarning cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi boshqa cho’yanlarnikiga qaraganda yuqoriroq bo’lib, u zarb kuchlari ta’siriga va korroziyaga yaxshi qarshilik ko’rsatadi. Bu cho’yanni bolg’alab bo’lmaydi, “bolg’alanuvchan cho’yan” degan nom shartli bo’lib, bu nom uning kul rang cho’yanga qaraganda bir oz plastik bo’lgani uchun berilgan. Bo’lg’alanuvchan cho’yan ruscha atamasining bosh harflari (КЧ), cho’zilishdagi mustahkamlik chegarasi (kg/mm2) hamda plastiklik (%) qiymatini qo’yib markalanadi. Masalan, КЧ37-12, КЧ35-10, КЧ30-6, КЧ33-8, КЧ45-6, . . . . Ferrit asosidagi КЧ37-12 va КЧ35-10 cho’yanlar yuqori dinamik va statik kuchlar ta’sirida muvaffaqiyatli ishlay oladi. Ulardan tezliklar qutisining g’ilofi, gubchaklar kabi mashina qismlari tayyorlanadi. G’iloflar, gayka, gaz ovozini hasaytiruvchi vositalar, muftalar kabi qismlar ko’pincha КЧ30-6 va КЧ33-8 markali cho’yanlardan tayyorlanadi. Ferritli bolg’alanuvchan cho’yanlarning qattiqligi 160 - 165 HB atrofida bo’ladi. Oq cho’yanni yumshatish jarayonining grafitga parchlanish ikkinchi bosqichida uni tez sovitish bilan perlit asosidagi kul rang cho’yan olinadi. Bu cho’yanlarning qattiqligi 240-270 HB ga teng. Juda puxta cho’yanlar Juda puxta cho’yanlarda oq cho’yandagi sementitning parchalanishi natijasida hosil bo’lgan grafit donachalarining shakli sharga yaqin bo’ladi. Shuning uchun bunday cho’yanlar yuqori plastiklikka ega bo’lib, ularning mexanik xossalari po’latning xossalariga yaqinlashadi. Grafitning shakli shar shakliga o’tishi uchun suyuq metallga ishqoriy yoki ishqoriy-yer metallar (0,03–0,07% miqdorda) qo’shiladi. Masalan, juda oz miqdorda (0,05%) magniy qo’shilsa, grafit strukturasining shakli sharsimon bj’ladi. Juda puxta cho’yanlarning tarkibi quyidagicha bo’ladi: C=2,7–3,6%; Si=1,6–2,7%; Mn=0,5-0,6%; P=S0,1%. Bu cho’yanlar ham kulrang cho’yanlar kabi ruscha nomlarining bosh harflari ВЧ (высокопрочный чугун) bilan belgilanadi, so’ngra cho’zilishdagi mustahkamligi (birinchi ikkita son, kg/mm2) va nisbiy cho’zilish qiymatlari (%) ko’rsatiladi. Masalan, ВЧ 45-0; ВЧ 50-1,5; ВЧ 60 – 2; ВЧ 45 – 5; ВЧ 40 – 10; . . . Juda puxta cho’yanlarning mustahkaligini yanada oshirish hamda barqarorlashtirish maqsadida ularga termik ishlov beriladi. Masalan, mustahkamlikni oshirish maqsadida ularga toblash bilan bir qatorda yuqori haroratlarda (500 – 600 0S) bo’shatish beriladi. Ba’zida grafitning shaklini yana mukammallashtirish uchun ularga yumshatish beriladi. Bu turdagi cho’yanlarning plastikligi ( = 2 - 7%) va qattiqligi (HB = 150 - 360) ancha yuqori bo’ladi. Juda puxta cho’yanlardan avtomobil va traktorlarning tirsakli vallari, tishli g’ildiraklar, muftalar, avtomobillarning ketingi ko’priklari, karterlar kabi buyumlar quyib tayyorlanadi. Bu cho’yanlarning qattiqligi 240-270 HB atrofida bo’ladi. Ular avtomobilsozlikda, qishloq xo’jaligi mashinalarining qismlari, to’qimachilik sanoati uskunalari, ishqalanish, zarbiy hamda o’zgaruvchan kuchlar ta’sirida ishlaydigan vositalarni tayyorlashda ishlatiladi. 24 - rasm. Cho’yanlarning mikrostrukturalari, x500: a) juda puxta cho’yan; b) bolg’alanuvchan cho’yan. Cho’yan ishlab chiqarish va uni ishlatilishi. Cho’yanning bolgʻalanuvchanligini, 50 soni choʻzilishdagi mustahkamlik chegarasini, 4 soni esa nisbiy uzayishini (% hisobida) bildiradi. Cho’yanlar temir rudalari va polimetall rudalaridan metallurgiya pechlari (domnapechi, elektr pechlar) da ishlab chiqariladi. Pechlarda kulrang va oq Cho’yanlardan tashqari, ferroqotishmalar deb ataladigan Cho’yanlar ham olinadi; bunday Cho’yanlar tarkibida kremniy va marganets miqdori odatdagi Cho’yanlardagiga qaraganda ancha koʻp boʻladi. Mashinasozlikda Cho’yanning quyidagi turlari katta ahamiyatga ega. Alyuminiy Cho’yanlar tarkibida alyuminiy miqdori koʻp boʻlgan Cho’yanlar, u olovbardosh va korroziyabardosh, elektrotexnikada magnitmas material sifatida ishlatiladi. Antifri ksion Cho’yanlar yeyilishga chidamli Cho’yan, podshipniklar va boshqa ishqalanuvchi detallar tayyorlash uchuy ishlatiladi. Cho’yanlar armaturalar va boshqa buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Olovbardosh Cho’yanlar yuqori haroratlarda oksidlanishga yaxshi qarshilik koʻrsatadi; bu xossa unga koʻproq miqdorda xrom qoʻshish yoʻli bilan hosil qilinadi, 1100°S gacha trada ishlaydigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Korroziyabardosh Cho’yanlar zararli muhitlar — kislota, ishqor va boshqalarga kimyoviy turgʻunligi yukrri boʻlgan legirlangan Cho’yanlar jumlasiga kiradi. Magniyli Cho’yanlar tarkibidagi grafit shar shaklida boʻlgan kulrang (juda puxta) Cho’yan; suyuq Cho’yanga magniy yoki uning qotishmalaridan qoʻshish yoʻli bilan Cho’yan. grafiti shar shakliga keltiriladi, katta yuk (kuch) tushadigan detallar tayyorlash uchun ishlatiladi. Magnitmas Cho’yanlar asosi austenit boʻlgan koʻp legirlangan Cho’yanlar; magnit kirituvchanligi juda kichik boʻladi; asosan, elektrotexnikada ishlatiladi. Nazorat savollar . 1.Cho’yan deb nega aytiladi? 2. Cho’yanlarning turlari? 3.Oq cho’yanning tuzilishi? 4.Cho’yanlar qayerlarda ishlab chiqariladi? Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 1.V .A . MIRBOBOYEV “KONSTRUKTSION MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI” TOSHKENT - «O'ZBEKISTON»2004 2.A.M.ISAXODJAYEV, B.J.BOYMIRZAYEV “KON ELEKTROMEXANIKA USKUNALARINI YIG’ISH,ISHLATISH VA TA’MIRLASH” TOSHKENT «TURON-IQBOL »2007 3.Internet saytlari. Arxiv.uz Aim.uz
Referat.uz Download 232.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling