Reja: Davlat budjeti soliq­siz daromadlarining zarurligi va mohiyati


Bozorlarga soliq solishning o'ziga xos xususiyatlari


Download 33.02 Kb.
bet3/3
Sana16.06.2023
Hajmi33.02 Kb.
#1512578
1   2   3
Bog'liq
Soliqsiz daromadlarning mohiyati a zarurligi

Bozorlarga soliq solishning o'ziga xos xususiyatlari. Bozorlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxs shaklida tashkil etiladi.
Bozorlarning daromadlariga quyidagilar kiradi:

Patta to'lovini bozorlarda tovarlar, buyumlar va qishloq xo'jaligi mahsulotlari sotishni amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar to'laydi.
Patta to'lovi har bir sotish joyidan savdo qilingan har bir kun uchun yoki har bir tovar, buyum, chorva mol uchun undiriladigan qat'iy belgilangan to'lovdir.
Jismoniy shaxs bilan tuzilgan ijara shartnomasiga binoan savdo joyi uchun ijara haqi to'lanadigan hollarda, patta to'lovi summasi ijara haqi tarkibiga kiritiladi.
Patta to'lovi har bir to'lovchidan naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda, bir vaqtning o'zida fiskal xotirali nazorat-kassa mashinasining chekini yoki terminal chekini berish orqali undiriladi.
Patta to'lovi miqdorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Bozorlarning boshqa tushumlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) ijara to'lovidan olingan daromadlar. Ijara to'lovi bozor ma'muriyatining tasarrufida bo'lgan binolar, inshootlar hamda boshqa mol-mulkdan foydalanganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan to'lanadi;
2) sotuvchilarga va sotib oluvchilarga xizmatlar ko'rsatishdan olingan daromadlar;
3) bozor ma'muriyati tomonidan amalga oshiriladigan qishloq xo'jaligi tovarlarini tayyorlash, xarid qilish va realizatsiya qilishdan olingan daromadlar (dehqon bozorlari uchun). Bunda realizatsiya qilingan tovarlarning xarid qiymati bilan sotish qiymati o'rtasidagi farq daromaddir;
4) qonun hujjatlariga zid bo'lmagan boshqa tushumlar.
Ijara to'lovining va bozor ma'muriyati ko'rsatadigan xizmatlar qiymatining miqdorlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Bozorlar zimmasida to'lov manbaida soliqlar va majburiy to'lovlarni undirish bo'yicha majburiyatlar hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg'armalariga quyidagilarni to'lash majburiyatlari saqlanib qoladi:

  • bojxona to'lovlari;

  • yagona ijtimoiy to'lov;

  • davlat boji;

  • tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlar ko'rsatish huquqi uchun yig'im;

  • davlat maqsadli jamg'armalariga majburiy ajratmalar;

  • avtotransport vositalarini olganlik va (yoki) vaqtinchalik olib kirganlik uchun Respublika yo'l jamg'armasiga yig'im.

Bozorlar daromadlarining umumiy summasidan, bozorlar daromadidan to'lanadigan davlat maqsadli jamg'armalariga majburiy ajratmalar chegirib tashlangandan keyin qolgan mablag'larning 50 foizi bozorlar joylashgan joydagi tegishli mahalliy byudjetlarga belgilangan tartibda yo'naltiriladi. Qolgan 50 foizi bozorlar ma'muriyati tasarrufida qoladi va ulardan joriy xarajatlarni qoplash, rekonstruktsiya qilish, obodonlashtirish, bozorlar tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarning ro'yxatini kengaytirish, sifatini yaxshilash uchun foydalaniladi.
Qat'iy belgilangan soliq solinadigan faoliyat turlari bozorlar tomonidan amalga oshirilganda, bunday faoliyatdan olingan daromadlarga qat'iy belgilangan soliq solinadi.
Olingan daromadlar to'g'risidagi ma'lumotlarni bozorlar soliq bo'yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga har oyda hisobot oyidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmay O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi tomonidan tasdiqlagan shaklda taqdim etadi.
Mablag'larni byudjetga o'tkazish olingan daromadlar to'g'risidagi ma'lumotlarni taqdim etish muddatidan kechiktirmasdan bir oyda bir marta amalga oshiriladi.
Ushbu bob qoidalari ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 51 foizdan kam bo'lmagan yuridik shaxslar -savdo komplekslariga tatbiq etiladi.

1


2


3


4


Download 33.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling