Banklar va bank faol iyati to‘G‘risida I. Umumiy qoidalar 1- modda. Ta’riflar


Download 428.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/15
Sana05.05.2023
Hajmi428.84 Kb.
#1427417
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
BANKLAR VA BANK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA11



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 
 
BANKLAR VA BANK FAOL
IYATI TO‘G‘RISIDA 
I. UMUMIY QOIDALAR 
1-
modda. Ta’riflar 
Bank 
— tijorat tashkiloti bo‘lib, bank faoliyati deb hisoblanadigan quyidagi faoliyat turlari 
majmuini amalga oshiradigan yuridik shaxsdir: 
yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan 
tavakkal qilib kredit berish yoki investitsiyalash uchun foydalanish; 
to‘lovlarni amalga oshirish. 
Omonat (depozit) 
— talab qilinishi bilanoq yoki to‘lovni amalga oshiruvchi shaxs bilan 
to‘lovni oluvchi shaxs yoxud ularning qonuniy vakillari o‘rtasida kelishilgan muddatda foizlar yoki 
ustama haq to‘lagan holda yoxud bunday to‘lovlarsiz hammasini qaytarib berish sharti bilan 
topshiriladigan pul summasi. 

Chet el banki 
— chet el bankining o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi hududida amalga 
oshiradigan shu’ba banki bo‘lib, uning ustav kapitalining hammasi chet el banki tomonidan to‘lanadi. 
2-modda. Bank faoliyatining subyektlari 
O‘zbekiston Respublikasida tashkil etilgan hamma banklar bank faoliyatining subyektlaridir. 
3-modda. Banklar faoliyatining huquqiy asosi 
Banklar faoliyati ushbu Qonun, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki 
to‘g‘risida”gi 
Qonun
, boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi. 
4-modda. Bank operatsiyalari 
Banklar o‘z faoliyatlarida quyidagi bank operatsiyalarini amalga oshiradilar: 
jismoniy va yuridik shaxslarning, shu jumladan vakil banklarning hisobvaraqlarini ochish va 
yuritish, hisob
varaqlar bo‘yicha hisob-kitob qilish; 
kreditlarning qaytarilishi, foizliligi va muddatliligi sharti bilan o‘z mablag‘lari va jalb etilgan 
mablag‘lar hisobidan o‘z nomidan kreditlar berish. 
Banklar boshqa turdagi operatsiyalarni ham amalga oshirishlari mumkin, chunonchi: 
mablag‘ egasi yoki mablag‘ni tasarruf etuvchi bilan tuzilgan shartnomaga binoan pul 
mablag‘larini boshqarish; 
chet el valyutasini naqd pul va naqd bo‘lmagan pul shakllarida yuridik hamda jismoniy 
shaxslardan sotib olish va ularga sotish; 
pul 
mablag‘lari, veksellar, to‘lov va hisob-kitob hujjatlarini inkasso qilish; 
uchinchi shaxslar nomidan majburiyatlarning bajarilishini nazarda tutuvchi kafolatlar berish; 

uchinchi shaxslardan majburiyatlarning bajarilishini talab qilish huquqini olish; 
qimmatli qog‘ozlar chiqarish, xarid qilish, sotish, hisobini yuritish va ularni saqlash, mijoz 
bilan tuzilgan shartnomaga binoan qimmatli qog‘ozlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlar bilan boshqa 
operatsiyalarni bajarish; 
bank faoliyati yuzasidan maslahat va 
axborot xizmati ko‘rsatish; 
jismoniy va yuridik shaxslarga hujjatlar va boshqa boyliklarni saqlash uchun maxsus binolar 
yoki ular ichidagi po‘lat sandiqlarni ijaraga berish; 
moliyaviy lizing; 
 
mikroqarz berish; 
xalqaro bank amaliyotiga muvofiq, litsenziya
da maxsus ko‘rsatilgan boshqa operatsiyalar. 
Banklar bevosita ishlab chiqarish, savdo va sug‘urta faoliyati bilan shug‘ullanishga haqli 
emaslar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 
 
 

Download 428.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling