24-Variant O’zbekiston Respublikasida nobank kredit tashkilotlari va ular faoliyatining huquqiy-iqtisodiy asoslari


Download 280.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana23.04.2023
Hajmi280.77 Kb.
#1390920
  1   2   3   4
Bog'liq
Пул са банклар Маъруза



Toshkent Moliya institute ikkinchi oily ta’lim BHA 90k-2 guruh talabasi Qodirov 
Oybekning Pul va banklar fanidan
MUSTAQIL ISHI 
24-Variant 
1. O’zbekiston Respublikasida nobank kredit tashkilotlari va ular faoliyatining 
huquqiy-iqtisodiy asoslari. 
2. Bank asoslari. 
3. Masala. 
 
1. O’zbekiston Respublikasida nobank kredit tashkilotlari va ular faoliyatining 
huquqiy-iqtisodiy asoslari. 
Banklar tomonidan amalga oshiriladigan ayrim moliyaviy operatsiyalarning ushbu 
Qonunda ruxsat etilgan majmuini amalga oshiruvchi quyidagi kredit tashkilotlari 
nobank kredit tashkilotidir: 
mikromoliya tashkiloti — mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga oshiruvchi, 
shuningdek ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa xizmatlarni ko‘rsatuvchi yuridik 
shaxs; 
lombard — shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkning 
(ashyoning) zakalat tarzidagi garovi asosida jismoniy shaxslarga qisqa muddatli 
mikroqarzlar berishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxs; 
Mikromoliya tashkilotlari: 
mikromoliyalashtirish faoliyatini amalga oshirishga; 
to‘lov agenti (subagenti) yoki banklarning, sug‘urta va boshqa moliya 
tashkilotlarining agenti vazifalarini amalga oshirishga; 
o‘zi amalga oshirayotgan faoliyat bilan bog‘liq maslahat va axborot xizmatlarini 
ko‘rsatishga;
tadbirkorlik subyektlariga mikrokredit summasidan oshadigan miqdorda 
kreditlar, lizing, kafolatlar berishga, faktoring xizmatlari va islomiy moliyalashtirishga 
oid xizmatlar ko‘rsatishga haqli. 
Islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar deganda islomiy moliyalashtirishni 
amalga oshirish standartlarini belgilovchi xalqaro tashkilotlarning qoidalariga muvofiq 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki (bundan buyon matnda Markaziy bank deb 
yuritiladi) tomonidan ishlab chiqilgan tartibda ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar 
tushuniladi. 
Lombardlar: 
shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkning (ashyoning) zakalat 
tarzidagi garovi asosida jismoniy shaxslarga qisqa muddatli (bir yilgacha) mikroqarzlar 
berishga; 


jismoniy shaxslardan shaxsiy iste’molga mo‘ljallangan ko‘char mol-mulkni 
(ashyoni) vaqtinchalik saqlash uchun qabul qilishga haqli. 
Nobank kredit tashkilotlari quyidagilarga haqli emas: 
bevosita ishlab chiqarish, sug‘urta, shuningdek savdo faoliyatini amalga 
oshirishga, bundan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatuvchi mikromoliya 
tashkilotlari mustasno va ushbu Qonunda nazarda tutilmagan boshqa faoliyatni amalga 
oshirishga; 
jismoniy va yuridik shaxslardan omonatlarni (depozitlarni) jalb etishga; 
jismoniy shaxs bo‘lgan ishtirokchilardan (aksiyadorlardan) ustav fondiga (ustav 
kapitaliga) kiritilgan hissa summasidan yoki ularning egaligidagi aksiyalarning nominal 
qiymatidan oshadigan miqdorda qarz mablag‘larini jalb etishga, bundan obligatsiyalar 
shaklidagi qarz mablag‘larini jalb etish mustasno. 
Nobank kredit tashkilotlari qonunchilikda nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-
huquqiy shaklda tashkil etiladi, bundan ushbu moddaning 
ikkinchi qismida 
nazarda 
tutilgan hol mustasno. 
Ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari aksiyadorlik jamiyati shaklida 
tashkil etiladi. 
Nobank kredit tashkilotining ustav fondi (ustav kapitali) O‘zbekiston 
Respublikasi milliy valyutasida shakllantiriladi va faqat nobank kredit tashkilotining 
muassislari (ishtirokchilari, aksiyadorlari) tomonidan kiritilgan pul mablag‘laridan 
tashkil topadi. 
Nobank kredit tashkilotining ustav fondini (ustav kapitalini) shakllantirish 
uchun kreditga, garovga olingan mablag‘lardan va majburiyatlar yuklatilgan boshqa 
mablag‘lardan, shuningdek jinoiy faoliyatdan olingan mablag‘lardan foydalanish 
taqiqlanadi. 
Ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori: 
ipotekani qayta moliyalashtirish tashkiloti uchun — yigirma besh milliard 
so‘mni; 
mikromoliya tashkiloti uchun — ikki milliard so‘mni;
lombard uchun — besh yuz million so‘mni tashkil etishi kerak. 
Nobank kredit tashkiloti ustav fondining (ustav kapitalining) eng kam miqdori 
hisob ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza berilgan yoki lombard faoliyatini 
boshlaganlik haqida xabarnoma yuborilgan kunga qadar shakllantirilgan bo‘lishi va 
hisob ro‘yxatidan o‘tkazilguniga qadar yoki lombard faoliyatini boshlaganlik 
to‘g‘risidagi xabarnoma yuborilguniga qadar bank hisobvarag‘ida saqlanishi kerak. 
Nobank kredit tashkilotlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish va 
nazorat qilish Markaziy bank tomonidan amalga oshiriladi. 
Markaziy bank nobank kredit tashkilotlari faoliyatini tartibga solish maqsadida 
quyidagilarni belgilaydi: 
ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillaridan o‘tish tartibini; 


nobank kredit tashkilotlarining axborot xavfsizligini va kiberxavfsizligini 
ta’minlashga doir minimal talablarni; 
lombardlarning kassa xonalariga doir talablarni; 
nobank kredit tashkilotlari tomonidan yangi moliyaviy operatsiyalarni, 
texnologiyalarni va xizmatlarni nazorat qilinadigan cheklangan muhitda (qamrov 
hududi, sinov davri, xizmatlar hamda operatsiyalar soni va (yoki) hajmi, iste’molchilar 
soni va boshqalar) sinovdan o‘tkazish bo‘yicha maxsus huquqiy rejimni (“tartibga 
solish qumdoni”); 
mikromoliya tashkilotlari tomonidan to‘lov agenti (subagenti) yoki banklar, 
sug‘urta va boshqa moliya tashkilotlari agenti vazifalarini amalga oshirish tartibini; 
mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar 
ko‘rsatish tartibini; 
mikromoliya tashkilotlari va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlarining 
aktivlari sifatini tasniflash va baholashga, ularni tasniflash asosida aktivlar bo‘yicha 
ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralarni shakllantirishga doir talablarni; 
mikromoliya tashkilotlari va lombardlar xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro 
munosabatlarni amalga oshirishi chog‘ida ushbu tashkilotlar faoliyatiga doir minimal 
talablarni; 
maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda jinoiy faoliyatdan olingan 
daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in 
qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashishga doir ichki nazorat qoidalarini. 
Markaziy bank nobank kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni amalga 
oshirish maqsadida quyidagilarni belgilaydi: 
nobank kredit tashkilotlari tomonidan faoliyatni va moliyaviy operatsiyalarni 
amalga oshirish, buxgalteriya hisobini yuritish qoidalarini, hisobotlarning shakli, 
tuzilishi va mazmunini, moliyaviy hamda nazoratga doir hisobotlarni tuzish 
uslubiyatini, davriyligini va taqdim etish muddatlarini, tavakkalchiliklarni baholash 
hamda ularning faoliyatini nazorat qilish uchun zarur bo‘lgan axborotni taqdim etish 
muddatlarini; 
mikromoliya tashkilotlari va ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari uchun 
prudensial normativlarni hisoblab chiqarish tartibini hamda ushbu normativlarning yo‘l 
qo‘yiladigan qiymatlarini. 
Markaziy bank nobank kredit tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni amalga 
oshirish maqsadida: 
nobank kredit tashkilotlaridan, ularga aloqador bo‘lgan shaxslardan, shuningdek 
nobank kredit tashkilotlarining uyushmalaridan (ittifoqlaridan) hisobotlarni va 
hujjatlarni so‘rab olishga hamda tekshirishga, olingan axborotni tushuntirib berishni 
talab qilishga; 
nobank kredit tashkilotlarini inspeksiyadan (tekshiruvdan) o‘tkazishga; 


mikromoliya tashkilotlari tomonidan beriladigan iste’mol kreditlari va 
mikroqarzlar, shuningdek lombardlar tomonidan beriladigan mikroqarzlar bo‘yicha foiz 
stavkalarining va to‘lovlarning eng yuqori qiymatlarini belgilashga; 
mikromoliya 
tashkilotlarining 
va 
ipotekani 
qayta 
moliyalashtirish 
tashkilotlarining ichki auditiga doir talablarni belgilashga haqli. 
Markaziy bank mikromoliya tashkiloti faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar 
reyestrini, ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotlari reyestrini, shuningdek 
lombardlar reyestrini yuritadi. 

Download 280.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling