Reja: Davlat Byudjeti Asosiy Koʻrsatkichlar


Davlat maqsadli jamg‘armalarining boshqa mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi


Download 21.82 Kb.
bet3/4
Sana24.12.2022
Hajmi21.82 Kb.
#1052479
1   2   3   4
Bog'liq
davlat byudjeti

3. Davlat maqsadli jamg‘armalarining boshqa mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi
Davlat maqsadli jamg‘armalarining boshqa mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobot quyidagi budjetdan tashqari mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mazkur Nizomga muvofiq shaklda umumlashtirish va tahlil qilish uchun mo‘ljallangan:
Pensiya jamg‘armasining ijtimoiy nafaqalarni to‘lash uchun mablag‘lari;
o‘tgan yillar debitorlik qarzlarining tushgan summasi;
xodimlardan ular ishlayotgan joyida ovqatlanganligi bo‘yicha hisob-kitoblardan tushadigan tushumlar;
davlat maqsadli jamg‘armalarining budjetdan tashqari jamg‘armalari;
kapital qo‘yilma mablag‘lari bo‘yicha depozitlar;
taqsimlanishi nazarda tutilgan tushumlar;
boshqa mablag‘lar bo‘yicha depozitlar;
grantlar, insonparvarlik yordami va texnik ko‘maklashish vositalari;
kredit va ssudalar.
Hisobotni tuzishdan oldin davlat maqsadli jamg‘armalari quyidagilarni tekshiradi:
hisobot choragi mobaynidagi budjetdan tashqari barcha mablag‘larning shakllanish manbalari va sarflanishiga doir birlamchi hujjatlarning to‘liqligini;
shaxsiy g‘azna hisobvaraqlaridan (hisob raqamlaridan) olingan ko‘chirmalarni va boshqa tegishli hisob registrlarini.
“Yil boshidagi mablag‘ qoldig‘i” ustuni bo‘yicha davlat maqsadli jamg‘armalari hisobot shaklida keltirilgan barcha budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha hisobot yilining 1-yanvar sanasiga bo‘lgan mavjud qoldiq mablag‘larni aks ettiradilar.
“Hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar)” ustunida hisobot shaklida keltirilgan barcha budjetdan tashqari mablag‘larning turlari bo‘yicha alohida holda hisobot davrida davlat maqsadli jamg‘armasining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga (hisob raqamiga) kelib tushgan tushumlar aks ettiriladi.
“O‘tgan yil qoldig‘i hisobidan tushgan tushum” ustunida o‘tgan moliya yilida kelib tushishi lozim bo‘lgan mablag‘larning moliya yilida kelib tushgan summasi aks ettiriladi.
“O‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha olingan (berilgan) mablag‘lar (+, -)” ustunida boshqa tashkilotda taqsimlanishi uchun o‘zaro hisob-kitoblar asosida taqsimlangan mablag‘larning kelib tushishi yoki boshqa tashkilotga o‘tkazib berilishi aks ettiriladi.
“Hisobot davri oxiridagi pul mablag‘i qoldig‘i” ustunida “Yil boshidagi mablag‘ qoldig‘i”, “Hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar)”, “O‘tgan yil qoldig‘i hisobidan tushgan tushum” va “O‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha olingan (berilgan) mablag‘lar (+, -)” ustunlarining yig‘indisidan “Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatoridagi summalar ayirilgandagi natija aks ettiriladi.
“Tranzit, depozit hisobvaraqlar va boshqa joylashtirilgan mablag‘lar qoldig‘i” qatorida davlat maqsadli jamg‘armalari tomonidan tranzit, depozit hisobvaraqlar va boshqa joylashtirilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
“Xarajatlar yoyilmasi”da mazkur budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan hisobot davrida amalga oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlarni iqtisodiy tasnifining xarajatlar moddasi, kichik moddasi va elementlari bo‘yicha har bir budjetdan tashqari mablag‘larning turlari bo‘yicha alohida holda aks ettiriladi. 129. Davlat maqsadli jamg‘armalarida chet el valyutasidagi mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi hisobot mazkur Nizomning 14-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining hisobot davri mobaynidagi chet el valyutasidagi mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aks ettiradi.

Download 21.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling