Reja: Darsdan tashqari mashg‘ulotlar turlari


INFORMATIKADAN SINFDAN TASHQARI ISHLAR


Download 20.43 Kb.
bet2/5
Sana25.02.2023
Hajmi20.43 Kb.
#1227470
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-mavzu

INFORMATIKADAN SINFDAN TASHQARI ISHLAR
Iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlashning eng samarali usullardan biri sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish hisoblanadi.
Informatikadan o‘tkaziladigan sinfdan tashqari ishlaiarning mazmuni dars mashg'ulotlarida egallangan bilimlarni kengaytirish va chuqudashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shundagina sinfdan tashqari mashg'ulotlar dars mashg'ulotlarining mantiqiy davomi bo‘Iib xizmat qila oladi.
Maktab tajribasida informatikadan sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: viktorina, tanlov, olimpiada, informatikadan devoriy gazetalar, to‘garak va boshqalar.
Sinfdan tashqari mashg'ulotlar haqida ma’lumotlar
Informatikadan sinfdan tashqari mashg'ulotlar deganda o‘quvchilarning Informatikadan bilitmlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida tashldl qilingan mashg'ulotlarni tushunamiz.
Sinfdan tashqari ishning asosiy maqsadi o‘quvchilardagi fanga bo‘lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan bilimlarini to‘ldiruvchi biilm, malaka va ko‘nikinalar bilan qurollantirishdan iborat. Shuning uchun sinfdan tashqari ishiarning turli shakllaridan foydaianish mumkin. Quyida ana shunday mashg'ulot shakllari haqida to‘xtalamiz.
Informatikadan viktorinalar
Informatikadan viktorinalar ma’lum tema, bo‘lim, yoki umuman Informatikaga doir masalalar bo‘yicha savol-javob o‘yini bo‘lib, ko‘p vaqt va katta tayyorgarlik talab qilmaydi.
Informatikadan viktorinalar 10-20 minut davom etadi. Bunda oldindan tayyodangan 5-6 savolga og'zaki yoki yozma javob olinadi.
Informatikadan viktorinalarni tizimli o‘tkazib turish o‘quvchilarni masalalani turli usullarda yechishga o‘rgatadi, ularning fikrlash va xozirjavoblik qobiliyatlarini kamol toptiradi.
Umuman, viktorinalar qizg'in musobaqa tarzida o‘tadi, eng bilag'on topqir va hozirjavob o‘quvchini, yoki ilg'or sinfhi tanlash imkonini beradi.
Viktorinada qatnashish mutlaqo ixtiyoriy bo‘lib, o‘quvchilarning Informatikaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish, Informatikaga qiziquvchilarni aniqlash va keyinchalik ularni Informatika to‘garagiga jalb etish maqsadida o‘tkaziladi.
Albatta, viktorinada tavsiya etilgan savollar turlicha qiyinlikda bo‘lib, unga ko‘proq o‘quvchilarning qatnashuviga erishish kerak.
Informatikadan vikrorinalar har xil o‘tkazilishi mumkin. Quyida ikki xilini misol tariqasida keltiramiz:
1. Savollar (misol, masalalar) o‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga og'zaki beriladi yoki doskaga oldindan yozib qo‘yiladi. Javobni ham o‘quvchilar o‘g'zaki tayyorlaydilar. Yoki o‘z daftarlariga qisqa, ya’ni o‘zlari eslab turishlari uchun kerakli narsalarni yozib turadilar. O‘qituvchi o‘quvchilardan bir nechtasi qo‘l ko‘targuncha kutib turib, keyin birinchi bo‘lib qo‘l ko‘targan o‘quvchidan so‘raydi. Agar birinchi qo‘l ko‘targan o‘quvchi noto‘g'ri javob bersa, ikkinchi, uchinchi qo‘l ko‘targan o‘quvchilardan (to‘g'ri javob olguncha) so‘raladi;
2. Agar o‘qituvchi savolni doskaga yoki katta qog'ozga oldihdan yozib qo‘yiladigan bo‘lsa u o‘quvchilarga ishlash uchun buyruq beradi va javoblarni daftarga yozib to‘g'riligiga ishonch qilgandan keyin qo‘l ko‘tarish kerakligini aytadi. O‘qituvchi qo‘l ko‘targan o‘quvchilar oldiga borib berilgan savol, masala yoki misol javobini ko‘radi. So‘ngra avval qo‘l ko‘targan o‘quvchiga javobni aytishga va javobini tushuntirib benshga ruxsat beradi.

Download 20.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling