Reja: Davlat Byudjeti Asosiy Koʻrsatkichlar


Davlat maqsadli jamg‘armalarida chet el valyutasidagi mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi


Download 21.82 Kb.
bet4/4
Sana24.12.2022
Hajmi21.82 Kb.
#1052479
1   2   3   4
Bog'liq
davlat byudjeti

Davlat maqsadli jamg‘armalarida chet el valyutasidagi mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi
Davlat maqsadli jamg‘armalari chet el valyutasidagi mablag‘larning harakati to‘g‘risidagi hisobotni tuzishdan oldin:
hisob raqamlardan (shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan) olingan ko‘chirmalarni va boshqa tegishli hisob registrlari ma’lumotlarining to‘g‘riligini;
chet el valyutalarida tushgan mablag‘larning shakllanishi va sarflanishiga oid barcha dastlabki hujjatlarning to‘liqligini;
analitik hisob ma’lumotlarining tegishli sintetik hisob ma’lumotlarga muvofiqligini tekshirib chiqadi.
“Yil boshidagi pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida tegishli hisob raqamlardan (shaxsiy g‘azna hisobvaraqlardan) ko‘chirmalarga muvofiq xorijiy valyutalar bo‘yicha hisobot yilining 1-yanvar sanasiga mavjud pul mablag‘lari qoldig‘i aks ettiriladi.
“Hisobot davrida tushgan daromad (tushum)lar — jami” qatorida “a”, “b”, “v”, “g”, “d”, “e”, “j” va “z” qatorlar bo‘yicha hisobot davrida tushgan daromadlar (tushumlar)ning yig‘indisi ko‘rsatiladi:
“a) chet el valyutasida mahsulotlar sotish (ishlar, xizmatlar ko‘rsatish)dan tushumlar” qatorida faoliyat turi bo‘yicha chet el valyutasida mahsulotlar sotish (ishlar, xizmatlar ko‘rsatish)dan tushgan tushumlar ko‘rsatiladi;
“b) budjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan chet el valyutasini sotib olish” qatorida budjetdan ajratilgan mablag‘lari hisobidan sotib olingan chet el valyutasi summasi aks ettiriladi;
“v) budjetdan tashqari pul mablag‘lari hisobidan chet el valyutasini sotib olish” qatorida budjetdan tashqari pul mablag‘lari hisobidan sotib olingan chet el valyutasi summasi aks ettiriladi;
“g) chet el valyutasida olinishi belgilangan kredit, qarz yoki grantlar” qatorida chet el valyutasida olingan kredit, qarz yoki grant mablag‘lari summasi ko‘rsatiladi;
“d) yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan chet el valyutasida ko‘rsatilgan homiylik (beg‘araz) yordam” qatorida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalariga chet el valyutasida ko‘rsatilgan homiylik (beg‘araz) yordam mablag‘lari aks ettiriladi;
“e) davlat maqsadli jamg‘armasining vaqtincha ixtiyorida saqlanadigan chet el valyutasidagi pul mablag‘lari” qatorida budjet tashkilotlari ixtiyorida vaqtincha saqlanadigan chet el valyuta mablag‘larining summasi ko‘rsatiladi;
“j) valyuta kursining ijobiy farqi hisobiga hosil bo‘lgan mablag‘lar” qatorida Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan chet el valyutasining so‘mga nisbatan kursining ijobiy farq hisobiga hosil bo‘lgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
“z) boshqa tushumlar” qatorida qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar summasi ko‘rsatiladi.
“Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” qatorida 4-ustun “Kassa xarajat”da aks ettirilgan jami kassa xarajatlari summasi ko‘rsatiladi.
“Valyuta kursining salbiy farq hisobiga hosil bo‘lgan zararlar” qatorida hisobot davrining oxirgi kunida Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan chet el valyutasining so‘mga nisbatan qiymatining salbiy farqi hisobiga ko‘rilgan zarar summasi aks ettiriladi.
“Hisobot davri oxirida pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida “Yil boshidagi pul mablag‘i qoldig‘i” qatorida aks ettirilgan summa va “Hisobot davrida tushgan daromad (tushum)lar — jami” qatorida aks ettirilgan tushumlar yig‘indisidan “Hisobot davrida amalga oshirilgan kassa xarajatlari — jami” va “Valyuta kursining salbiy farq hisobiga hosil bo‘lgan zararlar” qatorlari ayirmasi ko‘rsatiladi.
“Xarajatlar yoyilmasi” ustunida chet el valyutasi hisobidan amalga oshirilgan kassa va haqiqiy xarajatlar mazkur hisobot shaklida keltirilgan xarajatlar iqtisodiy tasnifining xarajat moddalari, kichik moddalari va elementlari bo‘yicha aks ettiriladi.
Download 21.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling