Reja: Darsdan tashqari ishlarning mazmun-mohiyatiga ko’ra turlari


Download 64.5 Kb.
bet1/5
Sana06.05.2023
Hajmi64.5 Kb.
#1433047
  1   2   3   4   5

Mavzu:Ona tili fanidan sinfdan tashqari ishlar.
Reja:
1.Darsdan tashqari ishlarning mazmun-mohiyatiga ko’ra turlari.
2.Ona tili to’garagi va uni tashkil qilish
3. Maktabda ona tili kabineti va uning jihozlanishi
4. Ona tili fanidan o’tkaziladigan turli tadbirlar
5. Olimpiadalarni o’tkazish tartiblari haqida.


Tayanch tushunchalar
1.Sinfdan tashqari ishlarning ta’limiy ahamiyati – o’quvchilarga qo’shimcha bilim, malaka va ko’nikmalar berish.
2.Tarbiyaviy ahamiyati – o’quvchilarning ijodiy faoliyat ko’rsatishiga, nutq odobiga, mustaqil fikrlashiga zamin hozirlash.
3.Sinfdan tashqari ish turlarisavol-javob kechalari, ko’rik-tanlovlar, mushoiralar, so’zlar olamiga sayohat, konferensialar, albom va devoriy gazetalar chiqarish.
Sinfdan tashqari ishlar – umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, o’quvchilarning bo’sh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. Sinfdan tashqari ishlar o’quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarga o’quvchilar bilan o’tkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil mashg’ulotlar tizimi kiradi. Bunday mashg’ulotlar pedagogik jamoa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotlari rahbarligi va bolalarning o’zo’zini boshqarish tashkilotlari tomonidan darsdan tashqari vaqtda uyushtiriladi.
O’quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini tashkil etishda o’quvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh tabiatshunoslar, yosh sayyohlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi. Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab klublaridagi tadbirlar, kecha, munozara va tanlovlar o’tkazish, viktorina va ko’rgazmalar uyushtirish, tabiat qo’yniga, sport, san’at saroylari va muzeylarga ekskursiyaga chiqish), to’garak ishlari (o’quvchilarning turli to’garaklar, sport seksiyalari, ansambllarda qatnashish), mustaqil ishlar (o’quvchilarning sinfdan tashqari o’qishi, kolleksiya to’plashi, texnika, musiqa, tasviriy san’at, chizmachilik va sh.k. bilan mustaqil shug’ullanishi)ni ko’rsatish mumkin.Ona tilidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar ham ta’limiy, ham tarbiyaviy maqsadlarni ko’zlaydi.
Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarni doimiy va mavsumiy tadbirlarga ajratish mumkin.Doimiy tadbirlarga to’garak mashg’ulotlari kiritilsa, qolganlari vaqti-vaqti bilan o’tkaziladigan tadbirlarga kiradi.To’garak sinfdan tashqari ishlarning asosiy turi bo’lib, u o’quvchilarning doimiy barqaror tarkibi bilan ish ko’radi. To’garakka a’zo bo’lish ixtiyoriy, ammo uning mashg’ulotlarida ishtirok etish majburiydir.
Ona tili to’garagining a’zolari soni 12-15 o’quvchidan oshmasligi lozim. Ular parallel sinflardan iborat bo’lsa, mashg’ulotlarni samarali va qiziqarli tashkil etish imkoniyatlari kengayadi. Agar maktabda parallel sinflar bo’lmasa, to’garak a’zolari bitta sinfdan iborat bo’lishi ham mumkin.
To’garak har xil nomlar bilan nomlanadi. Masalan, “Ona tilim – jonu dilim”, “Til – dil kaliti”, “O’zbek tili davlat tili” v.h.
Mashg’ulot 15 kunda bir marta o’tkazilgani ma’qul.
Quyida to’garak mashg’ulotlaridan birini namuna sifatida keltiramiz:
5-sinflar uchun birinchi mashg’ulot
1.To’garakka nom qo’yish. O’quvchilarni to’garakning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish. “To’garak bizga nima beradi?” mavzuida suhbat.
2.O’quvchilardan til odobi, so’zlash madaniyati xususida bilgan maqollarni so’rash va mazmunini sharhlash.
Topshiriqlar:
1.Til odobi va so’zlash madaniyati xususidagi xalq maqollarini yig’ish va ularning ma’nolarini aniqlash.
2.To’y-tomoshalarni ifodalovchi so’zlar lug’atini tuzish va ularning ma’nolarini sharhlash. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar sirasiga savol-javob kеchalari, uchrashuvlar, o’tkir zеhnlilar mushoirasi, so’zlar olamiga sayohat, ko’rik-tanlovlar o’tkazish, olimpiadalar, konfеrеnsiyalar tashkil etish, albom-bayozlar tayyorlash va dеvoriy gazеta chiqarish kabilarni kiritish ham kiritish mumkin.

Download 64.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling