Reja: Daryolarning toyinish manbalari
Download 59.69 Kb.
|
Daryolarning toyinish manbalari
Daryolarning toyinish manbalari Reja:
1.Daryolarning toyinish manbalari. 2.Daryolarning iqlim jihatdan I.A.Vaeykov tasnifi. 3.Daryolarning toyinish manbalari boyicha M.I.Lvovich tasnifi. 4.Markaziy Osiyo daryolarining toyinish manbalariga ko’ra V.L.Shults tasnifi. 5.Daryolarning toyinish manbalari hissasini miqdoriy baholash. 1.Yer kurrasidagi barcha daryolar toyinishining asosiy manbai atmosfera yog’inlaridir. Yomg’ir ko’rinishida tushgan atmosfera yog’inlari yer yuzasida hosil qiladi va daryolar toyinishining bevosita manbai bo’ladi. Agar yog’in, qor ko’rinishida yog’sa, u yer sirtida yig’ilib, havo harorati ko’tarilgach eriydi. Qorning erishidan hosil bo’lgan suvlar ham daryolar toyinishida qatnashadi. Yer yuzasining baland tog’li qismida yoqqan qorlar bir yoz mavsumida erib ulgurmaydi, natijada u yerdagi qor zahirasini boyitib, muzliklar, doimiy qorliklar paydo bo’lishiga olib keladi. Ana shu baland tog’lardagi asriy qorliklar va muzliklar suvi daryolar toyinishining yana bir manbai hisoblanadi. Yomg’ir suvlari hamda qor va muzliklarning erishidan hosil bo’lgan suvlarning bir qismi yer ostiga sizilib grunt va yer osti suvlariga qo’shiladi. Yer osti va grunt suvlari ham daryo o’zaniga sekin – astalik bilan qo’shiladi, natijada daryolarda, diomiy suv bo’lishi ta‘minlanadi. Shunday qilib, daryolar toyinishining to’rt manbai mavjuddir: yomg’irlar, qop qoplami, baland tog’lardagi asriy qor va muzliklar, yer osti suvlari. Yuqorida aytilgan manbalardan hosil bo’lib, daryolarga qo’shiladigan suv miqdori turli hududlarda har xil qiymatlarga ega bo’ladi. Uning miqdori esa asosan daryo havzasining iqlim sharoitiga bog’liq holda yil fasllari boyicha o’zgarib turadi. Iqlimning daryolar toyinishidagi ahamiyati va ularning tartibiga ta‘sirini birinchi bo’lib 1884 yilda taniqli rus iqlimshunos olimi A.I.Voseykov o’zining mashhur “Yer kurrasi va xususan Rossiya iqlimlari” kitobida aniq baholab bergan. U hozir ham o’z kuchini yo’qotmagan mashhur kitobida “daryolar o’z havlari iqlimining mahsulidir” degan edi. Hozirgi paytda bu fikr bir muncha keng ma‘noda, ya‘ni “daryolar havzadagi mavjud landshaftning umumiy muhitida iqlimning mahsulidir”, degan edi. Natijada iqlimning yetakchi hissasini ta‘kidlash bilan birga landshaftning sharoitlari havzalarning geologik tuzilishi, ularning tuprog’i, o’simligi va boshqalarning ham ma‘lum ahamiyati uqtiriladi. 2.Daryolar o’z havzalari iqlimining mahsuli degan xulosaga asoslangan holda A.I.Voeykov daryolar suv tartibining xususiyatlaridan iqlim indikatori sifatida foydalanish mumkin deb hisoblaydi. Shu fikrga asoslanib u birinchi bo’lib daryolarning iqlimiy tasnifini ishlab chiqdi. A.I.Voeykov Yer kurrasidagi barcha daryolarni to’rt guruhga bo’ldi: 1. Qor va muzlik suvlaridan toyinadigan daryolar. O’z navbatida bu guruh 3 turga bo’linadi: a) tekislikdagi va balandligi 1000 m gacha bo’lgan hududlardagi muzliklar suvi hisobiga toyinadigan daryolar. Bunday daryolar, shimoliy hududlarda joylashgan. b) tog’lardagi qor va muzliklar hisobiga toyinadigan daryolar. Bu turga misol qilib Markaziy Osiyo daryolarini ko’rsatish mumkin. Bu daryolarda tulin suv davri yozda kuzatiladi. v) bahor va yozining boshlarida qor suvlari hamda yomg’ir suvlari hisobiga toyinadigan daryolar. Masalan: Ob, Yenisey, Lena, G’arbiy Ovrupa daryolari, AQShning shimolidagi daryolar. Bunday daryolarda suvning ko’tarilishi yil davomida ikki marta ko’zatiladi. 2. Asosan yomg’ir suvlaridan toyinadigan daryolar. Bu guruh to’rtga bo’linadi: a) musson va tropik yomg’irlaridan toyinadigan daryolar. Bu daryolarda to’lin davri yoz fasliga to’g’ri keladi. Masalan, Amazonga, Tang, Amur daryolari. b) ko’proq qish faslida va yil davomida yog’adigan yomg’ir suvlaidan toyinadigan daryolar. Bunga O’rta va g’arbiy Ovrupadagi Vezer, Mass, Sena kabi daryolar kiradi. v) yilning sovuq oylarida yog’adigan yomg’irlar hisobiga toyinadigan daryolar. Bularga issiq paytdagi yomg’irlar daryolarning toyinishida qatnashmaydi, ular asosan bo’g’lanishga va shimilishiga sarf bo’ladi. Shu sababli bunday daryolar yozda qurib qoladi. Bu turga misol qilib Italiya, Kichik Osiyo, Kaliforniya, Eron va Chili daryolarini ko’rsatish mumkin: g) har zamonda yog’uvchi kuchli yomg’irlar hisobiga hosil bo’lgan hamda daryo deb atash deb atash mumkin bo’lmagan oqimlar. Bunday muvaffaqat oqimlar Mongoliya, arake va Shimoliy Qrimning cho’l qismida uchraydi. 3. daryo oqimi doimiy bo’lmagan o’lkalar. Bu guruhga iqlimi quruqligi tufayli daryolari va domiy yuza oqimi bo’lmagan o’lkalar kiradi. Ularga Saxroi Kabir, Qoraqum kabi boshqa cho’l va saxrolarni misol qilib aytish mumkin. 4. Daryosiz o’lkalar. Hududining sirti asrli qor va muzliklar bilan to’la qoplanganligi sababli daryolar muzliklar va muz osti oqimlariga almashiladi. Bunday turdagi o’lkalarga, masalan: Antarktida va Grenlandiyani kiritish mumkin. 3. Daryolarning toyinishida ishtirok etuvchi manbalardan har birining yillik oqimiga qo’shgan hissasini miqdoriy baholash uslubi hali takomiliga yetmagan. Bu sohadagi dastlabki ishlar 40-yillarda M.I.Lvovich tomonidan amalga oishirilgan bo’lib, u daryolarning toyinishi manbalari boyicha tasnifini ishlab chiqdi. Bu ish 70-yillarda ancha qiyomiga yetkazildi. Har ikki bosqichda ham omil daryolar suv tartibining tahliliga asoslanadi va natijada Yer yuzasidagi daryolarni 38 turga bo’ldi. Shundan 20 ta turi sobiq SSJI hududida uchraydi. Har bir toyinish manbai – qop qoplami, yomg’ir suvlari va grunt suvlarini miqdoriy baholashda M.I.Alvovich quyidagi oraliqlarni qabul qildi: 80% dan ko’p, 50 – 80% va 50% dan kam. Toyinishda muzlik suvlari ishtirok etadigan daryolarda juda kam hollardagina muzlik suvlarining salmog’i 50% dan ko’p bo’ladi. Shu bois mazkur toyinish manbaining o’ziga xos xususiyatlarini etiborga olib, ular uchun alohida gradatsiya berilgan. 50% dan ko’p, 50 – 25 va 25% dan kam. Agar yillik oqimning 80% dan ko’prog’i 3 ta toyinish manbaidan biri, masalan: qor hisobiga to’g’ri kelsa, bu daryo Lvovich tasnifi boyicha toza holda qor suvlari hisobiga toyinuvchi daryolar turiga kiradi. Agar toyinish manbalaridan biri, masalan, qor suvlarining yillik oqimdagi salmog’i 50 – 80% atrofida bo’lsa, unda daryo asosan qor suvlaridan toyinuvchi daryolar turiga kiritilgan. Nihoyat daryo oqimida uchta toyinish manbalaridan har birining salmog’i 50% dan kam bo’lsa, bu daryo aralash manbalar hisobiga toyinuvchi turga kiritilgan. Sobiq SSJI hududidagi daryolarning toyinish manbalariga qarab 20 turga bo’linishi ma‘lum qonuniyatga ega. Ko’pgina daryolar qor suvlari, yomg’ir suvlari va boshqa manbalar hisobiga toyinsada ularda umuman olganda qor suvlarining ulushi ko’proqdir. 4. Markaziy Osiyoda gidrologiyaning rivojiga katta hissa qo’shgan olim V.L.Shults 1944 yilda shu hudud daryolarini toyinish manbalariga ko’ra tasnifini ishlab chiqqan edi. Markaziy Osiyo daryolarini umumiy toyinishida qor suvlari yomg’ir suvlari yer osti suvlariga nisbatan ustun tursada, biroq qor suvlari shuningdek boshqa xil manbalarning yillik oqimdagi salmog’i turlicha bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, toyinish sharoitlari har xil daryolar uchun turilichadir. Shu sababli Shults asosan yer osti suvlaridan toyinuvchi kichik daryolarni mustasno qilganda, Markaziy Osiyo daryolarini quyidagi 4 turga bo’ladi. Muzlik – qor suvlaridan toyinadigan daryolar. Qor – muzlik suvlaridan toyinadigan daryolar. Qor – suvlaridan toyinadigan daryolar. Qor – yomg’ir suvlaridan toyinadigan daryolar. Bunda daryolarning qaysi turga mansubligini ko’rsatuvchi mezonlar sifatida suv eng ko’p bo’ladigan oylar, qor – muzlik suvlaridan hosil bo’lgan yozgi to’lin suv davridagi oqim miqdori (WVII – IXg’) shuningdek, bu oqim miqdorining qor suvlaridan hosil bo’lgan bahorgi to’lin suv davridagi oqim miqdori (WIII – VI) ga bo’lgan nisbati S = WVII – IX / VI olinadi. Hisoblashlar natijasida aniqlangan va o’rganilayotgan daryoning toyinish sharoitlari xaqida yetarli axborot beradi.l. Daryolarning toyinish sharoitiga bog’liq holda qaysi turga mansubligini ko’rsatuvchi mezonlar. Daryolar qaysi turga kirishini ko’rsatuvchi mezonlar.
Toyinish manbalariga bog’liq holda ajratilgan daryo turlari ma‘lum darajada shartlidir. Masalan: muzlik – qor suvlaridan toyinadigan daryolarda muzlik hissasi bor yo’g’i 10% atrofida bo’lishi ham mumkin. Umuman shuni yodda tutmoq kerakki, tog’ daryolarining toyinish jihatdan qaysi turga kirishi shu daryolarning ma‘lum bir kuzatish joyiga nisbataniga aniqlanadi. Chunki, tor daryolarining toyinish sharoitlari ularning quyi oqimi tomon o’zgarib boradi. Masalan: Norin daryosi Norin shahri yonida muzlik – qor suvlaridan toyinadigan daryo bo’lsa, Farg’ona vodiysiga chiqin joyida (Uchqurg’on shahri yaqinida) u qor – muzlik suvlaridan toyinadigan daryolar qatoriga kiradi. Daryolarning toyinish sharoitlari u yilning bu yilga ham o’zgarib turishi mumkin. Bu esa ayrim yillarning ob – havo xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Misol qilib, yana o’sha Norin daryosini olaylik Farg’ona vodiysiga chiqaverish joyida bu daryo aslida qor – muzlik suvlaridan toyinadigan daryodir, lekin 1917 va 1934 yillarga oid hisoblashlar boyicha u muzlik – qor suvlaridan toyinadigan daryolar qatoriga kiradi. Daryolarning qaysi turga kirishishini aniqlash uchun tavsiya etilgan mezonlar daryolarning tog’larga chiqqandan keyingi, tekislik qismlari uchun to’g’ri kelmaydi, chunki daryolarning bu qismlaridagi oqim tartibi insonning xo’jalik faoliyati ta‘siri natijasida juda ham o’zgarib ketadi. Endi daryolarning qasi toyinish turlarini ayrim – ayrim holda qisqacha ko’rib chiqaylik. Birinchi turdagi daryolarning toyinishida baland tog’lardagi asriy qor va muzliklarning erishidan hosil bo’lgan suvlar eng ko’p ishtirok etadi. Biroq, muzliklarga yaqin bo’lgan joylar e‘tiborga olinmasa, bu turdagi daryolarning toyinishida muzlik suvlarining miqdori har holda qor suvlari miqdoridan kam bo’ladi (yillik oqimning 25 – 30% qismini tashkil etadi). Bu xil daryolarda oqim miqdori u yildan bu yilgacha kam o’zgaradi va to’lin suv davri eng kech (asosan iyul, avgust oylarida) kuzatiladi. Bu turdagi daryolar asosan Pomir – Oloy tog’ tizmasining mangu qor va muzliklar ko’p bo’ladigan eng baland tizmalarida (Panj, Vaxsh, Zarafshon daryolari) va Oloy tog’ tizmasining shimoliy yonbag’irlarida ko’pdir. Bunday daryolar qisman Norin havzasining yuqori qismida, Issiqko’l havzasida va Qirg’iziston, Orqa Iri, bag’irlarida hamda Taros Olatovining g’abiy qismida uchraydi. Ikkinch turdagi daryolar oqimi ko’proq mavsumiy qor va kamroq miqdorda mangu qorlarning erishidan hosil bo’ladi. Ularda muzlik suvlarining hissasi ancha kam yillik oqimining 15% gacha bo’lgan qismini tashkil etadi. Bu turdagi daryolarda to’lin suv davridagi oqimning eng ko’p qismi may, iyun oylariga to’g’ri keladi. Bu turdagi daryolarda Sirdaryo havzasida (Norin, Qoradaryo, Chotqol, Pskom) va Hisor tog’larining janubiy yonbag’irlaridan oqib tushadigan bir qancha daryolar (Qoratog’daryo, Kofirnixon) kiradi. Uchinchi turdagi daryolarning suv yig’ilish havzalari ancha pastda bo’lib, ular asosan mavsumiy qor va qorliklar hisobiga toyinadi. Bu turdagi daryolarda oqim u yildan bu yilga va yil davomida keskin o’zgarib turadi, to’lin suv davri ertaroq (mart, may oylarida) kuzatiladi. Qashqadaryo, Sangardak, G’ovosoy va Yassi kabi daryolar shu turga kiradi. Nihoyat to’rtinchi turga mansub daryolarning toyinishida baland tog’ qorlari va muzliklar deyarli yoki butunlay ishtirok etmaydi, lekin yomg’ir suvlari hissasi boshqa tur daryolardagiga nisbatan eng katta salmoqqa ega bo’ladi. Bu turdagi daryolarning suv yig’ilish havzalarining o’rtacha balandliklari nisbatan kichik bo’lib, ularga Ohangaron, Arii, Kalos daryolari Qaratovning janubiy – g’arbiy yonbag’irlaridan oqim tushadigan soylar va shuningdek, Turkmaniston daryolarini misol qilib aytish mumkin. 5. Daryolarning toyinishida ayrim manbalarning hissalarini miqdorini aniqlash ancha murakkab vazifa hisoblanadi va hozirgi kunda bir muncha taxminiy hal etiladi. Chunki bir qator hududlarda yomg’ir va qor suvlarining kattagina qismi daryo tarmog’iga yer osti suvlari oqimi ko’rinishida emas, balki shu suvlarning yer osti qatlamlariga shimilish natijasida hosil bo’lgan grunt suvlari sifatida qo’shiladi. Bunday hollar o’rmonli hududlar va ayniqsa, tog’li rayonlar uchun harakterlidir. Odatda daryoning toyinish manbalari miqdorini aniqlashda oqim gidrografidan foydalaniladi. Ma‘lumki, oqim gidrografi deb, o’rtacha kunlik suv sarflarining yil ichida o’zgarishini ifodalaydigan davriy chizmaga aytiladi. Uni o’rtacha kundalik, o’n kunlik yoki oylik suv sarflari boyicha ham chizish mumkin. U millimetrli qog’ozga chizilib, tiklik (vertikal) o’qi boylab, suv sarfi, gorizontal o’q boylab esa vaqt (oy, kunlar) qoyiladi. Chizmadagi gidrograf chizig’i va kooridinata o’qlari bilan chegaralangan maydon yil ichida oqib o’tgan suv hajmiga miqdoran teng bo’ladi. Shu oqim gidrogafini ayrim toyinish manbalir boyicha bo’laklarga ajratib, tahlil qilish yordamida daryo suvining toyinish manbalari miqdori baholanadi. Bunday baholash birinchi marta taniqli gidrolog V.G.Glushkov tomonidan bajarilgan. 1 – yer osti suvlari xissasi, 2 – mavsumiy qor suvlari xissasi. 3 – yomg’ir suvlari hissasi, 4 – baland tog’lardagi doimiy qor va muzliklar suvlari hissasi. Yer sirtiga yokkan yoginlar (yomgir, kor) dan xosil bulgan suvlar birdaniga daryo uzaniga kuyilmaydi. Ular dastlab yonbayoirlarda yuza okimlar, jilgalar kurinishida xarakatlanadi. Jilgalar bir kushilib, vaktinchalik yoki doimiy okib turuvchi soylar kichik daryolarni xosil kiladi. Uz navbatida soylar, kichik daryolarning kushilishidan doimiy suv okadigan daryolar xosilkiladi. Daryolarga yer osti suvlarining kushilishi ularning suvliligini yanada oshiradi. Yukoridagilardan xulosa kilib, daryolarga kuyidagicha ta‘rif berish mumkin; daryo deb xavzaga yokkkan yoginlardan xosil bulgan yer usti vaer osti suvlari xisobiga tuyinib, tabiiy uzanda okuvchi suv massalariga aytiladi. Daryolar suvi okeanlar, dengizlar yoki kullarga kelib kuyiladi. Ayrim xollarda esa turli sabablarga kura daryo suvi kamayib ketishi natijasida, ularga yetib bormasligi mumkin.Uz suvini okeanlarga, dengizlarga va kullarga kuyadigan daryolar bosh daryo deyiladi.Bosh daryolar kanday suv xavzasiga kuyilishiga boglik xolda ikki guruxga bulinadi. Okean daryolari-bunday daryolar okean yoki okean bilan tutash bulgan dengizlarga kuyiladi. Masalan; Amazonka, Amur, Don, Dunay, Lena, nil va xokazo. Kontinent daryolari-berk xavzalardagi dengiz yoki kullarga kuyiladi. Masalan: Amudaryo, Sirdaryo, Volga, Ural va boshkalar. Bosh daryoga kuyiladigan daryolar uning irmoklari deyiladi. Irmoklar bosh daryoga kuyilishi xolatiga karab tartiblarga bulinadi. Bosh daryoga bevosita kuyiladigan daryolar birinchi tartibli irmoklar, birinchi tartibli irmoklarga kuyiladiganlar esa ikkinchi tartibli irmoklar deyiladi va xakoza. (3-rasm). Amerikalik gidrolog olim Xorton daryo irmoklarini tasniflashni boshkacha tizimini taklif kilgan. U taklif etgan tasnif buyicha birinchi tartibli irmok sifatida boshlangich jilga kabul kilinadi. Ana shu boshlangich jilga borib kuyiladigan soy ikkinchi tartibli irmok deb yuritiladi. Demak, mazkur tasnifda bosh daryo eng oxirgi tartibga ega buladi. Bosh daryo va uning irmoklari kushilib, daryo tizimini tashkil etadi. Daryolar kupchilik xollarda kullardan, buloklardan, botkokliklardan, muzliklardan doimiy korliklardan boshlanadi.Ma‘lum bir xududdagi daryolar ularning irmoklari, kullar, botkokliklar, muzliklar, doimiy korliklar shu xududning gidrografik turini xosil kiladi. Demak, daryo tizimi gidrografik turning bir kismidir. Uzan anik kurinishga ega bulgan va doimiy suv okimi kuzatila boshlanadigan joy daryo boshi deyiladi. Agar daryo ikki soyning kushilishidan xosil bulsa, daryo boshi sifatida kushilgan joy kabul kilinadi. Daryoning uzunligi esa katta irmok bilan kushib xisoblanadi. 2.Xar anday daryoni uning uzunligi buyicha, bir-biridan fark kiladigan umumiy belgilarga karab kuyidagi uch kismga –yukori, urta va kuyi kismga bulish mumkin. Daryoning yukori okimi uchun nisbatan katta nishabliklar xos bulib, shu tufayli ancha katta tezliklar kuzatiladi. Bu esa uz navbatida uzanda eroziya jarayonining jadal borishiga sabab buladi. Daryoning urta okimida uning nishabligi va suvning okish, tezligi kamayadi. Eng muximi, daryoning suvliligi ortadi. Daryoning kuyi okimida nishablik va suvning okish tezligi yanada kamayadi. Bu kismda tezlik kamayishi natijasida okizimlar chuka boshlaydi. Daryo kulga, dengizga yoki ikkinchi bir daryoga kushiladigan joy uning kuyilishi deyiladi. Kullarga, dengizlarga kuyiladigan kuyilish kismida ular tarmoklanib, uzanning murakkab shakllari-del‘talari xosil kiladi. Bunga dengiz yoki kuldagi suvning tulkinlanishi, kutarilishi, pasayishi sabab buladi. Kurgokchil xududlarda esa daryolar ba‘zan kuyilish kismiga yetib bormaydi. Bunda daryo suvining katta kismi buglanishga, uzan tubiga shimilishiga va asosan sugorishga sarf buladi.Ulkamizdagi kupgina daryolar (Murgob, Tajan, Zarafshon, Kashkadaryo) ni bunga misol kilib keltirish mumkin. 3.Yer sirtiga yokkan yoginlardan xosil bulgan suvni ikki karama-karshi yunalishga ega bulgan yonbagirlar buyicha taksimlaydigan eng baland nuktalar yerni suvayirgich chizigini xosil kiladi. Butun yer kurrasiga yokkan yoginlardan uning sirtida xosil bulgan yuzi suvlarni Jaxon suvayirgich chizigi kuyidagi ikki yunalishda taksimlaydi; Tinch –Xind okeanlari yunalishida. Atlantika-Shimoliy Muz okeanlari yunalishida. Jaxon suvayirgichlari chizigi janubiy Amerikadagi Garn burnidan boshlanib, And, Kordilera toglaridan Bering bugoziga undan Chukotka tizmalari Anadir yassi toglari. Gidan, Stanovoy, Yablonovoy, Markaziy Osiyo togliklari, Tyanshan, Pomir, Kopetog, Arabiston yarim orolining shimoliy kismi, afrikada esa Meridian yunalishi buyicha utadi.Materikning Janubiy kismiga yakinlasha brganda Xind okeani kirgoklari tomon buriladi. Jaxon suvayirgich chizigidan tashkari nisbatan kichik ulchamlarda bulgan kuyidagi suvayirgichlar mavjud. Ichki suvayirgichlar-materiklarga yokkan yoginlardan xosil bulgan suvni okeanga tutash (chekka xudud) va berk xavzalar buyiga taksimlaydi. Orol-Kaspiy, berk xavzasini chegaralaydigan suvayirgich chizigi ichki suvayirgichlarga misol buladi. Okean va dengiz suvayirgichlari- suvni okeanlarva dengizlar xavzalari buyicha taksimlaydi. Daryo suvaymrgichlari –daryolar suv tuplaydigan xavzalarni biri-biridan ajralib turishini ta‘minlaydi. Togli xududlarda suvayirgichlar tog chukkilarining eng baland nuktalaridan utadi va u yakkol kurinadi. Tekislik xududlarida esa, buning aksicha suvayirgich chizigin utkazish ancha murakkabdir. Yukorida aytib utilganidek, daryolar yer usti vaer osti suvlari xisobiga tuyinadi. Shunga mos ravishda yer osti va yer usti suvayirgichlari buladi. Ular ayrim xollarda bir-biri bilan mos kelmaydi, ya‘ni bir tekislikda yotmaydi. .4.Yer sirtining daryo tizimi joylashgan va suvaymrgich tizigi, bilan chegaralangan kismi daryo xavzasi deyiladi. Daryo tizimi suv tuplaydigan maydon suv yigilish maydoni deyiladi. Kupchilik xollarda daryo xavzasi va suv yigilish maydoni mos tushadi. Lekin ayrim xollarda suv yigilish maydoni daryo xavzasi maydonidan kichik buladi. Masalan; Ob bilan Irtish, Irtish bilan Ishim daryolari orasida kichik daryolar bosh daryoga yetib bormaydi. Xaritaga e‘tibor bilan karalsa bunday misollarni kuplab keltirish mumkin. 5.Yer yuzasidagi xar bir daryo xavzasi uziga xos bulgan aloxida xususiyatlariga ega buladi. Bu uziga xoslik kuyidagi tabiiy geografik omillar bilan aniklanadi. 1. Daryo xavzasining geografik urni. Bu xakda gap ketganda daryo xavzasi joylashgan xududning eng chekka Janubiy va Shimoliy nuktalri, eng chekka Garbiy va Sharkiy nuktalri nazarda tutiladi.Shu ma‘lumotlarga ega bulsak, daryo xavzasining kaysi materikda kaysi kenglikda, kaysi mamlakatda joylashganligi xakida dastlabki tasavvurga ega bulamiz; 2. Daryo xavzasining iklim sharoiti. Bu xususiyat, asosan xavzaning geografik urniga boglik bulib, uzok yillar uchun xosbulgan kuyidagi omillar bilan aniklanadi; yoginlarning mikdori, yogish jadalligi, yogin mikdorining yil ichida taksimlanishi, kor koplamining kengligi va uning suvliligi, xavo xarorati va namlik darajasi, shamol va uning tezligi yunalishi. Daryo okimining xosil bulishi jarayoni, tartib tuyinish manbalari, asosan daryo xavzasining iklim sharoitiga boglikdir. Daryo xavzasida xosil bulgan suv mikdori unga yokkan, yogin mikdori bilan aniklansa xavzada yukotiladigan suv mikdori, ya‘ni buglanish xavo xaroratining kutarilish daryo xavzasidagi kor koplami va muzliklarning erishi natijasida daryoga yanada kuprok suv kushilishini ta‘minlaydi. 3. Daryo xavzasining geologik tuzilishi. Xavzaga yokkan yoginlardan xosil bulgan suvning yer bagriga shimilish mikdori, yer osti suvlarining joylashish chukurligi, daryo okiziklarining manbai xisoblangan tog jinslarining yuvilish jadalligi va nixoyat daryo uzanining xosil bulish jarayoni daryo xavzasining geologik tuzulishi bilan boglikdir. 4. Daryo xavzasining rel‘fi. Daryoda suvning okish tezligi vashunga boglik xolda uning energiyasini aniklashga imkon beradigan daryo xavzasi va uzanining nishabligi, xavzaga yogadigan yoginlarning balandlik buyicha taksimlanishi rel‘ef bilan boglikdir; 5. Daryo xavzasining tuprok va usimlik koplami. Xavzada xosil bulgan shimilish jadalligi, daryoga tushadigan okiziklar mikdori va ularning yiriklik darajasi daryo xavzasining tuprok koplami bilan boglikdir. Usimlik koplami esa, xavzadan buladigan buglanish mikdriga ta‘sir kiladi. Usimlik turiga boglik tarzda ayrim xollarda (kamish, bordon) buglanishini jadallashtirishi, ayrim xollarda (urmonlar) esa kamaytirish mumkin. Usimlik koplami daryo xavzasida yer sirtidan buladigan yuvilish mikdorini keskin kamaytiradi. 6. Daryo xavzasining gidrogirafiyasi. Daryo xavzasida joylashgan kullar, botkokliklar, muzliklar, daryo okimia xar tomonlama ta‘sir kursatadi. Bu ta‘sirni urganish uchun xavzaning botkoklanganlik kullanganlik va urmon bilan koplanganlik koeffitsientlaridan foydalaniladi.Ifodalardagi mos ravishda umumiy maydonning botkoklik, kullar va urmonlar egallagan yuzasi. Ma‘lumki, daryo xavzasida kullarning mavjudligi okimni yil davomida bir tekis taksimlanishiga ta‘sir etadi. Botkokliklar, urmonlar esa daryo okimiga yanada kuchlirok va murakkab ta‘sir kursatadi. Insonning daryo xavzasida amalga oshiradigan xujalik faoliyati xavzaning geografik sharoitiga va uz navbatida, daryoning suv tartibiga sezilarli ta‘sir kursatadi. Insonning xujalik faoliyati daryo xavzasida ma‘lum maydonlarni shudgorlash, urmonzorlar barpo etish, suv omborlarni kurish kabilarni kamrab oladi. Download 59.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling