Reja: Darsdan tashqari mashg‘ulotlar turlari


Download 20.43 Kb.
bet1/5
Sana25.02.2023
Hajmi20.43 Kb.
#1227470
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8-mavzu


8-MARUZA: Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish texnologiyalari
Reja:
1. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar turlari.
2. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarning maqsadi.
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘qituvchilar tomonidan informatikaga qiziqqan o‘quvchilar bilan o‘tkaziladi. Bu ishni o‘qituvchi rejalashtiradi va kerakligicha aniqlashtiradi. Darsdan tashqari mashg‘ulotlar shakllariga:
to‘garak,
disput,
konkurs,
kecha,
devoriy gazetalar kiradi.
To‘garak
Informatika bo‘yicha to‘garak bu faol va natijaviy darsdan tashqari mashg‘ulotlardan biri. To‘garak asosida ixtiyoriylik tamoyili yotadi. Odatda to‘garaklar yaxshi o‘qiydigan o‘quvchilar uchun tashkil etiladi. Ammo ba’zida yaxshi o‘qimaydigan o‘quvchilar ham to‘garakka qatnashishga xohish bildiradilar va unda yaxshi natijalarga erishadilar. Faqat bunday o‘quvchilarga e‘tibor berib qarash va ularning informatikaga bo‘lgan qiziqishlarini mustahkamlashga harakat qilish kerak.
To‘garak ishini ikki yo‘nalishga ajratsa bo‘ladi. Birinchisi, asosan, fikrlashni rivojlantirishga va informatikaga bo‘lgan boshlang‘ich qiziqishni shakllantirishga yo‘naltirilgan. Ikkinchisi, «Informatika» o‘quv fani bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish va zamonaviy dasturlash tillarini, yangi dasturlarni o‘rganish.
Devoriy va virtual gazetalar chiqarish
Ma’lumki, o‘quvchilarni maktab matbuoti bilan tarbiyalash darsdan tashqari mashg‘ulotlarning muhim yo‘nalishi. U maktab gazetalari mazmuni va o‘quvchilarni gazeta chiqarish jarayonida muharrir, redkollegiya va korrespondent sifatida faol qatnashish ta’siri ostida amalga oshiriladi.
«Informatika» o‘quv fani bo‘yicha darsdan tashqari mashg‘ulotlarida o‘quvchilar zamonaviy kompyuter yordamida har xil devoriy va virtual gazeta va jurnallar chiqaradilar va buning uchun Internet, matn va grafik muharrirlari bilan ishlaydilar.
Kecha va konkurslar
Kecha va konkurslar o‘quvchilar bilan ishlashda muhim ahamiyatga ega.
O‘quvchilarda har xil konkurslar qiziqish uyg‘otadi. «Informatika» fani bo‘yicha konkurs sifatida:
―Nima? Qaerda? Qachon?‖,―Kompyuter o‘yini musobaqasi‖ va boshqa o‘yinlarini tashkil qilish tavsiya etiladi.
Olimpiada
Olimpiada butun yil ishini yakuni bo‘lib, o‘tilgan mavzularni rivojlantirishga yaxshi imkoniyat yaratadi. O‘z oldiga informatikadan olimpiadada qatnashish maqsadini qo‘yib, o‘quvchi muraqqab masalalarini yechish uchun to‘garakka katta xohish bilan boradi.

Download 20.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling