24-Variant O’zbekiston Respublikasida nobank kredit tashkilotlari va ular faoliyatining huquqiy-iqtisodiy asoslari


Download 280.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana23.04.2023
Hajmi280.77 Kb.
#1390920
1   2   3   4
Bog'liq
Пул са банклар Маъруза

 
2. Bank asoslari. 
O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilgan hamma banklar bank faoliyatining 
subyektlaridir. Banklar faoliyati ushbu Qonun, “O‘zbekiston Respublikasining 
Markaziy banki to‘g‘risida”gi 
Qonun
, boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib 
boriladi. Banklar o‘z faoliyatlarida quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradilar: 
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning 
hisobvaraqlarini ochish va yuritish, hisobvaraqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish; 
Bankning ustav kapitali bank muassislari va aksiyadorlari to‘lagan pul 
mablag‘laridan tashkil topadi. 
Kreditga va garovga olingan mablag‘lardan hamda boshqa jalb etilgan 
mablag‘lardan bankning ustav kapitalini shakllantirish uchun foydalanishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Alohida hollarda qonun hujjatlariga muvofiq bankning ustav kapitalini 
shakllantirish uchun budjet mablag‘laridan foydalanilishi mumkin. 
Eng kam ustav kapitali bank muassislari tomonidan uni ro‘yxatga olish 
paytigacha to‘lanishi kerak. Ustav kapitali uchun to‘lanadigan mablag‘lar O‘zbekiston 
Respublikasining Markaziy bankida yoki boshqa banklarida ochilgan jamg‘arish 
hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Ko‘rsatilgan mablag‘lardan depozit sifatida foydalanish 
mumkin. 
Banklar ustav kapitalining eng kam miqdori Markaziy bank tomonidan 
belgilanadi. 
Litsenziya berishdan oldin Markaziy bank arizachilarga bank tashkil etish 
sohasidagi faoliyatlarini davom ettirish imkonini beradigan dastlabki ruxsatnomani 
beradi. 
Dastlabki ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi qaror ariza va u bilan birga barcha 
zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab ko‘pi bilan uch oy ichida qabul qilinadi 
va muassislarning moliyaviy imkoniyatlarini hamda obro‘sini, bank rahbarligiga taklif 
etilayotganlarning kasb malakalarini, biznes-rejani, moliyaviy rejani, kapitalning 
tuzilishini, tegishli bank binolari va uskunalar bilan ta’minlash imkoniyatlarini 
baholashga asoslanadi. 
Markaziy bank quyidagilarga asoslanib bankni ro‘yxatga olishni va unga 
litsenziya berishni rad etishi mumkin: 


bankni ro‘yxatga olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar topshirilmaganligi; 
ta’sis hujjatlarining qonun hujjatlariga nomuvofiqligi; 
bir yoki bir necha muassisning moliyaviy ahvoli qoniqarsizligi; 
muassislar moliyaviy mablag‘larining manbalari e’lon qilinmaganligi; 
bankni ro‘yxatga olish paytigacha eng kam ustav kapitalining to‘lanmaganligi; 
bank rahbari va bosh buxgalteri lavozimlariga nomzodlarning bu kasbga 
nomuvofiqligi. 
3. Masala. Bank depozitlari hajmi 70 mlrd so’mga oshdi. Majburiy zahira me’yori 
3.5% ni tashkil qiladi. Pul massasining maksimal o’sishi qancha bo’lishi 
mumkin? 

Download 280.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling