Reja: Datchiklar va ularning turlari va ularning klassifikatsiyasi
Datchikning dinamik tavsifnomasi chiqish signalining vaqt mobaynida o‘zgarishini ko‘rsatadi
Download 108.86 Kb.
|
mustaqil ish abn
Datchikning dinamik tavsifnomasi chiqish signalining vaqt mobaynida o‘zgarishini ko‘rsatadi. Magnit effektga asoslangan o`zgartirgichlar.
Ikkita magnit maydoni kuchlanganligiga asoslangan o`zgartirgichlarni ko`rib chiqamiz. Bularga Xoll effektiga asoslangan qurilmalar va ishlash printsipi qarshilikning magnit maydoni kuchlanganligiga bog’liqligiga asoslangan asboblar kiradi. Xoll effektiga asoslangan o`zgartirgichlar. 21.3-rasm. Agar yarim o`tkazgichdan yasalgan va qalinligi t ga teng bo`lgan yupqa plastina induktsiyasi B ga teng bo`lgan magnit maydoniga joylansa va u bo`ylab boshqaradigan tok I oqsa hamda elektr maydon magnit maydoniga nisbatan to`g’ri burchakni hosil qilsa, unda plastina chegarasida kuchlanish hosil qilinadi. Xoll kuchlanishi qiymati ochiq zanjirda quyidagi ibora bilan aniqlanadi: Rn – Xoll doimiysi Rn= [ ne]-1; n-elektronlar kontsentratsiyasi; e-elektronlar zaryadi. Xoll effekti hamma materiallarda ham kuzatilmaydi. Masalan, o`tkazgichlarda bu effekt yaxshi kuzatilmaydi. Shuning uchun seriyali ishlab chiqaradigan Xoll o`zgartirgichlari yarim o`tkazgichlardan yasaladi. Yarim o`tkazgichlarda n miqdori o`tkazgichlarga nisbatan o`n mln. marta kam. Bu yerdan ko`rinib turibdiki, yarim o`tkazgichlarda Xoll kuchlanishi kattaroq. Xoll plastinalarining uzunligi L va eni W nisbati L/W=2÷3 intervalida bo`lishi kerak. Empirik ravishda quyidagilar isbotlangan: ushbu nisbatdan kichik qiymatlarda Xoll kuchlanishi kamayadi, bunga sabab yuzadagi va tashqi elektrik effektlar; ushbu nisbat qiymati oshganda ishlash vaqti kamayadi, datchik nozikligi (хрупкость) oshadi. Xoll datchiklari uchun ikki xil material ishlatiladi: arsenid indiya (indiy va mish’yakning noorganik birikmasi, kimyoviy formulasi InAs) va fosfid arsenid indiya (InAsP). Ushbu turdagi datchiklar magnitorezistiv datchiklarga o‘xshash konstruksiyaga ega bo‘lib, biroq ularning ishlashi Xoll effektiga asoslangandir. Xoll effekti tashqi magnit maydon taʼsir qiladigan o‘tkazgich orqali tok o‘tishi natijasida o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimida potensial farqini vujudga kelishiga olibkeladi. Shunday qilib Xoll effekti magnit maydon B taʼsirida bo‘lgan o‘tkazgichda doimiy tok I bo‘lganda o‘tkazgichda ko‘ndalang elektr potensiali farqini UN hosilqilishidan qilishidan iboratdir iboratdir. Bu effekt 1879 yilda ingliz olimi Xoll tomonidan tomonidan kashf etilgan. XULOSA
Adabiyotlar Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., G’ulomov Sh.M. ’’Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish.’’ –Toshkent: O‘qituvchi, 2011. Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. ‘‘ Avtomatikaning tеxnik vositalari.’’ Toshkent, 2012. Aripov N.M. “Avtomatik boshqarish nazariyasi va avtomatika elеmеntlari” ma'ruzalar matni. Toshkеnt, 2010. Ismoilov A.I., Nazarov O.K. “Avtomatika va avtomatlashtirish asoslari” fanidan ma'ruzalar matni. Andijon, 2006. Arxiv.uz Referat.uz Download 108.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling